1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


Download 1.88 Mb.
bet1/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ


1 – Ma'ruza
Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari.

Elektr energiyasini iste'mol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning o'zida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan qurilmalar elektrotexnologik qurilmalar deyiladi. Bunday qurilmalar murakkab to'zilishga ega bo'lib, ularning tarkibiga ishchi organ, ya'ni plazmotron, plazmali reaktor, elektron zambarak, yoy va ion agregatlarining elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik ta'minlovchi yoki mikroprotsessorli texnika yordamida boshqariladigan maxsus energiya manbalari kiradi. Suv,gaz va elektr bilan ta'minlash, vakuum hosil qilish hamda uni saqlash tizimlari esa elektrotexnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jihoz sifatida kiradi.


Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy-ro'zgor ehtiyojlari elektrotexnologik qurilmalar bilan tobora boyib bormoqda va bunday to'yinish faqatgina mazkur qurilmalarga bo'lgan ehtiyojning o'sishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilgi tannarxining ma'lum darajada oshishi, tashqi muhitni muhofaza qilish bo'yicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham boglikdir.
Elektrotexnologiyaning tobora takomillashib borishi yuqori mustaxkamlikka ega bo'lgan, katta miqdordagi issiqlikka bardosh beruvchi, kimyoviy reaktsiyaning agressiv ta'siriga turgun bo'lgan va kichik issiqlik o'tkazuvchanlikka hamda yuqori darajadagi izolyatsion xususiyatga ega bo'lish kabi yangi materiallar ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
Ma'lumki, moddalar to'rt xil agregat holatda, ya'ni qattiq, suyuq, gaz va plazma holatlarida bo'lishlari mumkin.
Qattiq holatdagilar, bular – o'tkazgichlar, yarim o'tkazgichlar va dielektriklar, metallar va nometallar, kristall va amorf moddalar.
Suyuq holatdagilar esa – o'tkazgichlar (metallar, to'zlar, ishqorlar va oksidlar eritmalari), dielektriklar (mineral va organik), maxsus ko'rinishdagilar – suyuk kristallardir.
Gaz holatdagilar – murakkab aktiv moddalar bo'lib, ular oddiy moddalar bilan birikkan holda keyinchalik kondensatsiya usuli bilan ajralib chiqadigan tayyor mahsulot xisoblanuvchi boshqa birikmalar hosil qiluvchi sistemalarni tashkil qiladi.
Plazma holatdagilar, bular – ionlar darajasidagi transport jarayonlari va almashuv reaktsiyalarini ta'minlovchi elektr o'tkazuvchan muhitlar bo'lib, nurlanish energiya manbai sifatida va moddalar hamda aniq mahsulotlarni qizdirish vositasi xisoblanadi.
Agregat holatining hoxlagan ma'lum bir turida bo'lgan modda hamda elektr yoki magnit maydonlari yordamida juda ko'p jarayonlarni bajarish mumkin, masalan moddalar (materiallar) haroratini, formasini, tarkibini, to'zilishini, turli yo'nalishlardagi xossalari va boshqa shu kabilarni o'zgartirish mumkin.
Ko'plab texnologik jarayonlarni bajarish uchun mo'ljallangan va individual tartibda yoki seriyali ishlab chiqarilayotgan elektrotexnologik qurilmalar o'ziga xos tartibda sistemalashtirilgan. Ular, asosan turli sharoitlarda namoyon bo'luvchi, elektr toki va magnit maydonining pirovard ta'siriga ko'ra guruhlarga bo'lingan.
1. Elektr tokining pirovard issiqlik ta'siriga asoslangan qurilmalar. Bu guruhga uy –ro'zgor qizdirish jihozlari, bevosita va bilvosita qizdirish qarshilik pechlari, suyuqlik va gazlarni qizdirish qurilmalari – turli ko'rinishdagi elektr qozonlari va elektrokaloriferlar, shuningdek qizdiruvchi elementlar vazifasini ishqorlar yoki oksidlar eritmalari bajaruvchi, elektrodli vannalar kiradi.
2. Elektr tokining elektrokimyoviy ta'siriga asoslangan qurilmalar. Bunday qurilmalar toifasiga eritma yoki qorishma bilan to'ldiriladigan elektroliz vannalari, yuzalarni himoyalash yoki dekorativ qoplamalar beruvchi qurilmalar, shuningdek galvanoplastika usulida mahsulot olish qurilmalari va elektrolitlarda elektrokimyoviy – mexanik ishlov berish qurilmalari kiradi.
3. Elektromexanik qurilmalar. Bunday qurilmalarda ishlov berilayotgan materiallardan impuls rejimidagi tokning oqib o'tishi mexanik kuchlar hosil bo'lishiga olib keladi. Mazkur qurilmalarning maxsus sinfini ultratovush ta'sirida ishlovchi qurilmalar tashkil qilib, ultratovush generatorlaridan berilayotgan yuqori chastotadagi mexanik tebranishlar ta'sirida texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.
4. Elektrokinetik qurilmalar. Ularning ishlash printsipi elektr maydon energiyasini xarakatdagi zarrachalar energiyasiga aylantirishga asoslangan. Bunday qurilmalar toifasiga elektron –ion texnologiyalarga asoslangan elektr filtrlari, kukun materiallari va emulsiyalarni ajratish qurilmalari, elektr bo'yash va oqova suvlarni tozalash qurilmalari kiradi.
Elektr payvandlash va elektrotexnologik jarayonlarining Rossiyada rivojlanish tarixi, rus fizigi V.V. Petrov tomonidan 1803 yilda birinchi marta elektr yoyini kashf etilishi bilan boglangan deb hisoblab kelinadi. Lekin o'sha davrda katta quvvatdagi elektr energiya manbalari yoki katta quvvatdagi elektr energiyasini ma'lum masofaga o'zatish hali kam rivojlanganligi sababli elektrotexnologik jarayonlar XIX asrning oxirlarigacha sezilarli darajada rivojlana olmagan. Birinchi «rus elektr pechi» 1901 yilda rus muhandis fizigi V.P.Ijevskiy loyihasi asosida yaratilgan. Elektrotexnologik jarayonlarning keyingi rivojiga A.N.Lodigin,S.S.Shteynberg va A.F.Gramolinlar elektr metallurgiyasi sohasida, S.I. Telniy o'zgaruvchan tok elektr yoyining elektr zanjiri nazariyasi bo'yicha, M.S.Maksimenko- metallar elektrotermiyasi sohasida, N.N. Benardos, N.G. Slavyanov va O.E. Patonlar elektr payvandlash sohasida, A.D.Svenchanskiy elektr qarshilik pechlari va vakuum yoy pechlari nazariyasi sohasida izlanishlar olib borgan holda o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shdilar.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling