5-rasm. Laboratoriniy “SAN-L”
Laboratoriniy “SAN-L” neft namunalaridadan neft tarkibidagi tuz miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan:
- tovar parklarida;
- magistral neft quvurlarida;
- yig‘ish punktlarida;
- guruhli o‘lchash qurilmalarida;
- neftni qayta ishlash inshootlarida;
- quduqlar va suv omborlarida qo‘llaniladi.
Ushbu jihozdan foydalanilganda:
-qurilmaning o‘lchov aniqligi GOST 21534-76 ga mos keladi;
- neft tarkibidagi tuz miqdorini aniqlash vaqti 1,5-2 barobarga qisqaradi;
- ish vaqtida zaharli moddalar va maxsus laboratoriya jihozlaridan foydalanishni istisno qiladi;
- distillangan suvning yuqori sifatli ekspress tahlilini amalga oshiradi;
- suyuqliklarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchaydi;
- o‘lchov natijalarini avtomatik ravishda qayta ishlaydi va indikatorda aks ettiradi;
5-Laboratoriya ishi.
Neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibini analitik usulda aniqlash
Benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlarni aniqlash
Avtomobil benzinining tarkibida oksidlanishga moil bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar neftni qayta ishlash (termik kreking) jarayonida hosil bo‘ladi. Bular bitta yoki ikkita qo‘shbog‘li birikmalardir. qo‘shbog‘lar juda bo‘sh bo‘lib, tez uzilish natijasida biriktirib olish reaksiyasi ketadi. Shu sababli, benzin saqlab qo‘yilganda va ishlatilayotganda ular oson oksidlanib smolali mahsulotlar hosil qiladi. Natijada neft mahsulotlari sifati yomonlashadi va dvigatellarning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, karbyuratorning ichki yuzasini va klapanlarni qora qurum bosadi.
Benzin tarkibidagi smola miqdori 0,1 dan 1,0 g/l ga yetsa, o‘t oldirish shamlari qisqa tutashishi, porshen halqalarini qurum bosishi, klapanlar (agar profilaktika talablari ko‘rilmagan bo‘lsa) “salqib” qolishi mumkin. Oqibatda dvigatelning foydali ish koeffitsenti kamayadi.
Laboratoriya ishlari quyidagicha bajariladi; benzin tarkibida uglevodorodlarni borligini aniqlash uchun probirkaga 30-40 mm balandlikda benzin quyib, shuncha miqdorda kaliy permanganatni suvli eritmasi qo‘shiladi va 10-15 sekund davomida yaxshilab aralashtiriladi.
Tindirilgandan so‘ng probirka ostki suvli qismida och malina rang hosil bo‘lsa, to‘yinmagan uglevodorodlar yo‘qligi, to‘q sariq rang hosil bo‘lsa, to‘yinmagan uglevodorodlar borligini ko‘rsatadi va ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |