1 – ish. Suvarak /Blatta orientali ning tashqi tuzilishi. Kerakli jihozlar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий-16
46–rasm. Hasharotlar
mo’ylovining turli shakllari: 1–xivchinsimon; 2–ipsimon; 3–munchoqsimon; 4–arrasimon; 5–taroqsimon; 6–to’g’nag’ichsimon; 7–boshsimon; 8–plastinkasimon; 9–tizzasimon; 10–taroqli tizzasimon; 11–patsimon; 12–tukchali. Hashoratlarning oyoqlari ularning yashash sharoitiga ko‘ra va bajaradigan vazifasiga qarab turlicha shaklda bo‘lishi mumkin. Suvarakning oyoqlari yugurishga moslashgan. Ularning panja qismi nisbatan uzunroq bo‘ladi. Yugurishga moslashgan oyoqlarni yana uy pashshalarida, qo‘ngizlarda ham uchratish mumkin. Yugurishga moslashgan oyoqlarning panja qismi biroz yassilangan bo‘lib, "yostiqcha" hosil qiladi. Yostiqchalarning usti har xil tirnoqlar bilan qoplangan bo‘ladi. Masalan, uzun–tumshuq qo‘ngizlarning yurish oyoqlari. Bu ikkala tipdagi oyoqlarning panjalarida o‘ziga xos moslamalari bor. Tirnoqchalarining ostida yupqa xitin bilan qoplangan pulvilla – «yostiqcha» joylashgan bo‘lib, u substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Hashorat silliq substratda pastdan yuqoriga yoki qarama–qarshi tomonga harakatlanganda tirnoqchalarining orasi ochiladi va pulvilla substratga yopishadi. Hashoratlarning sakrashga moslashgan keyingi oyoqlarida son uzun va yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. Sakrash uchun uchinchi juft oyoqlari xizmat qiladi. Bunday oyoqlarni to‘g‘ri qanotlilar turkumining vakillarida va burgalarda uchratish mumkin. Suv muhitida yashaydigan hashoratlarning keyingi juft oyoqlari suzishga moslashgan. Ularning panja qismi (kafti), ba’zan esa boldir qismi ham yassilangan va to‘qchalar bilan qoplangan bo‘ladi. Ular hashorat suvda suzgan paytida eshkak vazifasini bajaradi. Bunday tuzilgan oyoqlar suv qo‘ngizlarida uchraydi. Changallab tutuvchi oyoqlarda son, boldir uzun bo‘lib, ularda xitindan iborat mayda «tishchalar» bor. Boldir songa kelib qisilgan paytida hashoratlar o’z o’ljasini shu oyoqlari yordamida qisib ushlab oladi. Beshiktervatarlarning birinchi juft ko‘krak oyoqlari shunday tuzilishga egadir. Tuproq orasida yashaydigan buzoqboshining, go‘ng qo‘ngizlarining va po‘stloqxo’rlarning birinchi juft oyoqlari kovlashga moslashgan. Bunday oyoqlarni tashkil qilgan hamma organlari qisqa va kengaygan. Ular kurakcha shaklida bo‘ladi. Panjasi esa qisqargan bo‘ladi. Yig‘uvchi yoki to‘plovchi oyoqlar o‘simliklarning gulchanglarini yig’ishga va tashishga moslashgandir. Bunday hashoratlarning keyingi juft oyoqlarining boldir qismida to‘qchalari bo‘lmaydi. Lekin uning ikki yon tomonida uchi qayrilgan mayda to‘qchalar bo‘lib, ular savatcha hosil qiladi. Panjaning birinchi bo‘g‘imi kengaygan va uning ichki tomoni tirnoqlar bilan qalin qoplangan bo‘lib, u cho‘tkacha hosil qiladi. Buning yordamida asalari o‘zining tanasiga yopishgan gulchanglarini yig‘ib oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling