1- laboratoriya ishi
Download 1.08 Mb.
|
1-лаборатория иши
14 -rasm. Molekuladagi energiyaning aylanma, tebranma va elektron
pog‘onalari. yana kam (kichik) bo‘lgan ko‘zga ko‘rinadigan va ultrabinafsha sohasida yotuvchi nurlardan foydalaniladi. Molekulaning tebranishi ikkita katta gruppaga ajratiladi: Valent tebranishlar. Deformatsion tebranishlar. Agar molekulaning «-tasi atomdan iborat bo‘lsa, u 3n — 6 ta asosiy tebranishga ega bo‘ladi. Shundan n -1 tasi valent, ya'ni bog‘lar o‘qlariaro (bog‘lar cho‘zilib va qisqarib) tebranishlardir. Ba'zan obertonlar hisobiga molekula tebranishlari 3n — 6 dan ko‘p ham bo‘lishi mumkin. Deformatsion tebranishlar valent burchaklar o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. Ikki atomli molekulada faqat valent tebranishlar mavjud bo‘lishi o‘zidan o‘zi tushunarli. Deformatsion tebranishlar bitta tekislikda yotmaydigan, yelpig‘ichsimon, mayatniksimon, aylanma hamda qaychisimon bo‘ladi. 15-rasm. Suv (a-d) va karbonat angidrid (e-g) molekulalari liamda CH2 (h—k), CH3 (l—o) asosiy tebranishlari; e — molekula dipol momenti o‘zgarmasdan bo‘ladigan tebranishlar; a, m, o va n — simmetrik tebranish; b, I va it, f antisimmetrik tebranish; d, g, h, k — deformatsion tebranishlar. Masalan, benzol molekulasida C-H bog‘larning deformatsion tebranishi yassi (7) va yassimas (2) boiishi mumkin (15-rasm); 1 da C-H bog‘ molekula tekisligida tebransa, 2 da tebranish bu tekislikka perpendikular yo‘nalishda (tekislikda) sodir bo‘ladi. 12-rasmda asosiy tebranishlarga misollar keltirilgan. Bundan tashqari, yana skelet va guruhlar tebranishlari ham farq qilinadi. Skelet tebranishlar muayyan; organik sinf birikmalari asosidagi skeletlar tebranishlari hisoblanib, ular spektrda 800—1500 sm~' sohada maksimumga ega. Skelet tebranishlar yaxlit molekula uchun xos bo‘ladi. Neft mahsulotlaridan olingan organik moddalar molekulasi spektrining bu qismi ancha murakkab bo‘lib, bu sohadagi yutilish (yoki yutilmagan qism) maksimumlarini u yoki bu atomlar va atom gruppalariga xos, deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Lekin bu soha yaxlit molekulaga xos bo‘lgani uchun undan foydalanib, yangi modda ilgaridan ma'lum bo‘lgan biror modda bilan bir xil yoki har xilligini aniqlash mumkin. Buning uchun yangi modda va ma'lum moddaning spektrlari 800—1500 sm_1 sohada bir-biriga taqqoslanadi. Spektrlar aynan bir xil bo‘lsa, har ikkala modda ekanligi isbotlangan bo‘ladi. Yuqoridagilarga asosan IQ-spektrdagi 800—1500 sm~' oraliq, «barmoqlar izlari sohasi» yoki daktiloskocho‘qqi soha deb ataladi. Gruppalar tebranishlari IQ-spektrda 1500 sm~' va undan yuqori Guda kam hollarda 1500 snr1 dan kichik) sohalarda kuzatiladi. Gruppalar tebranishlari alohida gruppa (OH, NH, C—O, S—H, C—H va hokazo) uchun xosdir. Muayyan gruppa qaysi birikmada bo‘lishidan qat'i nazar (masalan, C=0 gruppa aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalarda bo‘lishi mumkin), shu gruppa yutadigan nur chastotasi deyarli o‘zgarmaydi. Boshqacha aytganda, turli moddalar spektrlarida ayni gruppa uchun bir xil to‘lqin soni mos keladi. Masalan, C=0 gruppaning valent tebranishlari -1700 sm~', OH niki 35503650 snr1, C=N niki -2250 sm~' da kuzatiladi. Shunga ko‘ra gruppalar tebranishlari ko‘pincha tavsifly chastotalar ham deyiladi. Tavsifiy chastotalar noma'lum modda molekulasida u yoki bu gruppalarning mavjudligini, shuningdek, noma'lum modda molekulasining tuzilishini aniqlashga yordam beradi. Qo‘shbog‘lar (C=C, C=0, N=0) va uchbog‘lar (C = C) ning tebranishlari tavsifiy hisoblanadi va qo‘shbog‘dan uchbog‘ga o‘tgan sari yutilish chastotalari kamayib (to‘lqin uzunligi ortib) boradi. Tebranishlar chastotasi molekuladagi bir-biriga nisbatan tebranayotgan atomdan yoki gruppalar o‘rtasidagi bog‘ning mustahkamligiga, shuningdek, shu atom va gruppalarning massasiga bog‘liq. Vodorod atomlari radikal yoki galogen bilan almashtirilsa, yutilish maksimumi qisqa chastotali (to‘lqin uzunligi katta bo‘lgan) soha tomon siljiydi. Bundan tashqari, tebranishlar chastotasi juda ko‘p omillarga muayyan Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling