1 – Laboratoriya ishi Mavzu
Download 306.82 Kb.
|
Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – Laboratoriya ishi Mavzu: Zararli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash.
- Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar.
Nazorat savollari:
1.Ish o’rnidagi mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob uskunalarning tuzilishi va ishlash jarayonini tushuntiring: (chizmasini chizing). 2. Parrakli va kosachali animometrlar yordamida ish o’rnida havo harakati tezligini aniqlash usulini tushuntiring. 3.Termoanimometrning tuzilishi va ishlatilish sohasini tushuntiring. 4.Avgust va Assman psixrometrlarining tuzilishi, ishlatilish sohasi to’g`risida ma’lumot bering. 5. Gigrometr va katatermometrlarni ishlatilish sohalarini ko’rsating. 2 – Laboratoriya ishi Mavzu: Zararli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash. Ishning maqsadi: Ish joyidagi chang miqdorini aniqlab, u joydagi havo tarkibidagi changning ruxsat etilgan darajasini (konsentratsiyasi, me’eri, normasi va boshqa) aniqlash; mazkur ish bo’yicha qo’llaniladigan asboblar, ularning ish faoliyati va respiratorning ish samaradorligini bilish. Mustaqil ish topshiriqlari: Talabalar ukituvchi taklif etgan adabiyetlar, uslubiy topshiriklar bilan chukur tanishishlari kerak. Mazkur laboratoriya ish buyicha asbobni ishlata bilish, ish chizmasi va xisobot yezish. Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar. Ifloslanish-tashqi muhitda ilgari bulmagan yangi moddalarning yaratilishi, tabiiy aylanish jarayonida ishtirok etmagan elementlar biosferaning tabiiy aylanish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi (suv,xavo sirkulyatsiyasini buzuvchi) moddalardir. Changlar ham tarkibiga ko’ra tabiiy va antropogen omil tufayli vujudga kelgan xilga ajraladi. Chang-xavoda uzoq muddat buladigan kichik zarralar yoki ishlab chiqarish chiqindilari tarkibida uchraydigan zarralar, gazlar (aerozollar)dir. O’tirib qolgan changlar aerogel deb ataladi. Chang inson organizmiga nafas olish organlari orqali kirib, kasallikka olib keladi. Silikoz, silikatoz, changli bronxit, branxal astma, pnematiya va boshqa kasalliklar changdandir. Umumiy sanitariya talablariga muvofiq havodagi changning ruxsat etiladigan konsentratsiyasi (GOST bo’yicha) ishlash joyida 1mg/m3 dan 10 mg/m3 gacha bo’lishi mumkin. Buni o’lchashning turli usullari bulib, changning og’irlik o’lchash usuli eng qulayidir. Bu usulda changli iflos havoni tuzitib, filtr orqali o’tkazishga va filtr og’irligini o’lchashga asoslangandir. Filtrlovchi material sifatida polimerli smoladan tayorlangan FPP (Petryanov filtri) materiallari ishlatiladi. FPP da filtrlovchi tuqima sifatida perxlorvinil va diatsetit sellini, bunga sabab ularning gidrofoblik va kislota, ishqor, tuzlarning erituvchilariga nisbatan yuqori ximiyaviy chidamliligi bilan ajralib turadi. Asetat tolalardan tayyorlangan to’qimalarda gidrofoblik bo’lib, kislota asos ta’siriga unchalik chidamli emas, ammo 100 C issiqlikka chidamli.Perxlorvinilning filtrlash qobiliyati 100% ga yaqin. Ish joyidagi havoning changdan himoyalanish vositalaridan biri, shamollatgichlar o’rnatish. Ammo ishlab chiqarishdagi katta korxonalarda bu vositalar orqali changni yo’qotish unchalik samarali emas. Shu sababli ham bunday korxonalarda nafas olish organlarining individual himoya vositalari (SIZOD – sredstva individualnoy zashiti organov dixaniya) ishlatiladi. Bular orasida ShB-1 respiratorlari, "Lepestok", Astra-2,U-2K,RP-KM, "Kama", "Snejok", F - 62ShM va boshqalar ayniqsa qulaydir. Asbob va jihozlar. 1-chizmadagidek asboblar yig’iladi. Chang kamerasi,asperator, allonj,rezinali truba, termometr, sekundomer, analitik tarozi, MK va boshqalar. Chang kamerasidagi chang ko’lami shamollatgich orqali qo’zg’atiladi. Chang kamerasi yon tomonga filtr orqali allonjga mustahkam berkitilib, rezinali truba orqali aspiratorga ulangan bo’ladi. Kamera ichidagi sifatli tozalash maqsadida allonj qarshisida konussimon moslamani zichlash uchun asos-boks o’rnatilgan bo’lib, konusga esa rezinadan tayorlangan g’ovakli mato qoplangan. 822 tipli aspirator elektrodvigatel bilan ulangan havo nasosi va to’rtta shisha naycha, ya’ni rotametrdan iborat. Havo miqdorini va tezligi oshgan sayin rotametrdan o’tayotgan havo suzgichni yuqori darajaga ko’taradi. Ikkita shisha naycha (rotametr) changni sinash uchun, qolgan 2 tasi esa gaz miqdorini tahlili uchun shkalalarga bo’lingan. Birinchi tur rotamerning shkalasi 0 dan 20 l/min. gacha bo’laklarga, ikkinchi jufti 0 dan 10 l/mingacha bo’laklarga ajratilgandir. Har bir shisha nayda, ya’ni rotamerda havoni surish tezligini boshqarish uchun foydalaniladigan mustahkam jumrak bo’ladi. Rotametrdagi suzgichning yuqori ko’rsatgichiga qarab changning qiymati olinadi. Laboratoriya ishining bajarilish tartibi 1 – topshiriq. Chang kamerasidagi havo tarkibidagi changning konsenratsiyasini ulchash. Tugmacha yerdamida aspirator ishga tushiriladi. Jumrak yordamida rotametrdan o’tayotgan havoning tezligini o’qituvchi ko’rsatmasiga asosan 10-20 l/min. tezlik oralig’ida (tezlik bilan havo) o’tkaziladi. So’ng aspirator ishdan to’xtatiladi. Filtr toza holda analitik tarozida o’lchanadi va allonjga o’rnatilib, amaliy mashg’ulot jihozi 1-chizmadagidek yigiladi. Kameradagi shamollatgich ishga tushuriladi. Aspirator va sekundomer ishlatiladi. 5-10 min. ichida havoni surish shart. Buning uchun havoning surish tezligini jumrak orqali boshqarish mumkin. Keyin aspirator, sekundomer va shamollatgich to’xtatiladi va allonjning ichidan filtr, to’grirogi chang bilan to’ldirilgan filtr analitik tarozida o’lchanadi. Havo tekshiriladigan joyda havoning harorati va bosimi aniqlanib, kameradagi changning konsentratsiyasi tenglama asosida aniqlanadi. G= ; mg/m3 V -atmosferaning bosimi kPA t - havoning harorati 0 C (tahlil uchun olingan joy harorati) R1-filtrning laboratoriyadan oldingi vazni,mg. R2-filtrning laboratoriyadan keyingi vazni,mg. T -havo so’rilish vaqti,min. W -filtr orqali so’riladigan havoning tezligi,l/min. Hisoblashdan chiqqan chang konsentratsiyasi GOSTda ko’rsatilgan havodagi changning normadagi qiymati yoki ruxsat etiladigan konsentratsiyasi (REK PDK) bilan taqqoslanadi va havodagi changdan himoyalanish chora-tadbirlari xulosada yoziladi. Demak, havodagi changning miqdori REKga to’gri kelar ekan. Download 306.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling