1 – ish. Suvarak /Blatta orientali ning tashqi tuzilishi. Kerakli jihozlar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий-16
50–rasm. Erkak suvarak
ning ichki organlari: A– orqa tomonidan ko’rinishi: B–yon tomonidan ko’rinishi: 1–so’lak yig’iladigan xaltasi; 2–so’lak bezi; 3–jig’ildon; 4–oshqozon; 5–o’rta ichak; 6–malpigi naychalari; 7–orqa ichak; 8–9–traxiya sistemasining naychalari; 10–qorin nerv zanjiri; 11–urug’don; 12–qo’shimcha bez; 13–yurak; 14–bosh miya markazi; 15–simpatik narb; 16–pilorik (ko’r) o’simtalar/ Suvarakning markaziy nerv sistemasi halqum usti, halqum osti nerv tugunlaridan va qorin nerv zanjiridan tashkil topgan. Xalqum usti nerv tuguni yoki bosh miya uch bo‘limdan iborat. Oldingi bo‘limi – prototserebrum, o‘rta – deytotserebrum va orqa bo‘limi – tritotserebrumdir. Suvaraklar ayrim jinsli. Urg‘ochilarida organlar sistemasi juft tuxumdonlardan, tuxum yo‘llaridan iboratdir. Har bir tuxumdon tuxum hujayrasiga ega bo‘lgan sakkizta naychadan tashkil topgan. Ulardan tashqari urg‘ochilarining jinsiy organlariga yana urug‘ qabul qiluvchi qopchiq va qo’shimcha bez ham kiradi. Suvarakning qo’shimcha bezi ishlab chiqaradigan suyuqlikdan ularning tuxumlarini o‘rab turadigan pilla hosil bo‘ladi. Erkaklarining jinsiy organlari bir juft urug‘don, juft urug‘ yo‘llari, urug‘ pufagi va toq urug‘ chiqaruvchi naychalardan iboratdir. Vazifa. 1. Suvarakning ichki organlarini o‘rganish uchun uni yorish kerak. Buning uchun suvarakni chap qo‘lda qorin tomoni bilan pastga, bosh qismini esa oldingi tomoniga qaratib ushlang. Keyin–tergit va sternitlarning yon tomonidagi o‘zaro birlashgan joyini suvarak tanasining keyingi uchidan boshlab oldingi ko‘krakkacha ingichka qaychi bilan qirqing. Suvarakning bosh qismini o‘zingizga qaratib aylantirib qo‘yib, xuddi yuqorida qayd qilingan usulda chap tomonini ham kesing. Yon tomon kesimlarini oldingi ko‘krak qismidan ko‘ndalang kesik bilan tutashtiring. Shundan keyin suvarakni vannachaga joylashtirib, to‘g‘nag‘ichlar bilan bosh qismi va qornining keyingi uchini mustahkam sanchib qo‘ying. Qisqich bilan tergitning oxirgi segmentidan ushlab, biroz ko‘taring va uni ushlab turgan muskullarni, traxeyalarni qaychi bilan qirqing. Tergitni ajratib olib, ichki yuzasini yuqoriga qaratib, vannachaga to‘g‘nag‘ichlar yordamida maxkamlang va suvarakning ko‘p kamerali yuragini kuzating. 2. Qo‘l lupasi orqali suvarakning ichagi atrofidagi traxeya naychalarini kuzating. Keyin yog’ tanachalarining bir qismini qisqich bilan ajratib qo‘yib, buyum shishasida bir tomchi suvga qo‘ying va ustini qoplag‘ich oyna bilan yopib, mikroskopning kichik, keyin esa katta ob’ektivlari orqali kuzating. 3. Ovqat hazm qilish sistemasini o‘rganish uchun orqa ichakning keyingi uchini qaychi bilan qirqing va uni qisqich bilan qisib ushlab, biroz ko‘taring va ichakning oldingn qismini ham kesib, keyin ichak naychasining bo‘limlarga ajralishini qo‘l lupasi yordamida kuzating. O‘rta ichakning boshlanish joyidagi yopiq o‘simtalariga e’tibor bering. 4. Malpigiyev naychalarini ichakdan ajratib olib buyum shishasida bir tomchi suvga qo‘ying va mikroskopning kichik ob’ektiv yoki binoko‘lyar orqali kuzating. Jinsiy organlar sistemasini qo‘l lupasi orqali kuzating va suvarakning jinsini aniqlang. 5. Ovqat hazm qilish va jinsiy organlari sistemasini ajratib olib,ularning ustidagi qorin nerv zanjirini qo‘l lupasi yordamida kuzating. Suvarakning ichki organlari tuzilishini, yelka va yon tomonidan ko‘rinishining rasmini chizing. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling