1- laboratoriya ishi


Download 1.08 Mb.
bet28/35
Sana29.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1732870
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
1-лаборатория иши

10-rasm. Differensial (a) va integral (A) detektorlar:
ckonsentratsiya; q — modda miqdori; x — vaqt.


(10-rasm, a). Integral detektorlar ma'lum vaqt orasida chiqqan moddaning umumiy miqdorini qayd etadi (10-rasm, b). Differensial detek­torlar, o‘z navbatida, ikki turga bo‘linadi: konsentratsion detektorlar kolon­kadan chiqayotgan modda konsentratsiyasini, oqim detektorlari esa modda konsentratsiyasining oqim tezligiga ko‘paytmasini qayd qiladi.
Masalan, detektorlar kimyoviy, fizik-kimyoviy, fizikaviy va biologik detektorlarga bo‘linadi. Detektorda hosil bo‘luvchi signal va uni yozish shakli detektor turiga bog‘liq bo‘lgani sababli detektorlarni turiga qarab klassifikatsiyalash prinsipial ahamiyatga ega. Xususan, integral detektorlar o‘zidan o‘tuvchi moddaning umumiy miqdorini qayd etadi. Shuning uchun integral detektorda eluyent usulida olinadigan hamda «vaqt-signal» koordinatalarida ifodalanadigan yozish pog‘onali egri chiziq shaklida bo‘ladi (10-rasm, b). Bunda pog‘onaning balandligi xromatografik kolonkadan ma'lum vaqt oralig‘ida chiqqan moddaning massasiga mutanosibdir. Integral detektorlarni darajalash differensial detektorlarni darajalashga nisbatan ancha oson bo‘ladi.
Eng ko‘p tarqalgan differensial detektorlardan biri katarometr bo‘lib, uning ishlash prinsipi qizdirilgan platina yoki volfram tolaning qarshiligini o‘lchashga asoslangan. U yuvib o‘tuvchi gazning issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Bir xil sharoitda qizdirilgan toladan ajraluvchi issiqliq miqdori gaz tarkibiga bog‘liq. Aralashmadagi aniqlanuvchi komponentlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi tashuvchi-gazning issiqlik o‘tkazuvchanligidan qancha katta farq qilsa, katarometrning sezgirligi shuncha katta bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan eng qulay tashuvchi-gaz vodoroddir, chunki uning issiqlik o‘tkazish xususiyati ko‘pchilik boshqa gazlarning issiqlik o‘tkazishidan ancha katta.
Katarometrning afzalliklari uning oddiyligi, yetarli darajada aniqligi va ishonchli ishlashidir. Lekin sezgirligi kuchli bo‘lmagani tufayli u mikroaralashmalarni aniqlashda ishlatiladi.
Termokimyoviy detektorning ishlashi platina simining qarshiligini o‘lchashga asoslangan. Bu qarshilik yonuvchan gazlar yonganida haroratning o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi. Gazlar xromatografik kolonka­dan chiqishda qizdirilgan platina simga tegib katalitik ravishda yonadi. Termokimyoviy detektorning sezgirligi katarometrnikiga nisbatan yuqoriroqdir. Termokimyoviy detektorning ishlatilishi yonuvchan moddalarga bog‘liq ravishda cheklangan.
Alangali detektorning ishlash prinsipi gorelkaning vodorod alangasi unga organik moddalar kiritilganda o‘zgarishiga asoslangan. Ionlovchi detektorlarning sezgirligi juda yuqori bo‘ladi. Masalan, alangaliionlovchi detektor (AID) 10"12 gacha moddani aniqlash imkonini beradi. Bu detektorlarda vodorod gorelkasi alangasining elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchanadi. Toza vodorod alangasining elektr o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘ladi. Vodorodda organik birikmalarning aralashmalari paydo bo‘lganida alanga ionlanadi. Ionlanish darajasi aralashmaning konsentratsiyasiga mos bo‘ladi. Uni oson o‘lchash mumkin. Bu turdagi detektorlarning juda sezgirligi ularning keng qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Lekin alanga-ionlovchi detektorlar (AID) ning juda sezgirligi faqat organik birikmalarga nisbatan xos bo‘lib, ammiak, vodorod sulfid, oltingugurt oksidlari, kislorod, azot va bosh­qa anorganik moddalarga nisbatan uning sezgirligi keskin pasayadi.
Ionlovchi detektorlarning ishlash prinsipi tok kuchini o‘lchashga asoslangan. Eng ko‘p tarqalgani alangali-ionlovchi detektor bo‘lib, unda alangaga kiritilgan moddalarni ionlashtiruvchi elektrodlar orasida hosil bo‘luvchi tok kuchi o‘lchanadi. Elektrodlarga kuchlanish berilgach, alangada elektrodlar orasida ionlar paydo bo‘lib, ionlanish tokini hosil qiladi (11, 12-rasmlar).
Elektronni qamrab oluvchi detektorning ham sezgirligi kattadir. Alanga ta'sirida gazda radikallar va erkin elektronlar hosil bo‘ladi. Aniqlanuvchi modda alangaga kiritilganda ionlar hosil bo‘lish tezligi keskin ortadi va detektorda signal toki paydo bo‘ladi. Bu tok kuchaytirilib ro‘yxat qiluvchiga uzatiladi.
Detektordan chiquvchi impulslarni o‘lchash yoki yozib olish uchun sezgir ko‘rsatuvchi millivoltmetr va potensiometrdan foydalaniladi. Signalni qayd qilib, detektor signalini tashuvchi gaz hajmi V yoki uning sorbsion kolonkadan o‘tish vaqti t ga bogiiqlik grafigi olinadi. Bu grafik xromatogramma deyiladi (13-rasm).






Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling