1- laboratoriya ishi
Download 1.08 Mb.
|
1-лаборатория иши
4-Laboratoriya ishi.
Neft tarkibidagi mineral komponentlarni aniqlash Neftning komponent tarkibi deganda neft kudug‘idan chiqayotgan oqimdagi fazaviy holati (suyuklik, gaz) va tabiati (organik yoki mineral moddalar) bilan farqlanuvchi moddalarning miqdori tushuniladi. Neftning hamma ushbu komponentlari o‘zaro erimaydi, oleofobdir va ajratilishga uchratilishi mumkin bulgan dispers sistemani hosil qiladilar. Neftni qazib olish va uni quduq-oldi transportida u plast suvi bilan intensiv aralashadi va suvning bir qismi neftda juda mayda tomchilar (diametri 10 dan to 1000 mkm gacha) holida suv-neft emulsiyasi hosil qilib emulsiyalanadi. Plast suvining anchagina qismi quduq oldi qurilmalarning tindirgichlarida ajratiladi, neftda dispergirlangan qismi esa ajratilmay qoladi va ushbu «neft-suv» — dispers sistemasi keyinchalik mahsus usullar bilan ajratiladi. Plast suvi doim kuchli minerallangan- turli metallar tuzlari saqlaganligi uchun neftdagi emulgirlangan suvni chuqur ajratib olishning vazifasi- undagi korrozion-aktiv tuzlarni ham bir vaqtda miqdorini pasaytirishdan iboratdir. Mineral tuzlar plast suvida amalda to‘la erigan holatda bo‘ladi. Eng ma’lum sinflanish bo‘yicha plast suvlari, o‘zlarida erigan tuzlarning kimyoviy tarkibiga ko‘ra kalsiy xlorndli va ishqoriylilarga bo‘linadilar. Birinchilari- eng kup tarqalgan bo‘lib, o‘z tarkiblarida natriy, magniy va kalsiy xloridlari aralashmasi (Boshkirdiston, Tatariston, Turkmaniston, Ozarbayjon va boshqa konlar suvlarida) ni saqlaydi. Ishqorli suvlar - ishqoriy metallar xloridlari va ishqoriy metallarning xloridosulfatlari bor suvlar holida qurilishi mumkin. Xloridoishqorli suvlar o‘zida asosan xloridlar va karbonatlarni turli nisbatlarda saqlaydi va sulfatlarni deyarli saqlamaydi. Xloridosulfatoishqoriy suvlar- eng kam minerallangan suvlar bo‘lib, anchagina miqdorda sulfatlarni o‘zida saqlaydi. Plast suvlaridagn asosiy tuzlar- turli metallar xloridlarining miqdori [% (nisbiy) da] turli konlar uchun anchagina farqlanadi:
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling