1 – ish. Suvarak /Blatta orientali ning tashqi tuzilishi. Kerakli jihozlar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий-16
Amaliy mashg‘ulot-16. Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi. Hashoratlar (Insecta) sinfi. suvaraklarning (Blatta orientalis) tashqi va ichki tuzilishi. 1 – ish. Suvarak /Blatta orientali) ning tashqi tuzilishi. Kerakli jihozlar: tirik suvaraklar (urg‘ochi va erkagi), xloroform, vannachalar, suvarakning tashqi tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar. Preparoval ninalar, entomologik to‘g‘nag‘ichlar, qo‘l lupalari, binoko‘lyarlar, o‘tkir uchli kichik qaychilar, buyum shishalari, jarroxlik pichoqlari, oq karton qog‘ozining (10x10 sm) bo‘laklari. Suvaraklar uylarda (xonadonlarda), omborlarda, novvoyxonalarda, oshxonalarda va ular uchun oziq–ovqat mavjud bo‘lgan boshqa joylarda ko‘p uchraydi. Silindrsimon tanasi 2–3 sm uzunlikda bo‘lib, yelkadan qorin tomog’iga qarab yassilangan. Jinslarning bir–biridan farqi (jinsiy dimorfizm) yaqqol ifodalangan. Urg‘ochilarining tanasi erkaklariga nisbatan kengroq va ularning qanotlari rivojlanmagan (rudiment) holatda bo‘ladi. Hozirgi vaqtda keng tarqalgan Markaziy Osiyo suvaragi (Shelfortella tartara) ning oxirgi ko‘krak va qorin qismining dastlabki segmentlari ustida sariq rangdagi nuqtachalari bor. Bu suvarak erkaklarining qanotlari tanasiga nisbatan ancha uzun va ana shu belgilar bilan ular qora suvarak (Blatta orientalis) dan farq qiladi. Boshqa hamma hashoratlar singari suvarakning tanasi ham uch: bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat bo‘lib, uning usti xitin po‘st bilan qoplangan. Bosh qismi (Cephalon) gavdaga bo‘yining ingichka belcha qismi orqali tutashgan. U 5 ta segmentning o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan. Suvarakning boshi uchburchak shaklda bo‘lib, qalin xitin po‘st bilan qoplangan bosh qutichasiga aylanadi. Uning pastki qismida og‘iz joylashgan. Yuqorigi tomonini esa peshana qismi tashkil qiladi. Boshning ikkala yon tomonida ipsimon mayda halqalardan iborat juft mo‘ylovlari–antennalar joylashgan. Ular hidlash (xemoretseptor) va sezish vazifasini bajaradi. Mo‘ylovlarning asosida bir juft murakkab fasetkali ko’zlarni ko‘rish mumkin Bosh qismida antennalaridan tashqari ikki juft og‘iz oldi paypaslagichlari ham joylashgan. Bosh qismining tomonida uning yelka teshigi bor. Ko‘krak (thorax) uchta segmentdan tuzilga segmentlarning har biri mustaqil ravishda ko‘krakning alohida bo‘limlarini tashkil qiladi. Shunga ko‘ra ko‘krak: oldingi, o‘rta va keyingi ko‘krak qismlariga ajraladi. Suvaraklarning va umuman hamma hashoratlarning ko‘krak qismi harakatlantiruvchi (lakomator) tana bo‘limidir. Chunki bu bo‘limda uch juft oyoq va ikki juft (juft qanotlilar bundan istisno) qanot joylashgan. Suvaraklarning erkaklarida qanotlari yaxshi rivojlangan, lekin uchishga moslashmagan.Urg‘ochilarida esa qanotlari qisqa va juda kalta bo‘ladi. Oldingi juft qanotlari o‘rta ko‘krakka birikkan, ular qalin va qattik qanot qoplag‘ichni hosil qiladi. Ikkinchi juft qanotlari ancha yupqa bo‘ladi. Hashoratlarning ko‘krak bo‘limida uch juft yurish oyoqlari bo‘lganligi uchun ularni olti oyoqlilar (Hexopoda) ham deyiladi. Oyoqlarining hammasi bir xil. Birinchi juft oyoqlari oldingi ko‘krakka, ikkichi jufti o‘rta ko‘krakka, uchinchi jufti esa keyingi ko‘krakka birikkandir. Oyoqlari besh bo‘g‘imdan tashkil topgan: asosiy bo‘g‘im – dumg’aza, son, boldir, panjadan (kaft) iborat. Panjaning keyingi qismi juft tirnoqcha bilan tugaydi. Suvaraklarning oyoqlari yugurishga moslashgan. Ularning panja qismi nisbatan uzunroq bo‘lib, biroz yassilangandir. Bu tipda tuzilgan oyoqlarining panjalarida o‘ziga xos moslamalari bor. Tirnoqlarining ostida yupqa xitin bilan qoplangan pulvilla (yostiqcha) joylashgan bo‘lib, u substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Suvaraklarning qorni (abdomen) har xil kattalikdagi 10–segmentdan tuzilgan. Qorin qismining oxirgi segmentida juft sezgi organi – serkalari joylashgan. Erkaklarida ulardan tashqari yana bir juft grifelkalari (qo‘shilish organi) bo‘ladi. Qorin qismidagi segmentlarning pastki tomonida nafas olish teshikchalari– segmentlar joylashgan. Teproq orasiga tuxum qo’yadigan hashoratlarning urg‘ochilari qorin qismining oxirgi segmentida tuxum quygichlar bo‘ladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling