1- laboratoriya ishi
-jadval Tahlil qilish uchun neft namunasi miqdorlari
Download 1.08 Mb.
|
1-лаборатория иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neftning massasi, g.
5-jadval
Tahlil qilish uchun neft namunasi miqdorlari
Xloridlarni aniqlash suvli ekstraktni simob nitrat eritmasi bilan titrlash orqali amalga oshiriladi. Konussimon kolbaga 150 sm3 sovutilgan suvli ekstrakt, 2 sm3 2 mol/dm3 nitrat kislota eritmasidan, 10 tomchi difenilkarbaziddan quyiladi va 0,005 mol/dm3 simob nitrat eritmasi ichida xira pushti rang yo‘qolguncha 1 daqiqa davomida titrlanadi. Tahlil qilingan eritmaning rangi distillangan suvning rangi bilan taqqoslanishi kerak. Ushbu jarayonni tekshirish uchun (nazorat tajribasi) konussimon kolbaga 150 sm3 distillangan suv, 2 sm3 2 mol/m3 nitrat kislota eritmasidan, 10 tomchi difenilkarbaziddan quyiladi va simob nitratining 0,005 mol/dm3 eritmasi bilan xira pushti ranggacha titrlanadi va 1 daqiqa ichida titrlanganda bu rang yo‘qolmaydi. Xlorid tuzlardagi mg/dm3 NaCl miqdori (X1) quyidagi formula orqali topiladi : Bu erda, V1 – suvli ekstraktni titrlash uchun ishlatiladigan 0,005 mol/dm3 simob nitrat eritmasining hajmi; V2 - nazorat tajribasida titrlash uchun ishlatiladigan 0,005 mol/dm3 simob nitrat eritmasining hajmi; V3 - tahlil qilish uchun olingan neft hajmi, sm3; T - 0,005 mol/dm3 simob nitrati eritmasining titri; 1000 – xlorid tuzlarining massa konsentratsiyasini 1 dm3 neftga aylantirish koeffitsienti; A – tahlil qilinadigan neftning suvli ekstrakti suyultirilgan hajmning titrlash uchun o‘lchov kolbasidan olingan eritma hajmiga nisbatini ifodalovchi koeffitsient (butun suvli ekstraktni titrlashda A = 1). Neftning xlorid tuzlaridagi natriy xloridning foizli massa ulushi (X2) quyidagi formula orqali topiladi. Bu erda: X1 – 1 dm3 neftning xlorid tuzlaridagi natriy xloridni massa konsentratsiyasi; B va C – dm3dan cm3ga (1000) va g. dan mg. (1000) o‘tkazish koeffitsienti; ρ - o‘rganilayotgan neftning zichligi, g/sm3. Har bir suvli ekstraktni titrlash bo‘yicha hisob-kitoblarning olingan natijalari umumlashtiriladi. Sinov natijasi sifatida ikkita aniqlash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi.
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling