1 – amaliy mashǵulot mavzu: Óquvshilarda jismoniy rivojlanishni gigiyenik baholash. Orqa miya reflekslarini órganish. Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash
Download 489.75 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- FIZIOMETRIYA
Somatoskopiya
Tashqi qoplam.. Terining elastikligini bilish uchun bosh va kórsatkich barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qóyib yuboriladi. Muskullar. Muskullarni ushlab kórib uni yaxshi rivojlangan yoki yaxshi rivojlanmaganini bilish mumkin. Suyak skeleti. Suyaklarni ushlab kórib yirik yoki nozik ekaligini bilish kerak. Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N, O va X shaklida bóladi. Normal oyoqlarda son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O- shaklida tizza bilan oyoq panja bir-biriga tóg‘ri kelmaydi. X- shaklida tizza ichkariga bukilgan bóladi. Kókrak qafasi shakli. Uch xil kókrak qafasi shakli farq qilinadi. 1-konik, 2-silindrik, 3-yassi. Konussimon kókrak qafasi muskullari rivojlangan odamda bóladi. Yassi kókrak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi.Silindrik kókrak qafasi normal xisoblanadi. 6.Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, yelka kamari, kókrak qafasining shakli, umurtqa pog‘onasi, qorin, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog‘liq bóladi. Normal qaddi-qomatda bosh tóg‘ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa pog‘onasi normal egriliklarga ega, kókrak qafasi silindr yoki konus shaklida bóladi. FIZIOMETRIYA Yelka oldi muskullari kuchini ólchash uchun dinamometr asbobidan foydalaniladi.Dinamometr oldin óng qólga olinib bir urinishda bor kuch bilan siqiladi,sóng chap qól bilan xam bor kuch bilan siqiladi. Natija daftarga yozilib, 2-jadval bilan solishtiriladi. 2.Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash. Ishdan maqsad: ópkaning tiriklik sig‘imi aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash usulini órganishdan iborat. Odam normal nafas olganda, ópkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo yana tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, yana 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qóshimcha havo deyiladi. Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin chuqar nafas olinganda ópkaga kirgan havo miqdori ópkaning tiriklik sig‘imi deyiladi. Ópkaning tiriklik sig‘imi- nafas olish havosi, qóshimcha va rezerv havo yig‘indisi (500+1500+1500)dan iborat bólib, u órtacha 3500 ml. ga teng. Ópkaning tiriklik sig‘imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog‘lig‘iga qarab ózgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, ópkadagi havoning hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi ópkada qoladi. Bu havo qoldiq havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bóladi. Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindrdan tuzilgan bólib, uning kattasiga suv tóldirilgan, kichigi esa katta silindr ichiga kiritilgan. Kichik silindr katta silindr ichida oson harakatlanishi uchun uning yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali haltakka birlashtirilgan. Katta silindr tubining órtasiga temir naycha órnatilgan bólib, uning yuqorigi uchi silindrdagi suvdan bir oz kótarilib turadi, ikkinchi uchi esa silindr tagidan tashqariga chiqarilib, rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik silindr yuqoriga kótariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan bilish mumkin. Ishni bajarish tartibi. Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash uchun spirometr strelkasini nolga tóg‘rilab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi. Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, ópkadan chiqarilgan havoning órtacha miqdori topiladi. Masalan, spirometrga 6 marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml. ni kórsatsa, u vaqtda órtacha nafas chiqarish havosining miqdori 3000:6=500 ml ga teng bóladi. Qóshimcha havo miqdorini aniqlash uchun kichik silindrni yuqoriga kótarib, uning strelkasi málum raqamga tóg‘rilanadi. Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan) tezda spirometr naychasini og‘izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi. Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, málum bir raqam róparasida tóxtaydi. Shu yól bilan ópkaga qancha qóshimcha havo kirganligi aniqlanadi. Masalan, chuqur nafas olguncha strelka 3000 ml ni, nafas olingandan keyin 1500 ml ni kórsatsa, bu vaqtda ópkaga kirgan havo miqdori 3000—1500=1500 ml ga teng bóladi. Rezerv havo miqdorini aniqlash uchun spirometr strelkasini nolga qóyib, oddiy nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib,rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi. Bu vaqtda strelka kórsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi. Nafas olish, qóshimcha va rezerv havo miqdorini 4-jadvalga yozib, ópkaning tiriklik sig‘imi topiladi. Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi tóxtagan joydagi raqam ópkaning tiriklik sig‘imini ifodalaydi. Ópkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi, sóngra málum miqdorda vodorod solingan xaltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi. Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi ópkaga ótadi, shu vodorod miqdori ópkadagi qoldiq havo miqdorini kórsatadi. Masalan, xaltada 4000 ml vodorod bólsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi ózgarmaydi, chunki qancha vodorod olinsa, shuncha havo ópkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning tarkibi ózgaradi. Agar xaltada 3000 ml vodorod va ópkadan kirgan 1000 ml havo bólsa, u vaqtda 1000 ml vodorodga 330 ml ópka havosi tóg‘ri keladi. Bunday vaqtda ópkaga ótgan 1000 ml vodorodga 330 ml havo tóg‘ri keladi. Shunday qilib, ópkadagi qoldiq havo miqdori: 1000+330=1330 ml bóladi. YEMK ÓTS Bóy Bosh aylanasi Vazn Kókrak qafasi aylanasi YEMK Yog‘ qatlami Kókrak qafasi Tashqi qoplam shakli Qaddi-qomat A N T R O P O M YE T R I YA S O M A T O M YE T R I YA F I Z I O M YE T R I YA S O M A T O S K O P I YA Mushaklarning rivojlanganligi Yassioyoqlik Oyoqlar shakli Suyaklarning rivojlanganligi 1 jadval 1 – 7 yoshdagi bolalarning órtacha kórsatkichlari Bolalar yoshi Bóyi sm Og‘irligi (g) vazni Qizlar Óg‘il bolalar Qizlar Óg‘il bolalar 1 – yosh 72 – 77 73 – 79 9,1 – 10,3 10,0 – 11,5 2 – yosh 82 – 90 85 – 92 11,7 – 14,1 12,4 – 13,7 3 – yosh 91 – 99 92 – 99 13,1 – 16,7 13,7 – 16,1 4 – yosh 95 – 106 98 – 107 14,4 – 17,9 15,5 – 18,9 5 – yosh 104 – 114 105 – 116 16,5 – 20,4 17,4 – 22,1 6 – yosh 111 – 121 111 – 121 19,0 – 23,5 19,7 – 24,1 7 – yosh 118 – 129 118 – 129 21,5 – 27,5 21,6 – 27,9 2-jadval. Yelka muskullarining kuchi Yosh Óng qól Chap qól Óg‘il Qiz Óg‘il Qiz 6 9.2 8.4 8.5 7.7 7 10.7 9.9 10.1 9.2 8 13.4 11.2 11.7 10.5 9 14.3 13.8 13.5 12 10 16.5 14.6 15.6 13.7 11 18.8 16.5 17.7 15.5 12 21.2 18.9 19.7 17.8 13 24.4 21.8 22.5 20.4 14 28.4 24.8 20.2 22.9 15 23.4 27 30.9 24.9 Kattalar 49.3 29.7 45 27.7 Download 489.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling