1- laboratoriya ishi Ishlab chiqarish sharoitida shtrixli negativ va diapozitivlarni tayyorlash


Download 24.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.09.2023
Hajmi24.78 Kb.
#1686486
Bog'liq
laboratoriya ishi-1



1- laboratoriya ishi 
Ishlab chiqarish sharoitida shtrixli negativ va diapozitivlarni tayyorlash 
 
Ish davomiyligi 6 soat 
Ish maqsadi: Ishlab chiqarish sharoitida shtrixli negativ olish, keyin esa 
uning asosida shtrixli diapozitiv tayyorlash. 
Asbob-uskunalar: Fotoapparat, fotoplenka, reaktivlar (jadvalda keltirilgan) 
ochiltirgichlar va fiksajlash moddalar. 
Ish ketma ketligi: 
Ish bajarishni umumiy sxemasi quyidagicha. 
Jarayonlar ketma - ketligi 
1) Shtrixli negativlar
1. Originalni (аслнусхани) rasmga olishga tayyorlash. 
2. Originalni yoki asl nusxani ekranda о‘rnatish. 
3. Fotoapparatni ishga tayyorlash. 
4. Fotoapparatni plyonka bilan zaryadlash. 
5. Eksponirovaniye-yoritish. 
6. Kimyoviy-fotografik ishlov berish va fotoplenkani quritish.
6.1. Ochiltirish. 
6.2. Ochiltirishga tо‘sqinlik qiladigan eritmada ishlov berish. 
6.3. Fiksajlash. 
6.4. Qisqa vaqtda yuvish. 
6.5. Negativni sifatini yuvishga qadar nazorat qilish. 
6.6. Yuvish. 
6.7. Quritish. 
7. Quritilgan negativni sifatini tekshirish yoki
nazorat qilish. 
2) Shtrixli diapozitivlarni ishlab chiqarish 
1. Negativni ishga tayerlash. 
2. Nusxa olish ramani (stanokni) ishga tayerlash va fotoplenka bilan 
zaryadka qilish. 
3. Eksponirlash, yoritilish. 
4. Kimyoviy-fotografik ishlab berish va fotoplenkani quritish.
1) 
Shtrixli negativlarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni: 
1. Shtrixli negativlar oq-qora yoki rangli asl nusxalardan reproduksion 
fotoapparat yordamida olinadi. 
Fotoapparatda bitta ishchi fotograf ishlaydi va instruksiya asosida hamma 
ishlarni tasdiqlagan ketma-ketlikda bajaradi. 
1.1. Asl nusxalarni qabul qilish.
Asl nusxalar fotobо‘limga faqat master yoki brigadir buyrug‘i asosida qabul 
qilinadi. Ularni sifati texnik shartlar TU-29.01.99 rioya qilinishi shart.


Original olingandan sо‘ng master texnologik kartada yoki jurnalda belgilab 
qо‘yishi lozim. 
Uskunalarni ishlarga tayyorlash
1.2. Fotoapparatni ishga tayyorlash.
Originalderjatel yuzasiga 45 gradusga moslab ikki tarafdan fotograf ksenon 
lampalarni о‘rnatadi. Zatvorni ochib, diafragmani butunlay ochib originalni bir 
tekisda yoritilganini tekshirib kerak bо‘lsa tо‘g‘rilaydi.
Lyuks metr yordamida bir tekisda norma bо‘yicha yoritilganini nazorat qiladi. 
Fotoplyonka ishlab chiqarish 
Eksponirlangan[yoritilgan] fotoplyonka ochiltirish mashinasini vannasiga 
qo’yiladi. Bu yerda t=26-27
0
S, erishmalarni tarkibi fotoplyonkani markasiga qarab 
tanlanadi .Ochiltirish vaqtida plyonkani yuzasi eritma bilan qoplangan bо‘lishi 
shart. 
Ishchi eritmalarni tarkibi 
1) FT-2 metilgidroxinonli ochiltirgich 
Metol 5 g 
Natriy sulfit 40 g 
Gidroxinon 6 g 
Kaliy karbonat 40 g 
Kaliy bromid 6 g 
Suv 1000 ml gacha
2) F-1 va F-4 fenidonli ochiltirgichlarni tarkibi. 
Ikkala ochiltirgichni tarkibi о‘xshaydi, lekin miqdoriy nisbati har xil
jadvalda keltirilgan.
Jadval 1 
3. Ochiltirish jarayonini tо‘xtatadigan eritma: 
Uksus kislotasi, GOST 61-75 30ml 
Suv 1000ml gacha 
4. Tez fiksajlovchi eritma: 
Natriy tiosulfat 250 g 
Ammoniy xlorid 50 g 
Kaliy metabisulfat 30 g 
Tarkibi 
F-1 
Kuchaytiruvch
i eritma F-1 
F-4 
Kuchaytiruvch
i eritma F-4 





Natriy sulfit 
Gidroxinon 
Kaliy karbonat 
Fenidon, ms 
Kaliy bromid 
Suv, N2O 
40 g 
6 g 
40 g 
0,20 g 
6 g 
1000 ml 
bо‘lguncha 
qо‘shiladi 
40 g 
12 g 
60 g 
0,25 g 
1000 ml 
bо‘lguncha 
qо‘shiladi 
40 g 
6 g 
40 g 
0,5 g 
6 g 
1000 ml 
bо‘lguncha 
qо‘shiladi 
40 g 
12 g 
60 g 
0,55 g 
1000 ml 
bо‘lguncha 
qо‘shiladi 


Suv 1000 ml gacha
5. Kuchsizlantiruvchi eritma. A -saqlanuvchi eritma 
kaliyni temir sianidi 350 g
suv 1000 ml gacha 
B -saqlanuvchi eritma
Natriy tiosulfat 350 g
Suv 1000 ml gacha 
Ishchi eritma: har xil variantda A-eritma va B-eritmani aralashtirib olinadi.
 
Natriy sulfit -saqlovchi modda, 
Gidroxinon -ochilturuvchi modda 
Kaliy karbonat –tezlatuchi modda 
Kaliy bromid -vualgaqarshi modda 
Nazorat savollari: 
1. Shtrixli negativ tayyorlash jarayoni? 
2. Shtrixli diapozitiv ishlab chiqarish? 
3. Ishchi eritmalar tarkibi? 
4. Ochiltirishda va fiksajlashda ishlatiladigan eritmalar? 

Download 24.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling