1 – amaliy mashǵulot mavzu: Óquvshilarda jismoniy rivojlanishni gigiyenik baholash. Orqa miya reflekslarini órganish. Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash


Somatometrik kórsatkichlar quyidagicha aniqlanadi


Download 489.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.12.2022
Hajmi489.75 Kb.
#1007875
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy

Somatometrik kórsatkichlar quyidagicha aniqlanadi:
1.Bóyning ólchamini olish uchun bóyning balandligi rostomer - bóy ólchash asbobi yordamida 
óchanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda tekshiriluvchining kuraklari, 
dumbasi va tavoni rostomerga tegib turishi kerak. Tik turganda bóy rostomer shkalasining chap 
qismidan aniqlanadi. Ótirgan holda ólchanganda tekshiriluvchining kuraklari rostomerga tegib 
turishi kerak.
2.Kókrak qafasi aylanasi. Kókrak qafasining aylanasi uchta holatda –maksimal nafas olganda, 
maksimal nafas chiqarganda va pauzada ólchanadi. Bunda tekshiriluvchi qóllarini yonga ochib 
turadi. Erkaklarda kókrak aylanasi ólchanganda santimetr lenta kurakning pastki uchiga va 
kókrak bezini órtasiga qóyiladi.Ayollarda santimetr lenta yordamida kókrakning yuqori qismidan 
aylantirib ólchanadi. 
3.Bosh aylanasi santimetr lenta yordamida peshona usti bilan aylantirib ólchanadi. 
4.Vazn tibbiyot tarozisida kiymlarni yengillashtirilgan holda vaznni ólchanadi. 
Bóyni ólchash
Kókrak
qafasini
ólchash 


Quyidagi jadval olingan natijalar yordamida tóldiriladi va 1-jadval bilan solishtiriladi 
3- jadval 
F.I.O. __________________________________________________ 
Kórsatkichlar 
ólchamlar 
órtacha 
meyor 
Farq 
Farqning 
órtacha 
meyorga 
nisbati 
Jismoniy 
rivojlanish 
darajasi 
Bóy (sm) 
Kókrak qafa- 
si aylanasi 
Bosh aylanasi 
Vazn (kg) 


8. Yassioyoqlik . Yassioyoqlik darajalari oyoq kaftining ichki botig‘iga qarab aniqlanadi.Buni 
aniqlash uchun oyoq izlari tekis joyga tushiriladi. Agarda oyoq kaftining ichki botig‘i kam yoki 
umuman bólmasa yassioyoqlik xisoblanadi. 
Fiziometrik kórsatkichlar quyidagicha aniqlanadi:
Fiziometrik kórsatkichlarga yelka oldi muskullari kuchi va ópkaning tiriklik sig‘imi 
kórsatkichlari kiradi. 
1.Yelka oldi muskullari kuchini ólchash uchun dinamometr asbobidan foydalaniladi. 
Dinamometr oldin óng qól kafti yordamida bir urinishda bor kuch bilan siqiladi,sóng chap qól 
kafti bilan xam bor kuch bilan siqiladi. Yelka oldi muskullari kuchi kilogramm birligida 
ólchanadi.Dinamometrning kórsatkichi yelka oldi muskullari kuchini aniqlaydi. Masalan 6 
yashar óg‘il bolaning meyyorda óng qóli yelka oldi muskullari kuchi 9,2 kg.ga, chap qólining 
yelka oldi muskullari kuchi 8,5 kg.ga teng. 3- jadvalda bolalar va kattalarning yelka oldi 
muskullari kuchining meyyordagi kórsatkichlari keltirilgan.


Yelka oldi muskullari kuchini ólchash uchun foydalaniladigan dinamometr asbobi. 

Download 489.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling