1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


METALLARGA MAGNIT – IMPULSLI ISHLOV BERUVCHI QURILMALARNING TARKIBIY TUZILISHI


Download 1.88 Mb.
bet24/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

METALLARGA MAGNIT – IMPULSLI ISHLOV BERUVCHI QURILMALARNING TARKIBIY TUZILISHI

Metallarga magnit – impulsli ishlov beruvchi qurilmalar tarkibiy tuzilishi bo'yicha ikki qismdan iborat bo'ladi: tayyorlovchi va texnologik. Tayyorlovchi qismga impulsli tok generatorlari kirsa, texnologik qismga esa induktorlar va ularning ishini bajarilishini ta'minlovchi yordamchi anjomlar kiradi.



11.2 – rasm. Metalarga magnit – impulsli ishlov beruvchi qurilmaning blok sxemasi

11.2 – rasmda metallarga magnit – impulsli ishlov beruvchi qurilmaning blok – sxemasi tasvirlangan. Energiya yiguvchi kondensatorlar batareyasi 1 zaryadli moslama 3 dan kerakli kuchlanishgacha zaryadlanadi. Belgilangan energiya miqdori to'plangandan so'ng batareya kommutator 10 va tok uzatkich 11 orqali ish induktori 9 da impulsli razryadlanadi. Moslama 4 ning vazifasi boshqarish, nazorat qilish va boshqaruv signallari ishoralarini moslashtirishdan iborat. Ishga tushiruvchi moslama 8 kommutator 10 ni ulashga buyruq beradi. Buyruq datchigi 5 va kuchlanishni bo'luvchi blok 6 ning ishlashini va zahiralanayotgan energiya miqdorini avtomatik ravishda rostlaydi. Zaryadlanish kuchlanish belgilangan miqdoriga yetganida avtomatika bloki 7 ishga tushiruvchi moslama 8 ning ulanishiga boshqaruv impulsini yuboradi. Ortiqcha kuchlanishni energiya yiguvchi 1 dan olishni blokirovkalashni qisqa tutashtirgich 2 bajaradi.


Bu qurilmalarning asosiy elektr jihozlari impulsli tok generatorlari bo'lib, sanoat chastotali toklarni katta amplitudali tok impulslariga aylantiradi. Impulsli tok generatorlarining asosiy elementlari – zaryadlash moslamasi, kondensatorlar batareyasi, kommutatsiyalovchi va ishga tushiruvchi qurilmalar. Zaryadlash moslamasiga pasaytiruvchi transformator, yuqori kuchlanishli to'girlagich va ulash – rostlash qurilmalari kiradi. Ishga tushiruvchi moslama asosiy razryadlovchini ishga tushirish uchun mo'ljallangan.
Induktor qurilmaning eng asosiy elementlaridan biridir, chunki uning tuzilishi va bajarilishi sifatiga qarab butun qurilmaning funktsional imkoiyatlari belgilanadi. Induktorlarga qo'yiladigan asosiy talablar: ishlov berilayotgan jismni deformatsiyalash uchun zarur bo'ladigan mexanik energiyani olishda elektromagnit maydon energiyasining o'zgartirilishi yuqori samarali bo'lishi, mexanik zo'riqishlarga va katta toklarga chidamli bo'lishi kerak va konstruktiv tuzilishi sodda bo'lishi kerak.
Vazifasiga ko'ra induktorlar bir yoki bir necha o'ramli galtaklar, yassi spiral va boshqa ko'rinishlarda yasaladi.
Bu usul ko'pincha istalgan shakldagi yupqa elektr o'tkazuvchi materiallardan yasalgan buyum va detalarga bosim bilan ishlov berishdagi amalarni bajarishda qo'llaniladi. Magnit – impulsli ishlov berish qurilmalari yordamida har qanday shakldagi yupqa devorli ishlov beriluvchi detallarni cho'zish, siqish va qirrali yuzalar hosil qilish; quvurlarni kengaytirish, siqish, payvand choklarini yo'qotish; chinni izolyatorlarga metall qalpoqchalarni siqib o'rnatish; troslarga vtulkalarni siqib kirgizish va quvurlar uchlarini birlashtirish; metalli detallarni nometalli detallar bilan birlashtirish kabi o'nlab amallarni bajarish mumkin.
Metallarga mignit – impulsli ishlov berish qurilmalari quyidagi afzalikllarga ega: 1) siljiydigan va ishqalanadigan qismlarining yo'qligi; 2) quvvatini boshqarish va rostlashning osonlgi; 3) ixchamligi va ishlatilishining soddaligi; 4) ta'mirlash va uzluksiz avtomatik liniyalarda qo'llash mumkinligi; 5) ish unumining yuqoriligi; 6) ishlov berish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning murakkab emasligi.
Bu qurilmalarning kamchiliklari: 1) ishlov berish jarayoni FIK yuqori emasligi; 2) ishlov berilayotgan detal yuzasining yahlit bo'lishi kerakligi; 3) induktorlar ishlash muddatining kamligi; 4) qalinligi katta bo'lgan detalarga ishlov berish qiyinligi.
Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling