1 – ish. Suvarak /Blatta orientali ning tashqi tuzilishi. Kerakli jihozlar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1331651
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Амалий-16

47–rasm. Turli 
hasharotlarning oyoq 
tuzilishi: 
1– yopishuvchi; 
2–sakrovchi; 
3–suzuvchi; 
4–qazuvchi; 
5– yopishuvchi; 
6–beshiktevratarning 
tutuvchi oyog’i; 
6–asalarining 
savatchali oyog’i; 
a– dumg’aza; 
b–son; 
d–ko’st; 
e–boldir; 
Hashoratlarning yopishuvchi yoki ilashuvchi oyoqlari soch, jun va gazmol ip 
tolalarini qisib ushlashga moslashgan. Bularning uzun tirnoqchasi bir bo‘g‘imdan 
iborat bo‘lgan panjaga qisilishi natijasida xo‘jayinning soch, jun yoki kiyimlaridagi 
ip tolalariga yopishib oladi. Bunday oyoqlarni odamlarda va sutemizuvchi 
hayvonlarda, parazitlik qiladigan bitlarda uchratamiz. Biz hashoratlarning 
oyoqlarini bajaradigan vazifalariga ko‘ra har xil shaklda o‘zgarishini ko’rdik. Lekin 
ular tashqi ko‘rinishdan qanchalik o’zgarmasin, ularning barchasi asosan 5 ta 
bo‘limdan: dumg’azacha, son, boldir va panja (kaft) dan iborat. 
Hashoratlarning qanotlarining tuzilishi shakli va soniga ko‘ra juda xilma–xil 
bo‘lishi mumkin. Tuban tuzilishga ega bo‘lgan qanotsiz hashoratlarda va yashash 
sharoitiga moslashish jarayonida qanotlari qisqargan (yo‘qolgan) ayrim guruh 
hashoratlarda (bitlar, burgalar) qanotlar bo‘lmaydi. Ikki qanotlilar turkumiga 
mansub bo‘lgan hashoratlarning o‘rta ko‘krak qismida faqat bir juft qanot bo‘ladi. 
Ularning keyingi ko‘krak qismidagi ikkinchi juft qanotlari vizillab tovush 
chiqaradigan organga aylangan (chivinlar, pashshalar, sunalar, iskabtoparlar). 
Ayrim hashoratlarning birinchi juft qanotlari qalin xitindan iborat bo‘lib, uning 
ostidagi pardasimon ikkinchi juft qanotlarini himoya qilib qanotlar dorzal (yelka) va 
ventral (pastki) joylashgan ikki plastinkadan iborat bo‘lib, ularning o‘rtasida 


shoxchalar hosil qiladigan va tarmoqlanmaydigan tomirlari bor. Ba’zi guruh 
hashoratlarning (kapalaklar) qanotlari tangachalar bilan qoplangan bo‘ladi. Tashqi 
ko‘rinishidan hashoratlarning qanotlari uchburchak shaklida bo‘lib, uning hashorat 
tanasiga birikkan burchagi asosiy yoki bazal, o‘nga qarama–qarshi burchagi apikal 
yoki tepa, uchinchi burchak esa keyingi (anal) burchakni tashkil qiladi. Bu 
uchburchakning uch tomoni qanotning qirralarini hosil qiladi. Oldingi kostal qirrasi 
bilan keyingi anal qirrasini tashqi apikal qirra o‘zaro birlashtirib turadi. 
Vazifa. 1. Petri idishlarga fiksatsiya qilingan yoki harakatdan to’xtatilgan 
suvaraklarning urg‘ochi va erkaklarini qo‘yib, qo‘l lupasi yordamida mo‘ylovlarini 
tuzilishini o‘rganing. Erkaklarida qanotlarining tuzilishini kuzatib, tanasidan ancha 
uzun ekanligiga e’tibor bering. Suvaraklarning yurishga moslashgan oyoqlarini 
o‘rganing. Ularning mo‘ylovlarini va oyoqlarini ajratib oling va har birini alohida 
buyum oynasiga qo‘yib, binoko‘lyar yoki qo‘l lupasi yordamida o‘rganing. 2. Mart 
ko‘ng’izi va kapalakning mo‘ylovlarini ajratib olib, suvarakning mo‘ylovlari bilan 
birga oq qog‘oz bo‘lakchasini ustiga qo‘ying. Ularni qo‘l lupasi yordamida kuzatib 
shakliga e’tibor bering. 3. Suvarakning keyingi oyoqlaridan birini uning tanasidan 
ajratib olib oq qog‘oz ustiga qo‘ying. 4. Erkak suvarakning qanotini qirqib olib oq 
qog‘ozga qo‘ying, mart ko‘ng’izining qanot qoplag‘ichini, oq kapalak va 
ninachining qanotlarini ham ajratib olib, tuzilishlarini o‘zaro taqqoslab o‘rganing. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling