1 – ish. Suvarak /Blatta orientali ning tashqi tuzilishi. Kerakli jihozlar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий-16
49–rasm. A–suvarakning
kemiruvchi og’iz organlari: 1–yuqori lab; 2– yuqori jag’lar; 3–7– pastki jag’lar (3–pastki jag’ paypastlagichi; 4– tashqi; 5–ichki chaynov kuraklari; 6–poyacha; 7– asosiy bo’g’in) 8–12 pastki lab (8– engak osti; 9–engak; 10– tilcha (ichki kurak); 11–qo’shimcha tilcha (tashqi kurak); 12–pastki lab paypastlagichi; B–kemuruvchi–so’ruvchi og’iz apparatining tuzilishi (asalarining og’iz apparati) 1–yuqori lab; 2– yuqori jag’; 3–6– pastki jag’ (3–asosiy bo’g’inlar; 4–poyacha; 5–tashqi kurak; 6– paypastlagich); 7–11–pastki lab (7 – engak osti; 8–engak; 9– pastki labning tashqi kuragi; 10– pastki lab paypastlagichi; 11–tilcha (ichki kurak); D–so’ruvchi og’iz apparatining tuzilishi (kapalak); 1–mo’ylovlarining asosiy qismi; 2–yuqori lab; 3–pastki lab paypastlagichi; 4– pastki lab; 5– maksellardan hosil bo’lgan xartumcha; 6–ko’zcha; E–sanchib so’ruvchi og’iz apparatining tuzilishi (to’shak qandalisi); 1–yuqori lab; 2–pastkilab; 3– yuqori jag’;4–pastki jag’; 5– mo’ylovlar. Suyuq ovqat bilan oziqlanadigan hashoratlarda og‘iz organlari kemiruvchi og‘iz apparatiga xos bo‘lgan asosiy belgilarni saqlab qolish bilan birga ancha o’zgargan bo‘ladi. Kemiruvchi–so‘ruvchi (kavshovchi–yalovchi) tipida tuzilgan og‘iz apparati asalarilarda va umuman pardaqanotlilar turkumiga mansub bo‘lgan hashoratlarda rivojlangan. Asalarining mandibulalari ancha rivojlangan bo‘lishiga qaramasdan ular oziqlanish davrida ishtirok etmaydi. Lichinkalarning mandibulalari o’zlari rivojlanayotgan in devorini teshish uchun xizmat qiladi. Ishchi asalarilar mandibulalari yordamida mumdan in quradilar. Asalarilarda pastki jag‘lar bilan toq ostki lab birga qo‘shilib, gulshirasini surishga moslashgan og‘iz apparatini hosil qiladi. Pastki jagining ichki kurakchasi va paypaslagichi qisqargan, uning tashqi kurakchasi esa ancha uzun va qilichsimon shaklda bo‘ladi. Pastki labning ichki kurakchalari kuchli o’zgargan va o‘zaro qo‘shilib naysimon uzun tilchaga aylangan. U gul shirasini surishga moslashgandir. Tashqi kurakchalar esa "tilcha" ning o‘ng va chap tomonlarida kichik o‘simta shaklida saqlangan. Pastki labning paypaslagichi esa ancha uzun, lekin bo‘g‘inlarga bo‘linmagan bo‘ladi. Kemiruvchi–so‘ruvchi turidagi og‘iz apparatida toq ustki lab mandibulalarni qoplab turadigan xitindan iborat teri burmasiga aylangan. Umuman asalarilarning og‘iz apparati mumdan in ko‘rish, yosh asalarilarni boqish, oziq to‘plash kabi bir necha xil vazifalarni bajarishga moslashgandir. So’ruvchi turidagi og‘iz apparati suyuq ovqat bilan oziqlanadigan kapalaklarda (imagolarida) ham suvarakning og‘iz organlariga nisbatan yanada ko‘proq o’zgargan. Ularning og‘iz organlari so‘ruvchi tipida tuzilgandir. Bunday og‘iz apparatida ustki lab, ustki jag‘lar va ostki lablar qisqargan, ya’ni rudiment holatida bo‘ladi. Pastki lab toq plastinkadan iborat. Uning paypasligichi uch bo‘g‘indan tashkil topgan. Kapalakning og‘iz apparati juda o‘zgarib ketgan pastki labdan tuzilgan. Pastki jag‘larning har biri uzun tarnovcha hosil qiladi. Ikkala maksillaning tarnovchalari o‘zaro qo‘shilib, uzun xartumni hosil qiladi. Kapalakning xartumi tinch holatida speral shaklda o’ralib turadi, oziqlanishda esa xartum yoziladi va gulshirani surish uchun uning ichiga kiradi Gulning tuzilishiga qarab, undan gulshira suradigan kapalaklar xartumlarining uzunligi har xil bo‘lishi mumkin. Shunday qilib kapalaklarning (imago) so‘ruvchi og‘iz apparati gulshira surishga muvofiqlashgan va ostki jagining xaddan tashqari o‘zgarishidan hosil bo‘lgandir. Sanchib so‘ruvchi og‘iz apparati yordamida chivin va qandalalar odam va hayvonlarning terisini teshib, qonini yoki o‘simliklarning hujayra suyuqligini suradi. Buni o’rin–ko’rpa kandalasining (taxta kana) og‘iz apparati tuzilishi misolida ko‘rishimiz mumkin. Uning ustki labi yarim doira shaklida bo‘lib, pastki labi esa uch bo‘g‘imli xartumchaga aylangan. Qin singari tuzilishga ega bo‘lgan labning ichida uzun sanchiladigan ninasimon juft ustki va pastki jag‘lar joylashgan. Uning o‘rta qismida maksillalar, chetki tomonlarda esa mandibulalar bo‘ladi. Maksillalar tarnovchaga aylangan. Ular ustma–ust joylashib, ikkita kanalcha hosil qiladi. Ustki kanalcha orqali ovqat so‘rib olinadi, pastki kanalcha orqali esa bu vaqtda organizmga so’lak yuboriladi. Mandibulalar o‘tkir uchli va arrasimon tishchali bo‘ladi. Ular yordamida qandalalar organizm to‘qimasini teshadi, tishchalar esa qon surayotgan paytida og‘iz apparatining chiqib ketishidan saqlaydi va qandalani xo‘jayinning tanasi ustida mustaxkam o‘tirishga yordam beradi. Qandalaning pastki jag va pastki lab paypaslagichlari bo‘lmaydi. Lekin qandala og‘iz apparatining mikropreparati kuzatilayotgan paytda, boshining ikkala yon tomonidagi fasetkali ko’zlarining pastida to‘rt bo‘g‘imli mo‘ylovlari ko‘rinadi. Vazifa. 1. Suvarak og‘iz apparatining mikropreparatini binoko‘lyar yordamida kuzatib, uning ustki jag‘laridagi xitin «tishcha» lariga e’tibor bering va og‘iz organlarining rasmini chizing. 2. Asalari og‘iz–apparatining mikropreparatini binoko‘lyar yordamida kuzating. Uning ustki jag‘lari tarnovchaga aylanganligiga e’tibor bering. Pastki jag‘lari ichki kurakchalarining va paypaslagichlarining qisqarganini kuzating, so‘ngra asalari og‘iz apparati rasmini chizing. 3.Sanchib so‘ruvchi tupida tuzilgan to‘shak qandalasi og‘iz apparatining mikropreparatini binoko‘lyar orqali kuzating. Til singari tuzilishga ega bo‘lgan ustki labning ichida joylashgan ustki va ostki jag‘larini toping va qandala og‘iz organlarining rasmini chizing. 4. Kapalakning (imago) so‘ruvchi tipida tuzilgan og‘iz apparatini ham binoko‘lyar orqali kuzatib, ustki va ostki lablarning, shuningdek ustki jag‘larining qisqarganligiga e’tibor bering va kapalak og‘iz apparatining rasmini chizing. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling