1 – ma’lumot


Download 26.18 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi26.18 Kb.
#1631366
Bog'liq
1-ma\'lumotnoma-Rashid


1 MA’LUMOT

Rashid Ayed al-Xarbi 1980-yil 15-mayda Saudiya Arabistonining Al- Qassim shahrida tug‘ilgan. Millati – arab.


2004-08 yillarda Qirol Saud nomli Ar-Riyod universiteti rus filologiyasi fakulteti bakalavr, 2016-18 yil O‘zMU jurnalistika fakulteti magistratura bosqichida tahsil olgan.
2011-2014 yillarda Saudiya Arabistonining Efiopiyadagi elchixonasida faoliyat yuritgan, 2014 yildan hozirga qadar qirollikning O‘zbekistondagi elchixonasida faolitini olib boradi.
Rashid Ayed al-Xarbi O‘zMU Jurnalistika fakulteti “Audiovizual va internet jurnalistika”kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi hisoblanadi.
Dissertatsiya 2022 yil 18 mayda kafedra muhokamasidan o‘tgan va №9 bayonnoma bilan tasdiqlangan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 12 ta ilmiy maqola chop etilgan. Shundan 7 ta ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, jumladan, 5 tasi respublika, 2 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan va 5 ta tezis e’lon qilingan, ularning ro‘yxati avtoreferatda ko‘rsatilgan.
Rashid Ayed al-Xarbi oilali, 3 nafar farzandi bor.
Ilmiy rahbari: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ibragimov Shavkat Muminovich,
Uning dissertatsiya ishi mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “OAK Byulleteni” jurnalining 2020-yil 3-sonida “Ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan hamkorligini yoritish masalalari” nomi bilan e’lon qilingan va B2020.3.PhD/Fil1395 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Dissertatsiya Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan.
Talabgor Rashid Ayed al-Xarbining “Ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan hamkorligini yoritish masalalari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi 2022-yil 26-noyabrda Guliston davlat universitetida O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasida dastlabki muhokamadan o‘tkazilib, Ilmiy seminarga tavsiya qilingan. 2023-yil 23-yanvarda O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Dsc.03/25.08.2021.fil.01.16 raqamli Ilmiy kengashda Ilmiy seminar muhokamasidan o‘tkazilib, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Dsc.03/25.08.2021.fil.01.16 raqamli Ilmiy kengashdan himoyaga qabul qilish so‘ralgan. O‘zbekiston Milliy universiteti “Jurnalistika” kafedrasida (2022 yil 18 maydagi navbatdan tashqari, 9-sonli bayonnoma) muhokamadan o‘tgan va to‘liq tugallangan ish sifatida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/25.08.2021.Fil.01.16 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasidan o‘tgan (2023 yil 7-martdagi majlis bayonnomasi) hamda Ilmiy kengashda himoyaga qabul qilish uchun taqdim etilgan.
Ushbu majlis qaroriga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi Rashid Ayed al-Xarbining “Ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan hamkorligini yoritish masalalari” mavzusidagi falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD) 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/25.08.2021.Fil.01.16 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashda himoya uchun qabul qilinganligi, dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalari va avtoreferat tadqiqot mazmunini aks ettirishi, dissertatsiya bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi talablariga javob berishi, dissertatsiyaning rasmiy opponentlari sifatida filologiya fanlari doktori, professor v.b. Beruniy Alimov va filologiya fanlari nomzodi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Gulnara Mutalova belgilanganligi, dissertatsiyaga yetakchi muassasa sifatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti belgilanganligi qayd etilgan.
Ushbu majlis bayonnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OAKning veb-saytiga Rashid Ayed al-Xarbining jurnalistika (filologiya fanlari) bӯyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lonni kiritish uchun zarur hujjatlar yuborilgan va 2023-yil 3-iyunda e’lon chiqqandan so‘ng Ilmiy kengash tomonidan avtoreferatni nashr etishga ruxsat berilgan.
Rashid Ayed al-Xarbining dissertatsiya ishi va ish yuzasidan yozilgan avtoreferati 2023-yil 30-aprelda O‘zbekiston Milliy universiteti Axborot-resurs markaziga topshirilgan. Dissertatsiya himoyasi haqidagi ma’lumot 2023-yil 3-iyunda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining UzA.uz veb-saytida e’lon qilingan. Dissertatsiya avtoreferati 2023-yil 2-iyunda Ziyonet saytiga joylangan.
“Ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan hamkorligini yoritish masalalari” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari quyidagi ishlarda joriylangan:
Saudiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik aloqalarining rivojlanish bosqichlari va taraqqiyot omillari ko‘rsatilgan, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yoritishda ommaviy axborot vositalaridagi mavjud publisistik janrlardan samarali foydalanilgan, qiyosiy-muammoli materiallarni xronologik tarzda tadqiq etish masalalariga doir ilmiy natijalar, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston mavzuda yoritilgan ko‘rsatuvlar samaradorligini oshirish haqidagi tavsiyalar “O‘zbekiston” telekanalining ijodiy jamoasi bilan bo‘lgan muhokamada tahlil qilinib, ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy yo‘riqnomalar telejurnalistlar uchun yangilik ekanligi va bu mavzuni yoritishda ikki mamlakat telejurnalistlari hamkorligi, tajriba almashiuvi va targ‘ibot usullarida foydali dasturul amal bo‘lishi mumkin bo‘lgan konstruktiv mulohazalar va ma’lumotlar “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom O‘zbekiston” dasturi va “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokanali «O‘zbekiston» telekanalining 2022 yil 06-28-1897-son ma’lumotnomasi). Natijada, Saudiya-O‘zbekiston telejurnalistlari uchun o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi qo‘llanma bo‘lishi bilan birga, jurnalistlarning bilim malakasini oshiruvchi nazariy-metodologik tavsiyalar berilishi, ijodiy hamkorlikning yangi formatida ko‘rsatuvlar tayyorlash, amaldagi diniy va dunyoviy tartib-qoidalarga rioya etilishi kabi kasbiy faoliyat kriteriyalarini yaratish imkonini bergan;
O‘zbekiston-Saudiyaning mintaqaviy va xalqaro jarayonlar kontekstidagi o‘zaro munosabatlarining shakllanishi va rivojlanish jarayonining ommaviy axborot vositalaridagi tahlili, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar dinamikasini ilmiy tavsifi asosidagi xulosalar Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasida Saudiyaning tashqi siyosati va O‘zbekiston bilan aloqalari xususida o‘tkazilgan matbuot anjumanlarida ishtirok etgan jurnalistlar uchun axborot olish qoidalari va xalqaro jurnalistika sohasidagi tavsiyalar sifatida foydalanilgan (Saudiya Arabistoni Qirolligining O‘zbekistondagi elchixonasining 2022 yil 229-son ma’lumotnomasi). Natijada, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik masalalari ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda bu yerda Saudiya Arabistoni elchixonasi madaniy merosni targ‘ib qilish va turizmni ommalashtirish uchun olib borilayotgan tashkiliy va targ‘ibot ishida ikki mamlakat manfaati uchun xizmat qiluvchi vazifalar belgilangan;
Milliy bosma va onlayn ommaviy axborot vositalari orqali iqtisodiyot, turizm, madaniy-ma’rifiy muammolarni yoritish uchun jurnalistik yondashuvlarda o‘zaro hamkorlik masalalari Saudiya va O‘zbekiston manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy mavzudagi publisistik materiallar orqali ta’lim berish jarayoni yoritilgan madaniy-ma’rifiy ishlarda muammoli maqolalarning o‘rni, ijtimoiy-pedagogik yo‘nalishda ustozlar tajribasi hamda diplomatik jihatdan o‘zaro hamkorlik natijalari ahamiyatga ega ekanligi xususidagi tavsiyalar Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasida bo’lgan amaliyotda foydalanilgan (Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti 04/2130 yil 02.11.2022-sonli ma’lumotnoma). Natijada, olingan ilmiy natijalardan ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib borayotgan jurnalistlarning til boyligi, arab publisistikasi tili jozibadorligi va samaradorligini oshirishga doir ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning mavzuni malakali yoritish salohiyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv seminar-trening va konferensiyalarda foydalanilgan;
Saudiya Arabistoni tashqi siyosati va tashqi iqtisodiy dasturini amalga oshirishda ijtimoiy-siyosiy institut sifatida ommaviy axborot vositalarining nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha ilmiy natijalar, tadqiqotning xulosalari va tavsiyalari xalqaro jurnalistika va diplomatiya asoslari fani bo‘yicha o‘tiladigan fanlar uchun uslubiy qo‘llanma tayyorlashda, Saudiya va O‘zbekistonning o‘zaro munosabatlari tamoyilida xalqaro munosabatlar va xalqaro jurnalistikasi nazariyasi uchun tahliliy materiallar asosida va ilmiy xulosalar jurnalistika fakultetlarining o‘quv dasturiga kiritish, bakalavr va magistrantlar uchun kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashning turli o‘quv kurslarda foydalanish tavsiya etilgan(O‘zbekiston Milliy universiteti 11/18/2022 y. 04/11-7334 sonli ma’lumotnoma). Natijada, jurnalistika fakulteti uchun dissertatsiya tadqiqotlarining ilmiy natijalari jurnalistika fakultetlarining o‘quv amaliyotidagi fanlar va turli o‘quv kurslari («Ommaviy kommunikatsiyaning zamonaviy nazariyalari», «Media texnikasi va texnologiyalari», «Xalqaro jurnalistika», «Jurnalistika tarixi» va boshqa bir qator fanlar) tarkibida joriy etiligan.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 12 ta ilmiy maqola chop etilgan. Shundan 7 ta ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, jumladan, 5 tasi respublika, 2 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan.


Nashr qilingan ishlar OAK talablariga muvofiq keladi.
Download 26.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling