1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


– Ma'ruza Elektr yoy peshlari va ularning elektr uskunalari


Download 1.88 Mb.
bet3/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

3– Ma'ruza
Elektr yoy peshlari va ularning elektr uskunalari.
Elektr yoyi 1803 yilda V.V. Petrov tomonidan ixtiro kilingan.
Elektr yoyi gaz yoki bugdagi elektr razryadlarining bir ko'rinishi bo'lib,u katoddagi kichik kuchlanish tushishi (10-20 V) va yuqori tok zichligi (1sm2 yuzaga bir necha yuz va ming amper ) bilan xarakterlanadi.
Po'lat eritish elektr yoy pechlari
Bu pechlar uch fazali va chastotasi 50 Gts bo'lgan elektr tokida ishlaydi va metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va sanoatning boshqa sohalarida keng qo'llaniladi. Ular: bevosita , bilvosita va aralash qizitishli bo'ladi.
Bevosita ishlovchi pechlarda yoy elektrodlar va eritilayotgan metall orasida yonadi (10.1.-rasm).
Pech devorlari olovbardosh materiallar (magnezit va dinas) dan qilingan gishtlar yordamida barpo qilinadi. Vanna tubi futerovkasi 2 toshko'mir smolasi yoki suyuq oyna bilan aralashtirilgan olovbardosh kukundan qilinadi. Pech yuqori tomonidan sfera shaklidagi olovbardosh qopqoq 3 bilan bekitiladi. Bu qopqoq to'gri uchburchak uchlarida joylashgan uchta teshikka ega bo'lib, bu teshiklar orqali pechga uchta grafit elektrod 4 tushiriladi. Elektrodlarni xarakatlantirish mexanizmi 5 elektromexanik yoki gidravlik bo'ladi.
10.1-rasm. Bevosita va bilvosita ishlovchi yoy pechlari
Elektr toki maxsus transformatorlardan mis klemmalar, trubkalar va egiluvchan


kabellar orqali keltiriladi.


Bilvosita ishlovchi yoy pechlarida elektrodlar gorizontal holatda joylashgan bo'lib, elektrodlarni xarakatlantirish orqali yoy uzunligini va shu bilan birga tok kuchi va quvvatni rostlash mumkin. Pech futerovkasi mustahkam po'lat qopqoqda joylashgan bo'lib, unda ishchi darchasi va metallni cho'michlarga kuyish teshigi parmalangan.
Engashtirish mexanizmi pechni metall kuyish tomoniga 40÷450 va ishchi darcha tomoniga 150 ga engashtiradi. Yirik elektr yoy pechlari metallni elektromagnit aralashtirish mexanizmi bilan jihozlanadi.
Eritishning birinchi davri shixtani eritish hisoblanadi. Bu eritishning noozgarmas bo'lgan davri (yoy juda qisqa 2÷3 sm va noozgarmas).
Bu davrni maksimal kuchlanishda o'tkazish mumkin, chunki yoy sovuq metall bilan o'ralgan va u futerovkani nurlanishdan saqlaydi.
Oksidlanish davrida metall erigan va shlak bilan qoplangan bo'lib, yoy o'zunroq (5÷10sm) bo'ladi. Futerovkaga nurlanish ko'proq va shuning uchun quvvat va kuchlanishni 15÷20% ga kamaytirish zarur.
Rafinatsiya davrida metall va devorlar harorati juda yuqori, yoy uzunligi 20÷30sm, nurlanish oshadi. Shuning uchun kuchlanish nominal qiymatidan 50÷60% ga kamaytiriladi va bu holda pech quvvati 30÷50% ga pasayadi.
Elektr yoy pechining ta'minlash sxemasi.
Elektr yoy pechlari katta quvvat talab qiluvchi va ikkinchi toifali elektr iste'molchisi hisoblanadi. Elektr yoy pechlarining elektr sxemasi asosiy va yordamchi tok zanjirlaridan iborat (10.2-rasm). Asosiy tok zanjiri asosiy elektr uskunasi va pech elektr yoyini o'z ichiga oladi. Xar bitta pech rostlanadigan elektr pech transformatori 5 bilan ta'minlanadi. Transformator pasaytiruvchi bo'lib, yuqori tomondagi kuchlanish UVN=6÷10kV ba'zi hollarda 35 yoki 110 kV bo'ladi.
10.2.-rasm. Elektr yoy pechining elektr sxemasi.
1-yuqori voltli shinalar, 2 - ajratgich,3 - o'chirgich (vыklyuchatel), 4-reaktor .5- pech transformatori, 6 - o'lchov transformatorlari,7- qisqa tarmoq, 8- quvvat rostlagich; 9-nazorat asboblari.

Transformator pechga maksimal yaqinlashtiriladi. Elektr yoy pechi uchun qisqa tutashuv normal ekspluatatsiya qilish rejimi xisoblanib, eritish vaqtida minutiga 5÷10 martagacha yetadi. Qisqa tutashuv toki karraligi nominal tokdan 3÷4 marta oshib ketmasligi uchun qo'shimcha induktivlik ulanadi. Yirik pechlarda yuqori kuchlanish tomonidan transformatorga ketma-ket ravishda qo'shimcha induktivlik – reaktor ulashga to'gri keladi.


Eritish davrida qisqa tutashuv tokini cheklash zarur, shuning uchun reaktorga parallel ravishda u kerak bulmaganda zanjirdan chikarib kuyuvchi kontaktlar ulanadi. Yoy pechlari elektr uskunalari oddiy sanoat qurilmalariga karaganda ancha kiyin sharoitlarda bo'ladi, chunki ular (transformator,reaktor va boshkalar) 2÷3 martali tok oshishiga bardosh berishi kerak bo'ladi.
Kommutatsiya qiluvchi apparatura eng kiyin sharoitlarda bo'ladi va barcha kommutatsiya qiluvchi apparatura yuqori kuchlanish tomonida urnatiladi.

Elektr yoy pechi elektr iste'molchi sifatida.


Po'lat eritish elektr yoy pechi energosistema uchun kudratli va yokimli bulmagan iste'molchi xisoblanadi.Bu qurilmalarning quvvat koeffitsiyenti (cos.) past ( 0,7 ÷ 0,8 oraligida), iste'mol kilinadigan quvvat eritish davomida o'zgaradi, rejim notinch, ya'ni tok sakrashlari, qisqa tutashuv va yoyning o'zilishi yuz berib turadi. Bundan tashkari yoy yuqori chastotali garmonikalarni generatsiya qiladi.


Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish uchun kondensator qurilmalaridan foydalaniladi va kondensator qurilmalari sigimini tez o'zgartirishni ta'minlaydigan sxema ko'zda tutiladi. Yoy elektr tarmogi tok va kuchlanish formalarini kuchli o'zgartiradigan (bo'zadigan) nochizik elementi xisoblanadi.
Bu xodisalar birinchi navbatda kondensator qurilmalariga ta'sir qiladi (kizib ketish.va ishdan chikish). Yuqori garmonikalar bilan kurashish uchun filtrlardan foydalaniladi.
Elektr yoy pechining elektr va ishchi xarakteristikalari 10.3-rasmda kursatilgan.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling