1- laboratoriya ishi Ishlab chiqarish sharoitida shtrixli negativ va diapozitivlarni tayyorlash
Download 24.78 Kb. Pdf ko'rish
|
laboratoriya ishi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob-uskunalar
- 2) Shtrixli diapozitivlarni ishlab chiqarish
- Uskunalarni ishlarga tayyorlash
- Fotoplyonka ishlab chiqarish
- Ishchi eritmalarni tarkibi
- 3. Ochiltirish jarayonini tо‘xtatadigan eritma
1- laboratoriya ishi Ishlab chiqarish sharoitida shtrixli negativ va diapozitivlarni tayyorlash Ish davomiyligi 6 soat Ish maqsadi: Ishlab chiqarish sharoitida shtrixli negativ olish, keyin esa uning asosida shtrixli diapozitiv tayyorlash. Asbob-uskunalar: Fotoapparat, fotoplenka, reaktivlar (jadvalda keltirilgan) ochiltirgichlar va fiksajlash moddalar. Ish ketma ketligi: Ish bajarishni umumiy sxemasi quyidagicha. Jarayonlar ketma - ketligi 1) Shtrixli negativlar 1. Originalni (аслнусхани) rasmga olishga tayyorlash. 2. Originalni yoki asl nusxani ekranda о‘rnatish. 3. Fotoapparatni ishga tayyorlash. 4. Fotoapparatni plyonka bilan zaryadlash. 5. Eksponirovaniye-yoritish. 6. Kimyoviy-fotografik ishlov berish va fotoplenkani quritish. 6.1. Ochiltirish. 6.2. Ochiltirishga tо‘sqinlik qiladigan eritmada ishlov berish. 6.3. Fiksajlash. 6.4. Qisqa vaqtda yuvish. 6.5. Negativni sifatini yuvishga qadar nazorat qilish. 6.6. Yuvish. 6.7. Quritish. 7. Quritilgan negativni sifatini tekshirish yoki nazorat qilish. 2) Shtrixli diapozitivlarni ishlab chiqarish 1. Negativni ishga tayerlash. 2. Nusxa olish ramani (stanokni) ishga tayerlash va fotoplenka bilan zaryadka qilish. 3. Eksponirlash, yoritilish. 4. Kimyoviy-fotografik ishlab berish va fotoplenkani quritish. 1) Shtrixli negativlarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni: 1. Shtrixli negativlar oq-qora yoki rangli asl nusxalardan reproduksion fotoapparat yordamida olinadi. Fotoapparatda bitta ishchi fotograf ishlaydi va instruksiya asosida hamma ishlarni tasdiqlagan ketma-ketlikda bajaradi. 1.1. Asl nusxalarni qabul qilish. Asl nusxalar fotobо‘limga faqat master yoki brigadir buyrug‘i asosida qabul qilinadi. Ularni sifati texnik shartlar TU-29.01.99 rioya qilinishi shart. Original olingandan sо‘ng master texnologik kartada yoki jurnalda belgilab qо‘yishi lozim. Uskunalarni ishlarga tayyorlash. 1.2. Fotoapparatni ishga tayyorlash. Originalderjatel yuzasiga 45 gradusga moslab ikki tarafdan fotograf ksenon lampalarni о‘rnatadi. Zatvorni ochib, diafragmani butunlay ochib originalni bir tekisda yoritilganini tekshirib kerak bо‘lsa tо‘g‘rilaydi. Lyuks metr yordamida bir tekisda norma bо‘yicha yoritilganini nazorat qiladi. Fotoplyonka ishlab chiqarish Eksponirlangan[yoritilgan] fotoplyonka ochiltirish mashinasini vannasiga qo’yiladi. Bu yerda t=26-27 0 S, erishmalarni tarkibi fotoplyonkani markasiga qarab tanlanadi .Ochiltirish vaqtida plyonkani yuzasi eritma bilan qoplangan bо‘lishi shart. Ishchi eritmalarni tarkibi 1) FT-2 metilgidroxinonli ochiltirgich Metol 5 g Natriy sulfit 40 g Gidroxinon 6 g Kaliy karbonat 40 g Kaliy bromid 6 g Suv 1000 ml gacha 2) F-1 va F-4 fenidonli ochiltirgichlarni tarkibi. Ikkala ochiltirgichni tarkibi о‘xshaydi, lekin miqdoriy nisbati har xil, jadvalda keltirilgan. Jadval 1 3. Ochiltirish jarayonini tо‘xtatadigan eritma: Uksus kislotasi, GOST 61-75 30ml Suv 1000ml gacha 4. Tez fiksajlovchi eritma: Natriy tiosulfat 250 g Ammoniy xlorid 50 g Kaliy metabisulfat 30 g Tarkibi F-1 Kuchaytiruvch i eritma F-1 F-4 Kuchaytiruvch i eritma F-4 1 2 3 4 5 Natriy sulfit Gidroxinon Kaliy karbonat Fenidon, ms Kaliy bromid Suv, N2O 40 g 6 g 40 g 0,20 g 6 g 1000 ml bо‘lguncha qо‘shiladi 40 g 12 g 60 g 0,25 g 1000 ml bо‘lguncha qо‘shiladi 40 g 6 g 40 g 0,5 g 6 g 1000 ml bо‘lguncha qо‘shiladi 40 g 12 g 60 g 0,55 g 1000 ml bо‘lguncha qо‘shiladi Suv 1000 ml gacha 5. Kuchsizlantiruvchi eritma. A -saqlanuvchi eritma kaliyni temir sianidi 350 g suv 1000 ml gacha B -saqlanuvchi eritma Natriy tiosulfat 350 g Suv 1000 ml gacha Ishchi eritma: har xil variantda A-eritma va B-eritmani aralashtirib olinadi. Natriy sulfit -saqlovchi modda, Gidroxinon -ochilturuvchi modda Kaliy karbonat –tezlatuchi modda Kaliy bromid -vualgaqarshi modda Nazorat savollari: 1. Shtrixli negativ tayyorlash jarayoni? 2. Shtrixli diapozitiv ishlab chiqarish? 3. Ishchi eritmalar tarkibi? 4. Ochiltirishda va fiksajlashda ishlatiladigan eritmalar? Download 24.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling