1 – ish. Suvarak /Blatta orientali ning tashqi tuzilishi. Kerakli jihozlar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1331651
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Амалий-16

48–rasm. Hasharotlarning 
qanot tuzilishi (karam 
kapalagining qanot 
tuzilishi): 
1–bazal burchagi
2–orga burchagi; 
3–opikal burchagi; 
4–oldingi bo’lim; 
5–tashqi opikal plastinka
6–orqa yoki ichki qismi 


5. Tuzilishga ko‘ra bir–biridan farq qiladigan hashoratlarning mo‘ylovlarini, 
bajaradigan vazifalariga ko‘ra shakli o’zgargan oyoqlarini rasmini chizing.
6. Kapalakning qanot tuzilishi rasmini chizing, uning asosiy qismlarini va 
tomirlanishini o‘rganing. 
3 – ish. Hasharotlar og‘iz apparatlarininga sosiy gruppalari 
Kerakli jihozlar: hashoratlarning har xil tarzda tuzilgan og‘iz apparatlarining 
mikropreparatlari va ularning tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar (suvarak, asalari, 
kapalak va kandalaning og‘iz apparatlarini olish mumkin), binoko‘lyarlar. 
Hashoratlarning og‘iz organlari ular ovqatining turiga va oziqlanish usuliga 
qarab har xil tuzilgan bo‘ladi. Ko‘pchilik hashoratlarning lichinkalari bilan 
imagolari turlicha ovqatlanganligidan ularning og‘iz apparati ham har xil. 
Qattiq ovqatlar bilan oziqlanadigan hashoratlar suvaraklar, qo‘ngizlar, kapalak 
qurtlari va to‘g‘ri qanotlilarda og‘iz apparati kemiradigan tipda tuzilgan bo‘ladi. 
Shulardan qora suvarakning og‘iz apparati tuzilishini ko’rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir. 
Pastki labning ichki tomonida halqum ostligi–gipoforinks joylashadi, u ovqatni 
halqum tomonga siljitishda ishtirok etadi. Suvarakning pastki labi og‘iz teshigini 
pastki tomondan qoplab turadi va suyuq ovqatni yalab olishga xizmat qiladi. Bir juft 
pastki jag‘lari – maksillalari ikkita bazal bo‘g‘indan: asosiy bo‘lim (cardo) va 
poyacha (stipes) dan iborat. Poyachada kurakchalar joylashgan. Ichki chaynash 
ko‘ragining uchida xitin "tishcha"lar va to‘qchalar bo‘ladi. Ular ovqatni 
maydalashda ishtirok etadi. Tashqi chaynash ko‘ragining usti ham to‘qchalar bilan 
qoplangan, bular yordamida suvarak ovqat bo‘lakchalarini saralaydi. Pastki 
jag‘larida bittadan to‘rt bo‘g‘imli paypaslagichlar bo‘ladi. 
Yuqorigi jag‘lar–mandibulalari ham juft bo‘ladi. Ular qalin xitinlashgan, lekin 
bo‘g‘inlarga bo‘linmagan. Ularning ichki yuzasida bir necha o‘tkir uchli xitin 
tishchalari bor. Yuqorigi jag‘lar yordamida suvaraklar qattiq ovqatni tishlab o‘zi 
oladi va og‘iz bo‘shlig‘iga tushgunga qadar maydalaydi. Toq ustki labi yupqa 
plastinka shaklida bo‘lib, u og‘iz organlarini qoplab turadi. 


Shunday qilib, suvarakning og‘iz organlari to‘la takomillashgan kemiruvchi 
tipidagi og‘iz apparatini hosil qiladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling