1 – ish. Suvarak /Blatta orientali ning tashqi tuzilishi. Kerakli jihozlar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий-16
2 – ish. Turli xil guruh hashoratlarning ba’zi bir morfologik belgilarini o‘zaro taqqoslab o‘rganish. Kerakli jihozlar: Har xil guruhlarga (plastinka mo‘ylovli qo‘ng’izlar, ninachilar va kapalaklar) mansub bo‘lgan hashoratlarning vaqillaridan. Go‘ng qo‘ngizlari, beshiktebratarlar, chigirtka yoki temirchaklardan tarqatma materiallar. Hashoratlarning har xil shakldagi mo‘ylovlarini, oyoqlarini va qanotlarining tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar, kichik qisqichlar, o‘tkir uchli kichik qaychilar, ok qog‘oz bo‘laklari, qo‘l lupasi, buyum oynalari. Hashoratlarning kimyoviy hid bilish va sezgi organlari mo‘ylovlari turli tuman bo‘lishiga qaramasdan ularni ma’lum darajada ayrim guruhlarga ajratish mumkin. Bir turga mansub bo‘lgan hashoratlarning urg‘ochi va erkaklari mo‘ylovlarining uzun yoki qisqaligi va shakliga ko‘ra farq qilishi mumkin. Hashoratlarning turkumlari va oilalarini bir–biridan farqlashda ularning mo‘ylovlarining shakli muhim sistematik belgi bo‘lib xizmat qiladi. Shakliga ko‘ra hashoratlarning mo‘ylovlari qilsimon – xivchinsimon (suvaraklar, ninachilar), ipsimon (suv qo‘ngizlari), patsimon (kapalaklar, chivinlar va tukli arilar), plastinkasimon (go‘ng qo‘ngizlari, mart, iyun, qo‘ngizlari va boshqa plastinka mo‘ylovli qo‘ngizlar), arrasimon (qirsildoq qo‘ngizlar), taroksimon (ayrim qirsildoq qo‘ngizlarda), to‘g‘nag‘ichsimon (oq kapalaklar) va boshqa tuzilishda bo‘lishi mumkin. Hashoratlarning mo‘ylovlari qanday shaklda bo‘lishidan qa’tiy nazar, ular bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Bo’g’imlarning soni har xil 2–3 tadan tortib, bir necha o’ntaga yetishi mumkin. Lekin ularning uzunligi har xil. Ba’zi hashoratlarning mo‘ylovlari ularning tana uzunligidan ikki va undan ham ortiqroq uzun bo‘ladi (mo‘ylovdor qo‘ngizlar, temirchaklar). Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling