1 – laboratoriya hasharotlarning morfologiyasini o’rganish


Download 0.61 Mb.
bet10/10
Sana23.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1384191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ENTOMOLOGIYA lotin

8-LABORATORIYA


OMBOR ZARARKUNANDALARI BIOLOGIYASI VA ULARGA QARSHI KURASH.


REJA
1. Ombor zararkunandalari lichinka tiplari bilan tanishish.
2. Lichinkalarning muhim turkumi hamda oilalarini aniqlash.


Kerakli jixozlar.
MBS-1 mikroskoplari, 10 marta kat- talashtirib ko‘rsatadigan lupalar, soat va buyum oynalari, uchi to‘mtoq pinsetlar, hasharot tuxumining tuzilish tiplari va tuxum qo‘iilish jad- vallari, slaydlar va fotosuratlar.
O‘rganish ob’ekti.
20-25 turkum va oilalarning lichinkalari, shulardan 3-4 ta to‘liq o‘zgaruvchan hashoratlar lichinkalari, qolganlari esa chala o‘zgaruvchan hashoratlar lichinkalari bo‘lishi mumkin.
Aniqlovchi jadvallardan foydalanish
Aniqlovchi jadvallar hashoratlarning morfo-anatomik va bio-ekologik belgilariga asoslanib tuzilgan bo‘lib, har bir xarakterli belgilari raqamlar bilan ko‘rsatilgan. Bu raqamlar “tezalar” deb aytiladi. Raqamlardan keyin, qavs ichida ikkinchi raqam beriladi. Bular “antitezalar” deb aytiladi. Tezalarda berilgan belgilarning qarama-qarshisi antitezada beriladi. Hashoratlarni aniqlash vaqtida jadvaldan aniqlovchi berilgan birinchi tezadan boshlab o‘qing va qo‘lingizdagi hashoratga qarab tezada berilgan belgilarga solishtiring. Tezada berilgan belgilar aniqlanayotgan hasharotning belgilariga to‘g‘ri kelsa, ikkinchi tezani aniqlashga o‘tasiz. Ikkinchisida berilgan belgilar ham to‘g‘ri kelsa, uchinchi tezaga, uchinchisi to‘g‘ri kelsa to‘rtinchisiga o‘tib, teza oxirigacha, ya’ni berilgan belgilardan keyin qora harflar bilan yozilgan turkum yoki oila nomi kelguncha taqqoslab borasiz. (Turkum yoki oilalarning nomidan oldin, ya’ni tezada berilgan belgilardan keyin ko‘p nuqtalar qo‘yiladi. CHunki turkum yoki oilalarni tezalarda berilgan xarakterli belgilarning hammasi mujassamlashmagan, ya’ni ko‘p nuqtalarning qo‘yilishi. xarakterli belgilarning davomi bor degan ma’noni bildiradi).
«Teza» da berilgan belgilar to‘g‘ri kelmasa, teza raqamidan keyin qavs ichida berilgan antitezaga qaraysiz va antitezada berilgan belgilarga solishtirasiz, agar bu belgilarga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi tezaga o‘tasiz. Bu kuzatuv turkum yoki oilani aniqlaguncha davom ettiriladi. Bordi-yu, antitezadagi berilgan belgilar ham to‘g‘ri kelmasa, u vaqtda biror joyda yanglishilgan bo‘lasiz. Bunday holda solishtirishni yana boshidan takrorlashga to‘g‘ri keladi.
Aniqlab chiqqandan keyin laboratoriya daftariga belgilari to‘g‘ri kelgan tezalar ko‘chirilib, turkum yoki oilasi yoziladi.
Foydalanilgan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati.

1. Kimsanboev X.X va boshq. –Umumiy va qishloq xo‘jalik entomologiyasi. Toshkent-2002.


2. Murodov S.A. – Umumiy entomologiya kursi. Mexnat – 1986.
3. YAxontov V.V. –O‘rta Osiyoda qishloq ekinlarining va mahsulotlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash. T., 1962.
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling