1 – laboratoriya hasharotlarning morfologiyasini o’rganish


Download 0.61 Mb.
bet8/10
Sana23.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1384191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ENTOMOLOGIYA lotin

7-LABORATORIYA
HASHORATLARNING EKOLOGIYASI.


REJA
1. Hashoratlarning hayotiy formalari bilan tanishish.
2. Klimogramma va bioklimogramma tuzish.


Kerakli jixozlar.
10 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan lupalar, to‘g‘rilagich ignalar, chizg‘ichlar, torfli yastiqchalar, millimetrli qog‘ozlar, hashoratlarning hayotiy formalarini va zarar etkazish tiplarini ifodalovchi tablitsalar, foto slaydlar va namunalar.
O‘rganish ob’ektlari:
Turli sharoitda yashashga moslashgan hasharotlarning formalari namoyandalaridan 5—6 tur namunalar: o‘simlikxo‘r — fitofillar, tuproqda yashovchilar — geofillar va suv hasharotlari — gidrofillar.


Ishni bajarish tartibi
1.O‘simlikxo‘r hasharotlar tanasining tuzilish xususiyatlari bilan tanishish. Bular tanasining ixchamligi, uzunligi, silliqligi, ikki yon tomonidan siqilgani bilan xarakterlanganini ko‘rish mumkin. Bularga o‘txo‘r va buta hamda daraxtxo‘rlar kiradi. O‘txo‘rlarda tanasi silliq, sirg‘anchiq shaklda, rangi esa ko‘kimtir yoki sariq, mo‘ylov va qanotlari anchagina uzun ekanligi hamda orqa boldirlarida simmetrik tikanchasi borligi ko‘rinadi.
Buta yoki daraxtxo‘r hasharotlar turli xil belgilari bilan farq qiladi. Tanasining rangi och ko‘k rangdan kulranggacha bo‘lishini, orqa boldirlarda tikanchalarning assimmetrik joylashganini ko‘rish mumkin. Masalan, chigirtkasimonlar va qo‘ng‘izlar.
2. Tuproqda yashovchi hasharotlarning tana tuzilishi xususiyatlari bilan tanishish. Bularning tanasi ozmi-ko‘pmi biroz bosiqligini (yapaloqligini) odatda ustki tomonidan hoshiyali qoplam bilan (burmali, bo‘rtikchali yoki juda hoshiyali) qoplangani qayd etiladi. Bular ham yashash joyiga qarab bir necha xil bo‘lishi mumkin, ya’ni erning ustki qismida toshlar va substrat ostida, to‘kilgan barglar va o‘simlik qoldiqlari ostida hamda tuproq qatlamlarida yashashi mumkin. Qumda yashovchilari ochiq rangli, ba’zan dog‘li, yon tomoni keng, orqa boldirlari uzun bo‘ladi. O‘simlik qoldiqlari ostida yashovchilar: rangi to‘qroq, tuproq rangiga mos, silliq emas, ko‘pincha qanotlari bo‘lmasligi mumkin. Tuproqda yashovchilar, rangi to‘q, tanasi juda zich, yapaloq, oldingi oyoqlari qazuvchi tipda, boldiri qisqargan, tikanli bo‘lishini ko‘rish mumkin.
3. Suvda yashovchi hasharotlarning tana tuzilish xususiyatlari bilan tanishish. Tanasi sirpanchiq shaklda, o‘simta va bo‘rtikchalari bo‘lmaydi, orqa oyoqlari suzuvchi tipda, ba’zan oldingi juft oyoqlarida yopishqichlari yaxshi taraqqiy etgan bo‘ladi.
Tanishib chiqilgan barcha hasha- rotlarning hayot formalari xarak- terli belgilarini yozib oling.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling