1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


Download 1.88 Mb.
bet21/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

1. Metallarga ultratovushli ishlov berishning fizik asosi qanday?


2. Koagulyatsiya jarayoni qanday jarayon?
3. Dispersiyalanish nima?
4. Ultratovushlar qanday hosil qilinadi?
5. Ultratovush chastotasiga to'gri keladigan o'zgaruvchan tok kuchlanishini hosil qiluvchi generator qanday ishlaydi?
6. Elektromagnit to'lqinlarni ultratovush tebranishlarga qanday o'zgartgichlar yordamida o'zgartiriladi?
7. Magnit – striktsion o'gartgich qanday ishlaydi?
11- Ma'ruza:
Elektrogidravlik qurilmalar.

Elektr toki o'tkazmaydigan suyuqlik ichiga elektrodlar tushirilib, yuqori kuchlanishli elektr energiya manbaiga ulansa, u holda elektrodlar orasidagi hosil bo'lgan yuqori kuchlanishli elektr razryad yuqori bosim kuchini yuzaga keltiradi. Bunda impulsli – zarbali to'lqin energiyasi hisobiga bosim 300 Nm/m ga yetadi. Elektrogidravlik qurilmalarning ishlash asosi ana shu fizik hodisaga asoslangan.


Elektr razryad natijasida suyuqlik ichida katta bosim kuchini hosil qilish elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirishning yana bir usulidir. Bu jarayonining oraliq bosqichlarsiz o'tishi tufayli FIK yuqori bo'ladi

10.1 – rasm. Elektrogidravlik qurilmaning printsipial elektr sxemasi

Elektrogidravlik qurilmaning printsipial elektr sxemasi 10.1 – rasmda tasvirlangan. Kuchlanishni oshiruvchi transformator Tr, to'grilagich D, energiya jamlovchi sigim S, shaklantiruvchi oraliq ShO va razryadli oraliq RO elektrogidravlik ishlov berish qurilmasining asosini tashkil etadi. Suyuqlikka botrib qo'yilgan ikki elektrod yuqori kuchlanishli (bir necha o'n kV li) manbaga ulanganida ular orasida uchqun hosil bo'ladi. Bu jarayonda ko'p miqdorda bug va gaz ajralib chiqadi va ular uchqun atrofida puffak hosil qiladi. Agar razryadli oraliqqa davomiyligi juda qisqa bo'lgan tok impulsi berilsa, u holda bug va gazning ajralib chiqishi keskin kamayadi va suyuqlikda esa kuchli zarb to'lqini paydoo bo'ladi (elektr portlashli ishlov berish). Kondensator S da kuchlanish ishlov berish uchun yetarli bo'lganda (to'grilagich D orqali zaryadlangan bo'ladi) zaryadsizlanish oldin shaklantiruvchi oraliq ShO va so'ngra ishchi oraliq RO orqali sodir bo'ladi. Bunda suyuqlikda tik frontli impuls kengligi qisqa bo'lgan tok razryadi o'tadi; razryadning o'tish vaqti qancha kam bo'lsa va impuls fronti qancha tik bo'lsa, u holda suyuqlikda tarqalayotgan zarbali to'lqin amplitudasi shuncha katta bo'ladi. ShO uzunligini rostlab, impulsli razryadning amplitudasini va vaqt doimiyligini boshqarish mumkin.





Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling