1- amaliy mashg‘ulot temir tsementit xolat diagrammasi. Po'latlarga termik ishlov berilganda po'latlarning strukturasiga va xossalariga ta'sirini o'rganish Po'latlarga kimyoviy-termik ishlov berishni o'rganish. Temir-sementit Fe-Fe
Uglerodli po’latlarni toblash amaliyoti
Download 381 Kb.
|
1-ameliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Po’latlarni termik ishla
Uglerodli po’latlarni toblash amaliyoti:
Po’latni toblash uchun toblash rejimini to’g’ri tanlash kerak. Toblash rejimiga quyidagilar kiradi: - po’latni qizdirish harorati; - toblash haroratigacha qizdirish vaqti va shu haroratda tutib turish vaqti; - qizdirilgan po’latni sovitish tezligi. Po’latni qizdirish kerak bo’lgan harorat temir - sementit qotishmalarining holat diagrammasidan yoki maxsus spravochniklardan topiladi. Po’latlarni toblash uchun qizdirishning umumiy vaqti (τu) po’lat buyumni zarur haroratgacha qizdirishga sarflangan vaqt (τq), buyumni shu haroratda tutib turish vaqti (τt.t.) yig’indisiga teng: τu = τq + τt.t. Qizdirish vaqti (τq), asosan, pechning haroratiga, buyumning o’lchamiga, shakliga va materialiga bogliq bo’lib, uni belgilash uchun 11.1-jadvaldan foydalanish mumkin. Po’latlarni termik ishlash uchun laboratoriya pechlarida qizdirish vaqti me‘yorlari
Po’latni zarur haroratda tutib turish vaqti (τT.T) uni qizdirish vaqtining 1/4...1/5 qismiga teng qilib olinadi. Toblash haroratigacha qizdirilgan po’lat har xil tezlik bilan sovitilganda uning strukturasi ham o’zgaradi. Po’latni talab etilgan tezlik bilan sovitish katta ahamiyatga ega. Austenitning martensitga aylanishi uchun po’latni tez sovitish kerak. 400...6500S haroratlar oraligida austenitning barqarorligi nihoyatda past bo’lib, u ferrit bilan sementit aralashmasiga (perlitga) oson aylanadi. Binobarin, shu harorat oraligida sekin sovitish kerak. Amalda qo’llaniladigan sovitish muhitlari va ularning sovitish qobiliyatlari 11.2-jadvalda keltirilgan.
Ishni bajarish uchun zarur jihozlar, material va asboblar: mufelli pech, termoelektrik pirometr, sovitish vannalari, turli xil sovitgichlar, turli xil po’lat namunalari, qattiqlikni aniqlash asbobi, TK-2M, TSh-2M, qisqich, sekundomer va boshqalar. Download 381 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling