1- laboratoriya ishi
Apparat tarkibi va kerakli jihozlar
Download 1.08 Mb.
|
1-лаборатория иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha metod B uchun
Apparat tarkibi va kerakli jihozlar:
Apparatda ekran bo‘lib, uning uch tomoni qora rang bilan bo‘yalgan to‘siq bilan to‘silgan (seksiyasining eni 46 sm, balandligi 55-65 sm) bo‘ladi. Termometr TN-2 GOST 400-80 bo‘yicha; Sekundomer; O‘lchash oralig‘i 0,1 kPa dan kam bo‘lmagan barometr-aneroid yoki simobli barometr; Filtr qog‘oz, GOST 12026-76; Pipetka; Metall cho‘tkasi; Erituvchi benzin (qaynash harorati 50-170 oC); Quritgichlar: suvsiz natriy sulfat, kalsiy xlorid, natriy xlorid, distillangan suv. Qo‘shimcha metod B uchun: Brenken metodi bilan ochiq tigelda chaqnash haroratini aniqlash apparati. A usul: 2.1. Tajribaga tayyorgarlik ko‘rish. 2.1.1. Namunani tayyorlash 2.1.1.1. Namunani astalik bilan yaxshilab aralashtiriladi. 2.1.1.2. Qattiq neft mahsulotlari namunalarini avvaldan eritib olinadi. Namunaning harorati qizdirilganidan so‘ng chaqnash harorati 56 oC dan kam bo‘lmasligi kerak. 2.1.1.3. Suvi mavjud bo‘lgan tekshirilayotgan neft mahsuloti hona haroratida reagentlar bilan quritiladi. Chaqnash harorati 100 oC gacha bo‘lgan neft mahsulotlarini 20 oC dan yuqori bo‘lmagan xaroratlarda quritiladi. Qovushqoq neft mahsulotlarini (qovushqoqligi 100 oC da 16,5 mm2/soniya) 80 oC dan oshmagan haroratlarda quritiladi. Keyin namunani filtrlanadi va dekantatsiyalanadi. 2.1.2. Apparatni ishga tayyorlash. 2.1.2.1. Apparatni gorizontal holatdagi stolga shunday o‘rnatiladiki, bunda xonada kuchli havo oqimi bo‘lmasligi va chaqnashni ko‘rish oson bo‘lishi kerak. Apparatni shamol yo‘naliishdan saqlash uchun uning uch tomoni ximoya ekrani bilan o‘raladi. Har bir tajribani bajarilganidan so‘ng apparatni sovitiladi. 2.1.2.2. Tarkibida aromatik uglevodorodlar yoki toksik mahsulotlar bilan ishlaganda (piroliz mahsulotlari bilan) apparatni ximoya ekrani bilan mo‘rili shkafga o‘rnatiladi. Chaqnash haroratining ko‘zda tutilgan 56 oC dan past haroratida tigel ostidagi havo oqimini kuchli oqimlarsiz bo‘lishini ta’minlanishi kerak. 2.1.2.3. Har bir sinov ishini bajargandan so‘ng tigelni erituvchi bilan yuviladi va undagi uglerodli qoldiqlarni metall cho‘tka bilan tozalanadi, so‘ngra suv bilan yuvilib quritiladi. 2.1.2.4. Termometrni tigelga shunday joylashtiriladiki, bunda uning pastki qismi tigelning tubidan 6 mm masofada turishi kerak. Tajribani bajarish tartibi: Tigelni neft mahsuloti bilan shunday to‘ldiriladiki, bunda uning yuqori meniski uning belgisi bilan ustma-ust tushishi kerak. Agarda uning belgisidan oshib ketsa ortiqcha neft mahsulotini olib tashlanadi. Unda hosil bo‘lgan pufakchalarni yo‘qotiladi. Tigelning devorlarini belgisidan yuqorisini namlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tigelning tashqi devor qismiga neft mahsuloti tushsa uni tozalanadi va 2.1.2.3. bo‘lim bo‘yicha ishlov beriladi. Namuna solingan tigelni gaz gorelkasi yoki elektroplita bilan 14-17 oC tezlikda qizdiriladi. Namuna harorati chaqnash haroratining 56 oC oC dan pastroq haroratiga yetganida qizdirishni shunday amalga oshiriladiki, bunda chaqnash haroratiga 28 oC qolganida neft mahsulotining qizdirilish tezligi minutiga 5-6 oC ni yetkazish kerak. 2.2.3. Yoqib moslamani ishga tushiriladi va bunda alanganing diametrini 4 mm ga moslashtiriladi. 2.2.4. Chaqnash haroratiga 28 oC qolganida har 2 oC da apparatning tigeli ustidan olovli moslamani 1 soniya mobaynida o‘tkaziladi. 2.2.5. Tekshirilayotgan neft mahsulotining ustida birinchi alangani paydo bo‘lgan vaqtdagi haroratni ayni mahsulotning chaqnash harorati deb qabul qilinadi. Agarda noaniq holdagi alanga hosil bo‘lsa u yana 2 oC dan tasdiqlanishi kerak. 2.2.6. Alangalanish haroratini aniqlash uchun namunani daqiqasiga 5-6 oC tezlikda qizdirishni davom ettiriladi va harorat har 2 oC ga ko‘tarilganida uning alangalanishi tekshiriladi. 2.2.7. Alangalanish harorati deb 5 sekunddan kam bo‘lmagan vaqt mobaynidagi alangalanish haroratni olamiz. Natijalar taxlili: Agarda barometrik bosim 95,3 kPa dan kam (715 mm.sm.ust) bo‘lsa neft mahsulotlarining chaqnash haroratiga to‘g‘rilikni quyidagi 3-jadval bo‘yicha kiritiladi: Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling