1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


Download 1.88 Mb.
bet18/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Elektroerozion qanday fizik jarayon?
2. Elektrodlar orasidagi impuls qanday ko'rsatkichlarga ega bo'lishi kerak?
3. Necha turdagi impuls generatorlari qo'llaniladi?
4. Metalarga anodli – abraziv ishlov qanday amalga oshiriladi?
5. Elektroerozion dastgoh qanday bloklardan tashkil topgan?
6. Elektr kontaktli ishlov berish qanday bajariladi?


9- Ma'ruza:
Elektrolitlarga joylashtirilgan metal buyimlarga elektroximiyik va mexanik ishlov berish.

Elektrolitlarga joylashtirilgan metall detallarga mexanik va elektrokimyoviy ishlov berish jarayoni detallarga elektrokimyoviy – mexanik ishlov berish deb ataladi. Bu ishlov berish jarayoni anodli – abraziv va anodli – mexanik turlarga bo'linadi.


Anodli – abrazivli ishlov berishda ishlov berilayotgan detalga anodli eritish va mexanik (abrazivli) ta'sirlar ko'rsatilib ishlov beriladi. Ishlov berilayotgan detal yuzasiga anodli eritishni ta'minlaydigan elektr toki, detal yuzasini kesayotgan yoki tirnayotgan abraziv zarrachalarning mexanik ta'siri va issiqlik eroziyasini yuzaga keltiradigan detal yuza qatlamlarida hosil bo'ladigan issiqlik oqimi ta'siri ostida bo'ladi.
Anodli – abrazivli ishlov berish jarayonida diskli elektrod – asbob yuzasiga abraziv zarrachalar kiritiladi yoki abraziv zarrachalar solingan elektrolit qo'laniladi.

8.1 – rasm. Anodli – abrazivli ishlov berishda elektrodlar oraligi

Birinchi holda, abraziv donalari elektrod – asbobning ish yuzasida bo'rtib turadi. Bu zarrachalar elektrodlarning yuzalari oraligida ma'lum minimal o'lchamdagi tirqichning hosil bo'lishini ta'minlaydi. Abraziv zarrachalar detal yuzasidagi mikrobo'rtishlarni sidirib tozalaydi hamda ishlov berish zonasiga Yangi elektrolitni uzatishga yordamlashadi. Bunday usulda detalarga ishlov berish anod va katod yuzalari orasidagi kichik tirqichda amalga oshiriladi (8.1a – rasmga qarang).


Ikkinchi holda, elektrolit bilan birga abraziv zarrachalari berilganida elektrodlar orasidagi masofa bir muncha uzoq bo'lishi mumkin (8.1b – rasmga qarang). Abraziv zarrachali plenka qatlami detal yuzasidagi mikrobo'rtishlarni ketkazishi jarayonida metall tez eriydi, natijada elektrodlar orasidagi tirqich kattalashadi va bu esa tokning zichligini hamda ish unumdorligini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun bu ikkinchi usul ishlov berilayotgan detallarning sirtlariga jilov berishdagina qo'llanilda.

ANODLI – MEXANIK ISHLOV BERISH


Anodli – mexanik ishlov berish elektrod – asbob va ishlov berilayotgan detal orasidagi elektrolit bilan to'ldirilgan elektrodlar orasida bir vaqtda ro'y beradigan elektrokimyoviy va yuzalaridagi mexanik sidirilish jarayonlariga asoslangan. Bu ishlov jarayonida elektrodlar oraligida detal metalli zarrachalarining elektrolit (suyuq shishaning suvli eritmasi) anionlari bilan erimaydigan birikmalari hosil bo'ladi.



8.2 – rasm. Anodli – mexanik ishlov berish sxemasi: 1 – ishlov berilayotgan detal; 2 – eriyotgan qatlam – plenka; 3 – elektrolit; 4 – elektrod – asbob; 5 – ariqcha


Temirning ionlari anodli eritish tufayli eritmaga o'tib silikat – anionlar bilan birikadi va plenka shaklida ishlov berilayotgan detalga cho'kib erimaydigan birikmalar tashkil etadi (8.2 – rasmga qarang).


Detal shaklini jilvalash, asosan detal yuzasidan termoerozion usul bilan mikrobo'rtishlarni olib tashlash hisobiga amalga oshiriladi. Yuqori kuchlanishli elektr zaryadli va katta bosim ostidagi elektrod – asbob ta'sirida detal bo'rtishlardagi tokning sichligi 100 – 500 A/sm2 ga yetadi (xomaki anodli – mexanik ishlov berish). Mikrobo'rtishning elektrod – asbob bilan qisqa vaqtga qisqa tutashuvida tokning zichligi minglab A/sm2 ga yetadi. Mikroyoylar hosil bo'ladi, metall va plyonka eriydi va ishlov berish zonasidan chiqarib tashlanadi. Kontakt bo'lgan zonada harorat keskin ko'tarilishi natijasida bo'rtishdan metall zarrachalari termoerozion jarayon ta'sirida ko'chadi va ular o'rnida chuqurchalar paydoo bo'ladi. Chuqurchaning tubida metall plyonkadan ochilib qoladi. Chuqurcha sovib va elektrolit bilan to'lganidan so'ng qisqa vaqtli anodli eritish yuzaga keladi va jarayon elektr o'tkazmaydigan plyonka paydoo bo'lishi bilan tugaydi. Bu jarayon chuqurchalarning yuzalar yana bo'rtishga aylanguncha davom etadi.
Anodli – mexanik ishlov berish jarayonida razryalar tufayli detalni termoerozion buzilishi bilan bir vaqtda elektrod – asbobning eroziyasi ham birgsha kechadi. Razryadlarning davomiyligi uzoq emas, chunki elektrod – asbobning harakat tezligi katta va shu sababli uning uzilishi tez sodir bo'ladi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling