1- laboratoriya ishi


Granulalangan (donadorlangan) seolitni tayyorlash


Download 1.08 Mb.
bet17/35
Sana29.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1732870
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
1-лаборатория иши

Granulalangan (donadorlangan) seolitni tayyorlash.
Seolit tayyorlash quyidagi operatsiyalardan iborat bo‘lib, quydagilarni o‘z ichiga oladi: ishchi eritmalarni tayyorlash (kremnezemni, Na alyuminatni, NaOH, KOH va boshqalar), alyumosilikagidrogelni cho‘ktirish, ishqoriy sharoitda gidrogellarni kristallash, yuvish, shakl berish, termoishlov berish. Xomashyo sifatida silikat-gliba (silikat toshi) A1(OH)3 va NaOH ishlatiladi. Alyuminiy gidrooksidini qaynab turgan NaOH eritmasida eritilib natriy alyuminat olinadi va uni ishchi eritmasigacha suyultiriladi. Silikat-glibani avtoklavda o‘tkir suv bug‘i bilan eritiladi, uni ham ishchi eritmasini suv bilan suyultirilib tayyorlanadi. Natriy alyuminat va silikat eritmalarini birin-ketin aralashtirgichga quyiladi va uni alyumosilikagidrogel xolidagi yumshoq gel hosil bo‘lguncha yaxshilab to‘xtovsiz aralashtirib koagulyasiyalanadi. Olingan gidrogel kristallizatorda ishqor yordamida kristallarga aylantiriladi.
A – seolitini olish uchun temperatura kristallizatorda 80-90 oC da 6 soatni, X – turdagi seolitni olish uchun esa temperatura 95-100 oC da 12 soatni tashkil etishi kerak. Kristallizator suv bug‘i bilan isitiladi, Na seoliti olishda asosiy faktor ishqor (NaOH yoki KOH) larni konsentratsiyasi bo‘lib, uni tarkibini komponentlarning mol nisbatdagi birikishi ko‘rsatib, quyidagi formula bilan ifodalanadi. Ortiqcha ishqorni suv bilan yuvib, 1 dan 15 mkm o‘lchamdagi zarrachalarni olish mumkin.
aNa2O·A12O3 ·nSiO2 ·xH2O
Adsorbentlar neftni qayta ishlash korxonalarida quyidagi maqsadlar uchun qo‘llaniladi:
• Moy fraksiyalarini nomaqbul komponentlardan tozalash (selektiv tozalashni almashtirgan holda);
• Oldindan selektiv erituvchilar bilan ishlov berilgan deparafinlangan moy fraksiyalarini yanada tozalash;
•Suyuq va qattiq parafinlarni yanada tozalash;
•Individual aromatik uglevodorodlarni tozalash;
• Uglevodorod gazini va neft fraksiyalarini quritish va shu kabilar sintetik seolitlar qo‘llab, tanlab adsorbsiyalash jarayoni alohida guruhni tashkil qilib, u suyuq fraksiyalardan normal alkenlarni ajratib olishda ishlatiladi.


Vazifa
1. Moy fraksiyalarini nomaqbul komponentlardan tozalash jarayoni va texnologik sxemasi tahlili.
2. Uglevodorod gazlarni tozalashda adsorbsiyalash jarayoni va texnologik sxemasi tahlili.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling