1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


–rasm. Galvanik vannaning transformatorning birlamchi chulgami zanjirida tiristorli kuchlanish rostlagichi bo'lgan elektr energiya bilan ta'minlanish sxemasi


Download 1.88 Mb.
bet13/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

6.3–rasm. Galvanik vannaning transformatorning birlamchi chulgami zanjirida tiristorli kuchlanish rostlagichi bo'lgan elektr energiya bilan ta'minlanish sxemasi

Kuchlanishni rostlash tiristorli kuchlanish rostlagichi kuch sxemasidagi (TKR KS) tiristorlar V1 – V2 yordamida amalga oshiriladi; u orqali pasaytiruvchi transformator Tr ning birlamchi chulgamiga kuchlanish beriladi. Ko'prik sxemasida yigilgan to'grilagich T ning diodlar V7 – V12 transformator Tr ning ikkilamchi chulgami zanjiriga ulangan bo'lib, u vannani ta'minlash uchun o'zgaruvchan tok kuchlanishini o'zgarmas tok kuchlanishiga o'zgartirib beradi. Tiristorlarning ochilish burchagini boshqarishga xizmat qiluvchi boshqaruv kuchlanishi Ub impuls – fazali boshqarish tizimi IFBT da hosil qilinadi. Vanna V ichiga joylashtirilgan buyum yuzini metall bilan qoplashda tokning berilgan rejimda o'zgarishini ta'minlash maqsadida TKR KS chiqishidagi kuchlanishni mos ravishda boshqarish zarur. Berilgan tok kuchlanishi UbT va teskari boglanish tok kuchlanishi UTT signallarning ayirmasi asosida tiristorlarning ochilishi uchun zarur bo'lgan boshqaruv kuchlanishi Ub IFBT da shakllanadi va natijada vannada kerakli qiymatdagi kuchlanish hosil qilinadi.


Ba'zi galvanik vannalarda elektrolitdan o'tayotgan tok qiymatini boshqarishda yuqorida keltirilgan elektr energiya ta'minoti sxemasidan soddaroq ko'rinishga ega bo'lgan, ya'ni tiristorli kuchlanish rostlagichning kuch sxemasi (TKR KS) to'gridan – to'gri transformator Tr ning ikkilamchi chulgamiga ulangan va uning chiqish uchlari vannaga uzatilgan, ya'ni boshqarilmaydigan ko'prik sxemali to'grilagich T dan voz kechilgan varianti ham qo'llaniladi.
Elektr energiya bilan ta'minlovchi manbalardan elektrolitli vannalarga tok mis, alyuminiy va ba'zan latun yoki po'lat shinalardan uzatiladi. Ayrim hollarda, masalan, shinalar mumkin bo'lmagan holarda kabel simlar ishlatiladi. Galvanik qoplama qoplash uchun past kuchlanishli katta tokdan foydalanilgani tufayli elektr energiyaning ko'p isrof bo'lishini oldini olish maqsadida katta kesim yuzasiga ega bo'lgan simlari ishlatiladi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling