1 – laboratoriya mashg’uloti. Ishning nomi


– LABORATORIYA MASHG’ULOTI


Download 104.72 Kb.
bet5/5
Sana10.02.2023
Hajmi104.72 Kb.
#1186176
1   2   3   4   5
Bog'liq
лабаратория ескбит

5 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI
1.ISHNING NOMI: Kiyim detallarini yelimlab biriktirish. Yelimlab biriktirish jarayonining mohiyati, yelimlab biriktirishni afzalligi va kamchiligi. Yelimlab ulashda ishlatiladigan materiallar bilan tanishish va ularda foydalanishni
2. Ishdan maqsad: Yelimlab ishlatiladigan materiallardan foydalanishni o‘rgatish.
3. Ishning nazariy qismi.
Sintetik smolalar paydo bo‘lgandan beri tikuvchilik sanoatida yelimlab ulash keng tarqaddi. Ilgarilari yopishqoq modda sifatida un yoki kraxmaddan qilingan sirach ishlatilar edi.Yelimli materiallar kiyim detallariga uqa qo‘yish, detal chetlarini pishiqlash (baxyaqator yuritilganda yolg‘on qaviq o‘rniga), yoqa, manjet, yeng uchiga qotirma yopishtirish, kiyim etagini bukib yopishtirish, bort qotirmalarini tayyorlash cho‘ntak qopqoq, yoqa va shu kabilarni yelimlab yig‘ishda ishlatiladi. Asosi qizdirilganda suyuqlanib, sovutilganda yana qotadigan yelimlar termoplastik yelimlar deyiladi.Asosi qizdirilganda qotadigan yelimlar termoaktiv yelimlar deyiladi.Bunday yelimlarni qotgandan keyin suyultirib bo‘lmaydi.Yelim tanlashda uning ommaviy kiyim tikish sharoitida detallarni ulash talablarga to‘g‘ri keladigan bo‘lishiga e’tibor qilish kerak.
Yelimlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  1. Chokning pishiq chiqishi;

  2. Yuqori elastiklik;

  3. Mayinlik;

  1. Suvga va kiyimlarni kimyoviy tozalashda ishlatiladigan moddalarga chidamlilik;

  2. Fizik-mexanikaviy xossalarining kiyim kiyadigan sharoitdagi haroratga chidamliligi;

  1. Yorug‘lik va havo o‘zgarishlariga chidamlilik;

  2. Qimmat va defisit bo‘lmaslik.

Detallarni yelimlab ulaganda yelimdagi ulash kuchi (kozegiya) va yelimning gazlama sathiga yopisha olish xususiyati (adgeziya) gazlamalar pishiqligidan kamroq bo‘lsa, zo‘riqqan vaqtda gazlama butun qolib, yelimlangan chok ajralib ketadi.Yelimlab yopishtirishda, yig‘ish bilan bir vaqgda, biri qabariq ikkinchisi botiq yostiqchalari bor pressda bort qotirmasiga kerakli shakl beriladi.

18.1-rasm. Bort qotirmasini tayyorlash.

19.2-rasm. Detallarga yelimli uqa qo‘yish.
Download 104.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling