1 – ish. Suvarak /Blatta orientali ning tashqi tuzilishi. Kerakli jihozlar


 – ish. Hashoratlarning anatomiyasi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1331651
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Амалий-16

 


4 – ish. Hashoratlarning anatomiyasi 
Kerakli jihozlar: tirik yoki 70 % li spirtda fiksatsiya qilingan suvaraklar
xloroform yoki efir, paxta, o‘tkir uchli qaychilar, ingichka, uchli qisqichlar
entomologik to‘g‘nag‘ichlar, suvarakning ichki tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar, 
mikroskoplar buyum va qoplag‘ich oynalar.
Suvarakning ichki organlar sistemasi tuzilishida o‘rganishni eng avvalo uning 
qon aylanish organlaridan boshlash maqsadga muvofiqdir, chunki suvarakning 
yuragi qirqib olingan yelka qoplag‘ichining ichki yuzasida joylashgan bo‘ladi. 
Yurak uzun naycha shaklida bo‘lib, u 13 ta kameradan ustitsa (cho’ntakchalar) 
iborat. Har bir kamerada ikkita teshikchalar – ustitsa (cho’ntakchalar) bor. Ulardagi 
klapanlar qonning yurakdan, chiqib ketishiga qo’ymaydi. Yurakning keyingi tomoni 
tutash, oldingi tomoni esa cho’zilib, suvarakning tana bo‘shlig‘iga ochiladigan bosh 
aortaga aylanadi. Yurak parda devorli kamera, ya’ni yurak oldi (perikaridial) sinus 
ichida joylashgan bo‘ladi. Bu kamera tana bo‘shlig‘i bilan o‘zining devoridagi bir 
necha mayda teshikchalar orqali tutashgan bo‘ladi. Suvarakning qoni rangsiz, u bosh 
tomonga yo’nalgan aorta tomiri orqali kelib, tana bo‘shlig‘iga qo’yiladi va tana 
suyuqligida aralashadi (gemolimfa hosil bo‘ladi). Gemolimfa organlar orasidan oqib 
o‘tib yurak oldi sinusiga tushadi va ostiyalar orqali yurakka o‘tadi. Yurak kameralari 
yurakning keyingi uchidan boshlab oldingi uchiga qarab birin–ketin qisqaradi va 
qon suyuqligi oldinga haydaladi. Yurakning diastola (kengayish) davrida 
kameraning klapanlari ochiq turadi. Shuning uchun o‘nga orqadagi kameradan va 
perikardial sinusdan qon kira boshlaydi. Keyin kameraning devorlari qisqara 
boshlaydi (sistola) va qon bosiminig oshishi natijasida klapanlar yopiladi, qon esa 
navbatdagi kameraga o‘ta boshlaydi. Yurakning kengayishi qisqarishiga yurak 
devorlarining muskullari, xususan, bir uchi bilan yurak devoriga yopishib turgan 
qanotsimon muskullar yordam beradi. Shuni ham aytish kerakki suvarakning va 
umuman hashoratlarning qon aylanish sistemasi sodda tuzilgan. Gemolimfa gazlarni 
tashishda ishtirok etmaydi, u faqatgina oziq moddalarni tarqattadi va dissimilyatsiya 
moddalarini chiqaradi. 


Nafas olish organlar sistemasi traxeya naychalaridan iborat. Asosan uch juft 
traxeya naychalari bor. Ular tananing yon tomonida, yelka qismida va qorin 
tomonida joylashgandir. Tananing yon tomonidagi traxeya naychalari ko‘ndalang 
o‘rnashgan traxeya naychalari bilan o‘zaro ulangan bo‘ladi. Asosiy traxeya 
naychalari shoxlanib, mayda tarmoqlarga va juda ingichka traxeolalarga bo‘linadi. 
Bularning naychali o‘simtalari to‘qimalari va hujayralarga kirib turadi. Ular orqali 
to‘qimalarga kislorod kiradi va karbonat angidrid chiqariladi. 
Traxeya naychalari nafas olish teshikchalari – stigmalar orqali tashqi muhit 
bilan bog‘liqdir, ular qorin qismida joylashgan. Bu qismdagi eng oxirgi juft traxeya 
naychalarida stigmalar bo‘lmaydi. Suvarakning qorin qismi harakati tufayli, u 
qisqargan paytida stigmalar orqali xavo chiqaradi, kengayganida esa kislorod 
traxeyalar orqali kiradi. Demak, suvarakning traxeya sistemasi gaz tashish va 
hashorat tanasidagi hujayralarda gaz almashish vazifasini bajaradi. 
Ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz bo‘shlig‘idan boshlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘iga 
bir juft so’lak bezlari ochiladi. Bu bezlarning keyingi qismi kengayib, 
so’laklanadigan rezervuarni hosil qiladi. So’lak qattiq ovqatni qo‘llash uchun xizmat 
qiladi. Suvarakning halqumi naysimon qisqa qizilo‘ngachga aylanadi. Qizilo‘ngach 
xaltasimon kengayib jig‘ildonni hosil qiladi. Unda keyin muskulli oshqozon 
joylashadi. Uning ich devoridagi xitin "tishcha" lar yordamida oziq to‘la 
maydalanadi. Tomoq, qizilo‘ngach, jig‘ildon va muskulli oshqozon ichakning 
oldingi bo‘limini tashkil qiladi. Muskulli oshqozonning keyingi qismi kardial 
klapanga aylangan. U ovqatni o‘rta ichakka o‘tkazib turadi va teskari tomonga 
harakat qilishiga yo‘l, qo’ymaydi. O‘rta ichak ingichka silindrsimon naycha shaklida 
bo‘ladi. Uning oldingi boshlanish qismida 8 ta yopiq (pilorik) o‘simtalari bor. Ular 
ham xuddi o‘rta ichak singari ovqatni shimib olish vazifasini bajaradi. Orqa 
(yo‘g‘on) ichak ikki bo‘limdan iborat, uning oldingi qismi ingichkalashgan, keyingi 
qismi esa yo‘g‘onlashgan, u anal teshigi orqali tashqariga ochiladi. Orqa ichakda 
hazm bo‘lgan ovqat tarkibidagi suv yana bir marta qayta shimib olinadi hamda hazm 
bo‘lmagan ovqat qoldiqlari orqa ichakning keyingi (rektal) bo‘limida yig’iladi va 


tashqariga chiqariladi. Hashoratlarning, shu jumladan, suvarakning ham oldingi va 
orqa ichagining ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan. 
Suvarakning ayiruv organlari sistemasi uning o‘rta ichagi bilan orqa ichagining 
tutashgan joyiga kelib qo‘shiladigan oqish va uzun ipsimon–Malpigiyev 
naychalaridan iborat bo‘ladi. Bu naychalarning erkin uchi berk, lekin ularning ichi 
kovak va orqa ichakka ochiladi. Ayiruv organlariga qo’shimcha ravishda yog’ 
tanachalarini ham kiritish mumkin. Yog tanachalarining hujayralari ham 
suvarakning tana bo‘shlig‘idagi chiqarilishi kerak bo‘lgan va modda almashish 
jarayonida hosil bo‘lgan moddalarni ajratib oladi. Lekin ularni tashqariga 
chiqarmaydi, to hashorat umrining oxirigacha shu yerda to‘planadi va saqlanadi. Shu 
bilan birga yog’ tanachalari hashoratlarda zahira ehtiyojini qondiruvchi ozuqa 
modda bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling