1 – amaliy mashǵulot mavzu: Óquvshilarda jismoniy rivojlanishni gigiyenik baholash. Orqa miya reflekslarini órganish. Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash
MAVZU: ORQA MIYA REFLEKSLARINI ÓRGANISH
Download 489.75 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy
MAVZU: ORQA MIYA REFLEKSLARINI ÓRGANISH.
Nerv hujayrasi va uning ósimtalari, yáni neyron yuksak darajada rivojlangan organizmlar nerv tóqimasining asosiy struktura birligi hisoblanadi. Neyronlar tuzilishi va funksiyasiga kóra asosan 3 tipga bólinadi: Impulsni retseptorlardan markaziy asab tizimiga ótkazuvchi afferent, yáni sezuvchi neyronlar; Impulsni harakatlanayotgan ázoga, yáni effektorga ótkazuvchi efferent, yáni harakatlantirish neyronlari; Qózg‘alishni, bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga ótkazuvchi oraliq neyronlardan tuzilgan. Ichki va tashqi tásirga organizmning markaziy nerv sistemasi orqali beradigan javobi refleks deb ataladi. Refleks organizmning tevarak-atrof muxit bilan aniq, nozik bog‘lanishi va organizm ichidagi protsesslarni boshqarish xamda nazorat qilish reaksiyasi bólib , uning biologik axamiyati ana shunda. Markaziy nerv sistemasining barcha bólimlari, xatto bosh miya yarim sharlari xam refleks prinsipi asosida ishlaydi. Refleks xosil bólishida qózg‘alish ótadigan yól refleks yoyi deb ataladi. Tásirga javob berish refleks yoyidagi turli qismlarning ketma-ket qózg‘alishidan iborat. Refleks yoyi sxemasi 5 ta turli zvenolardan tuzilgan. retseptorlar; afferent zveno (afferent neyron); markaziy zveno (oraliq nerv hujayralari); efferent zveno (efferent neyron); effektor organ (efferent neyron); Yuqoridagi zvenolardan birortasi anatomik yoki fiziologik jihatdan buzilsa, refleks hosil bólmaydi.. Ish uchun zarur asbob va reaktivlar: Ilmoqli shtativ, preparat tayyorlash uchun asboblar, paxta , ilmoq, NS1 kislotaning 0,5 va 1% li eritmasi, 1% li novokain, suv, baqa. Ishni bajarish tartibi. Buning uchun: 1. Baqaning faqat bosh miyasini kesib, pastki jag‘idan shtativ ilmog‘iga osib qóyiladi. Kichik stakanga 0,5% li xlorid kislota quyib, baqaning orqa oyog‘i shu eritmaga tushiriladi. Bu vaqtda u oyog‘ini tortib oladi. Demak, u tásirga javob berdi. Sóngra boldir terisini xalqa shaklida kesib shilib olinadi. Oradan 1-2 minut ótgach, baqaning ósha oyog‘iga 0,5% li NS1 kislota bilan yana tásir etiladi. Lekin bu safar u oyog‘ini tortib olmaydi, chunki endi retseptor, yáni refleks yoyining bir elementi olib tashlandi. Terisi kesilmagan oyog‘iga kislotaning kuchliroq eritmasi bilan tásir etilsa, baqaning faqat shu oyog‘igina emas, balki ikkinchi oyog‘i va butun tanasi harakatga keladi. 2. Baqaning orqa miya organlarida refleks borligini kórgandan keyin, uning bir oyog‘i sonining orqa tomonidagi terisini kesib, muskullar orasidan quymich nervi topiladi. Uning tagidan ip ótkazib olinadi. Sóngra shu oyog‘i kislotaning kuchli eritmasiga botirilsa xam u qisqarmaydi, yáni efferent nerv tolasi buzilganligi sababli refleks hosil bólmaydi. Buni shu nervga novokain tásir ettirib ham kuzatish mumkin, bunda ótirg‘ich nervi novokain tásirida 1—2 minutda sezuvchanligini yóqotadi. 3. Orqa miya kanaliga maxsus sim-finder kiritib asab tizimi buziladi. Shundan keyin baqaning oyog‘i kislotaga tegizilsa ham refleks xosil bólmaydi. Odamdagi proprioretseptiv reflekslar. Ishdan maqcad odamdagi bázi proprioretseptiv reflekslarni kuzatishdan iborat. Odamda muskul, pay va bóg‘imlarda joylashgan retseptorlarning tásirlanishi natijasida xosil bóladigan reflekslar proprioretseptiv reflekslar deb ataladi. Bu reflekslardan tizza refleksini, Axillov payining refleksini kuzatish mumkin. Bu reflekslar buzilsa asab tizimida ózgarishlar paydo bóladi. 1.Tizza refleksi. Buni kórish uchun tekshirilayotgan odam oyog‘ini chalishtirib ótiradi. Agar uning tórt boshli muskuli payiga maxsus bolg‘acha bilan sekin urilsa, boldir muskullari (oyog‘i) yoziladi. Bunda reflektor yoyi 111-1V bel segmentlari atrofida tutashadi. 2. Axillov refleksini kórish uchun tekshirilayotgan odam stulga tizzasi bilan chókkalab ótiradi. Agar Axillov payiga bolg‘acha bilan sekin urilsa, oyoq panjalari yoziladi,bunda reflektor yoyi 1- 11 dumg‘aza segmentlari atrofida tutashadi. Download 489.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling