1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


Download 1.88 Mb.
bet14/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

1. Elektrokimyoviy usul bilan ishlov berish qanday jarayon?


2. Elektrolit qanday moda?
3. Elektroliz vannasi qanday asosiy elementlardan iborat?
4. Elektroliz jarayonining qanday asosiy ko'rsatkichlarini bilasiz?
5. Galvanotexnika necha turga bo'linadi?
6. Elektroliz jarayonidagi tok bo'yicha mahsulot miqdori qanday ko'rsatkich?
8- Ma'ruza:
Metallarga elektroeroziya usuli bilan ishlov berish.

Elektronerozion ishlov berish (uchqunli) – elektr energiya impulslarining issiqligi ta'sirida metall mikroportsiyalarining erishi va buglanishidan samarali foydalanishga asoslangan fizik jarayon. 7.1 – rasmda elektroerozion jarayonini tushuntirish sxemasi keltirilgan.



7.1 – rasm. Elektroerozion razryadning ishlashini tushuntiruvchi sxema

Elektr energiyaning impulslari elektr o'tkazmaydigan suyuqlik 3 ichiga botirilgan elektrod – detal 2 va elektrod – asbob 1 yuzalari orasida uchqunli razryad 4 kanalida hosil qilinadi. Detal va asbob oraligining eng kichik bo'lgan zonasidagi mikrobo'rtiqlar orasidagi tirqich bir qutbli impulslar ta'sirida bo'dadi. Bu razryad ta'siridagi zonada metall va suyuqlik buglaridan iborat gazi puffak 5 hosil bo'ladi hamda buglarning yuqori bosimi erigan metall zarrachalarini elektrodlar yuzasidan chiqarib tashlaydi va bu zarrachalar zoldirchalar 6 shaklida suyuqlikda qotadi. Natijada, har ikkala elektrodlarning yuzalaridagi mikroegri– bugriliklar tekislanadi. Elektrod – asbob ishlov berilayotgan detalga elektrod shakliga muvofiq botqlik hosil qilib kirib boradi.


Bu usulda detalarga ishlov berish quyidagi kamchiliglarga ega: kesib tashlashga nisbatan ish unumdorligi pastroq, enegiya sarfi va ishlov berish vaqti ko'proq.


Ishlov berish davomida elektrod – asbobni saqlab qolish maqsadida asbob va detalning juftini topish kerak bo'ladi. Katodning yeyilishini kamaytirish uchun impulslar generatorininng manfiy qutbiga elektrod– asbob ulanadi. Odatda elektrod – asboblar latun, mis, alyuminiydan tayyorlanadi, chunki ularning elektroeroziya natijasida yemirilishi po'lat yoki qattiq qotshmalarning elektroeroziya ta'siridagi yemirilishiga nisbatan ancha kam bo'ladi. Metallarning erish harorati qancha yuqori bo'lsa, elektroneroziya jarayonida yuzaga keladigan issiqlik ta'sirida zarrachalarining ajralib chiqishi shuncha kam bo'ladi. Shuning uchun, ko'pincha elektrod – asboblar qiyin eriydigan materiallardan tayyorlanadi (grafit, volfram, miss va volfram qotishmasi).
Suyuq muhitda eroziya jarayoni jadal kechadi. Suyuqlik uzilib chiqayotgan metall zarrachalarini olib tashlash uchun kerakli dinamik kuchlanishlarni yuzaga keltiradi, elektrodlar oraligi izolyatsiyasini mustahkamlaydi, elektrodlarni sovutadi va erozion jarayonni stabillashtirib turadi. Shuning uchun, ishlov suyuqligi sifatida kerosin, texnik moylar va distillangan suv ishlatidai. Elektrodlar orasidagi tirqich juda kichik (o'nlab mikronlarni tashkil etadi) bo'lgani uchun elektrodlarga 100 – 300 V kuchlanish beriladi. Berilayotgan elektr energiyaning deyarli 90% razryadli oraliqda elektroneroziya jarayonida sarf bo'ladi va 10% gina isrof bo'ladi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling