1- laboratoriya ishi


-rasm. Yoqilg‘i tarkibidagi to‘yinmagan uglevodorodlarni aniqlash


Download 1.08 Mb.
bet22/35
Sana29.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1732870
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
1-лаборатория иши

6-rasm. Yoqilg‘i tarkibidagi to‘yinmagan uglevodorodlarni aniqlash


Benzin tarkibida suvda eriydigan kislota va ishqorlarni aniqlash
Benzin tarkibida suvda eriydigan mineral kislota va ishqorlarni aniqlash uchun unga distillangan suv solinadi, aralashma ajratish voronkasiga quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi va uning nordonlik muhiti tekshiriladi.
Laboratoriya ishlari quyidagicha bajariladi:
1. Kolbada 10 ml yonilg‘i yaxshilab chayqatilib, shuncha miqdorda isitilgan distillangan suv solinadi, aralashma ajratish voronkasiga quyiladi va yaxshilab chayqatiladi. Ajratish voronkasi silindrik idish bo‘lib, yuqori qismi tiqin bilan zich berkitilgan, pastki qismi esa to‘kish jo‘mragi bo‘lgan truba bilan tugallanadi. Vaqti-vaqti bilan tiqinni ochib, voronka ichidagi yonilg‘i hamda suv 3-4 min. yaxshilab aralashtiriladi va tindiriladi. Issiq suv neft mahsulotlariga ta’sir qilmaydi, lekin mineral kislota va ishqorlarni tez eritadi. Suvdagi eritma voronkaning pastki qismida to‘planadi, neft mahsuloti esa yuqorida qoladi (2-rasm).



7-rasm. Yoqilg‘i tarkibidagi kislota va ishqorlarni aniqlash asbobi
1 – ajratish asbobi; 2 – probirkalar.
2. Tindirilgan aralashmalarni ajratkich yordamida pastki qismidagi suvli qatlamni jo‘mrak orqali ikkita toza probirkaga tushiriladi.
3. Birinchi probirkaga 1-2 tomchi metiloranj indikatorini qo‘shib mineral kislotalar borligini (suvning pushti yoki qizil rangga kirishi unda kislota borligidan dalolat beradi), ikkinchi probirkaga 1-2 tomchi fenolftalin indikatorini qo‘shib, ishqor borligini suvli eritmaning rangi o‘zgarishiga qarab aniqlanadi (6-jadval). Agar suv pushti yoki qizil rangga kirsa, yonilg‘i tarkibida ishqor bo‘ladi (agar ishqor bo‘lmasa suvning rangi o‘zgarmaydi).
Yonilg‘i tarkibida mineral (agar eriydigan) kislota va ishqorlar bo‘lmasa, u ishlatilishga yaroqli hisoblanadi. Bu birikmalar detallarning korroziyasini oshiradi.
6-jadval

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling