1 – laboratoriya mashg’uloti. Ishning nomi
– LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Download 104.72 Kb.
|
лабаратория ескбит
- Bu sahifa navigatsiya:
- Normativ texnik hujjatlar.
2 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI
1.Ishning nomi: Kiyim modelini ishlab chiqarishga taayyorlash. Tajriba sexining vazifalari. Andozalarni joylashtirishni o'rganish 2.Ishdan maqsad:Talabalarga andozalar sathini hisoblashning usullari haqida ma’lumot berish va o‘rgatish. 3. Ishning nazariy qismi. Kiyimlarni ishlab-chiqarish uchun tayyorlov ishlari eksperimental syexidan boshlanadi.Bu ishlar quyidagilardan iborat: Modellashtirish, konstruksiyalash, har bir model uchun hujjatlarni tayyorlash. Andazalar tayyorlash. Barcha materiallarning sarflash normasini aniqlash. Trafaretlar tayyorlash. Yangi modellar namunalarini tayyorlash, ustalar va ishchilarga o‘rgatish. Yangi ishlov berish usullarini ishlab chiqish. Yangi jihozlarni sinash, tekshirish va qo‘llash. Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini sinash. Yangi modellarni yaratish bilan yuqori malakali rassom-modelerlar shug‘ullanadi. Konstruktorlar ikki guruhga bo‘linadi: 1-guruh modellar baza asoslarini ko‘rib, rasmga asoslanib, modelning birlamchi andazalarini tayyorlaydilar. 2-guruh modelning baza asosiga asoslanib o‘rtacha razmer rost uchun ishchi andazalar, yordamchi andazalar, model uchun hujjatlar tayyorlaydilar. Modalar uylari tikuvchilik korxonalariga andazalar va texnikaviy xujjatlar bilan birga xar kaysi detal andazasining satxi va mazkur kiyim barcha detallari andazalarining umumiy satxi xakida ma’lumot xam berishlari lozim. Tikuvchilik korxonasi eksperimental syexida topilgan fasondagi kiyim andazalari shu syexning uzida tayyorlanadi. Bu andazalar satxini xisoblashni esa modelxonalarga buyurish xam, eksperimental syexining uzida xisoblash xam mumkin. Kiyim detallaring shakli kupincha murakkab va egri chizikli konturlardan iborat bulgani uchun, andazalar satxini tugri va anik xisoblash anchagina kiyin ishlardan xisoblanadi. Normativ texnik hujjatlar.Har bir ommaviy tayyorlash uchun qabul qilingan model uchun buyumning o‘rtacha razmer, rost va to‘lalikdagi namunasi tikiladi, shu model uchun etalon andazalar tayyorlanadi, tashqi ko‘rinishining yozuvi beriladi va o‘lchov tabeli, ya’ni andazalar va tayyor buyumning hamma razmer va rostlarining o‘lchov jadvali tuziladi. Modelning texnik yozuviga quyidagilar kiradi: — modelning tashqi ko‘rinishining yozuvi va rasmi, taklif etiladigan razmer, rost, to‘laligi, detallar spesifikasiyasi, taklif etiladigan avra, astar, qotirmalik gazlamalar va furnituralar, buyum tikish texnologiyasi haqida yo‘l-yo‘riqlar. O‘lchov tabelida andazalar va tayyor buyumning asosiy o‘lchov joylari va o‘lchov qiymatlari, ishlov berish uchun haqlar va og‘ishlar beriladi.Bu hujjatlar ishchi andazalarini nazorat qilish va tayyor buyumlarni qabul qilish uchun ishlatiladi. Konstruksiya aniq bo‘lgandan keyin andazalar texnik ko‘paytirishga yuboriladi Andazalarni texnik ko‘paytirish kartondan andazalarni kesish bilan birga AQSH ning "Multigreyder" asbobida va Germaniyaning "SUZE" qurilmasida elektron-hisoblash texnikasi yordamida ba-jariladi.Bunda bir vaqtda 7 xil razmerdagi andazalar tayyorlanadi.Bir kunlik ishlab chiqarish unumdorligi 250 dona andaza. Download 104.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling