1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


-Ma'ruza Qarshilik usulida ishlovchi peshlar va qizdiruvchi qurilmalar


Download 1.88 Mb.
bet2/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

2-Ma'ruza
Qarshilik usulida ishlovchi peshlar va qizdiruvchi qurilmalar.

Qarshilik elektr pechlari elektr energiyani issiqlik energiyasiga aylantirish usuliga qarab bilvosita ta'sir qiluvchi pechlarga va to'gridan–to'gri qizdirish qurilmalariga bo'linadi.


Texnologik vazifalari bo'yicha bevosita qizuvchi qarshilik pechlarini (BKKP) 3 guruhga bo'lish mumkin:qarshilik
1) Mahsulotlarni termik va termoximik qayta ishlash uchun mo'ljallangan termik pechlar.
2) Oson eruvchi metallar va qotishmalarni eritish uchun mo'ljallangan eritish pechlari.
3) Quritish pechlari.
Bu guruhlarning har biri ishlash xarakteriga ko'ra davriy (sadochnaya) va o'zluksiz ishlovchi (metodik) pechlarga bo'linadi. Davriy ishlovchi pechning ishlash sikli detalni yuklash, unga termik ishlov berish va uni qayta olish operatsiyalarini o'z ichiga oladi.
O'zluksiz ishlovchi pechlarda detalga termik ishlov berish yuklash joyidan to yuksizlantirish joyigacha amalga oshiriladi.
BKKP harorat rejimi bo'yicha past, o'rta va yuqori xaroratlilarga bo'linadi. Birinchi holdagi pechlarda ishchi xarorat t0=6006500C, issiqlik almashuvi konvektsiya rolining ustun kelishi bilan bo'ladi. Bu pechlarni ko'pincha konvektsion pechlar deb ataladi. Ikkinchi tipdagi pechlarda t0=120012500S, uchinchi tipdagi pechlarda esa harorat 12500Sdan yuqori bo'ladi.
O'rta va yuqori haroratli pechlarda issiqlik almashinuvi asosan nurlanish orqali amalga oshadi. Bunday pechlar ayrim hollarda radiatsion pechlar deb ataladi.

Bilvosita kizuvchi qarshilik pechlarining


turlari va konstruktsiyasi.
Davriy ishlovchi pechlar turkumiga kamerali, shaxtali, qalpoqli, tagligi suriladigan pechlar, elevator va termik elektropech vannalar kiradi.
Ishchi xarorat t0=12500S gacha bo'lganda maxsus qotishmalardan tayyorlangan metall qizitgichlar, ishchi harorat t0=16000S gacha bo'lganda karborund va disilitsid molibdendan tayyorlangan qizdirish elementlari qo'llaniladi. Ishchi harorati 7000S gacha bo'lgan barcha kamera pechlari qizdirish jarayonini intensifikatsiyalash va haroratni pech ishchi fazosida bir tekisda taqsimlanishini oshirish uchun ventilyatorlar bilan ta'minlanadi.
Qalpoqli pechlar qalpoqni (qo'zgaluvchi qism) va stendni (qo'zgalmas qism) hosil qiluvchi silindrik yoki to'gri to'rtburchak formali ishchi fazosiga ega (3.1.- rasm a).
Qizdiriladigan detal 5 ko'tarish mexanizmi yordamida 1 stendga qo'yiladi.Ular ustidan oldiniga issiqlikka chidamli qalpoq-3 mufel, so'ngra esa pech kamerasining asosiy qalpogi 2 qo'yiladi. Qizitish elementlari 4 qalpoqning yon devorlari va stendning kladkasida joylashgan.
Qalpoqli pechlar prokat listlarini, lentalarni, simlarni oksidli kuydirish protsesslarini amalga oshirishga mo'ljallangan.
Har bir qalpoqga to'gri ketma ketlikda ishlovchi, texnologik jarayon bilan aniqlanadigan 2-3 stend to'gri keladi.
Elevator pechlari - pastki tomoni ochiq ko'zgalmas qizdirish kamerali pech bo'lib (3.1.-rasm, b), ular pastga tushadigan tagligga 6 ega.
Pech tagligi gidravlik yoki elektromexanik yuritma yordamida xarakatlantirilishi mumkin. Qizdiriladigan mahsulot 5 taglikka qo'yiladi va ko'tarish mexanizmi 7 orqali pech kamerasiga kiritiladi.
Elevator pechlari sigimi bir necha o'n tonnaga, quvvati 600 kVt gacha va temperaturasi esa 1500 K gacha yetadi.
Katta gabaritli kuyma va payvand mahsulotlarni termik qayta ishlash jarayoni uchun mo'ljallangan.
Kamerali pechlar – metalldan tayyorlangan mahsulotlarni turli xil termik qayta ishlash uchun qo'llaniladi (3.1.-rasm v). Kamerada ish harorati 16000S gacha yetadi.
Pechga mahsulotni qo'l bilan, kran yoki eshik yoniga o'rnatilgan yuklash mexanizmi yordamida qo'yiladi. Kamerali pechlarning asosiy ekspluatatsion kamchiligi bu mahsulotlarni pechga yuklash va olish qiyinchiligidir.
Shaxtali elektropechlar mayda, katta gabaritli yoki uzunligi katta bo'lgan mahsulotlarni turli xil termik qayta ishlash, mayda seriyali ishlab chiqarishlarda qo'llaniladi (3.1.-rasm, g).
Kameraning ish harorati 16000S gacha yetadi.
Pech ish joyining formasi va uning o'lchamlari yuklamaning gabariti va formasiga qarab aniqlanadi. Ular maxsus qopqoqga 8 ega bo'lib, bu qopqoq o'zining ko'tarish mexanizmi 9 orqali ochib yopiladi.
Ish harorati 7000S gacha bo'lgan pechlar maxsus ventilyator bilan ta'minlanadi. Qizdirish elementlari maxsus qotishmadan qilingan shaxta pechlar 12500S maksimal haroratga mo'ljallab tayyorlanadi.
3.1.- Rasm. Davriy ishlovchi elektr qarshilik pechlari

a) qalpoqli; b) elevatorli; v) kamerali; g) shaxtali.


Tagligi suriladigan pechlar – kamerali pechlarni mexanizatsiyalashtirilgan modifikatsiyasi hisoblanadi. Pechning tagligi kamera ichiga kiradi va qizdirishdan so'ng orqaga qaytadi. Pech katta gabaritli mahsulotlar – kuymalar, prokat, payvand qilingan jismlarni kuydirish uchun xizmat qiladi.
Stendda o'rnatilgan yuklanma issiqbardosh mufel bilan berkitiladi, quyi qismidan esa gaz beriladi. Po'latning ayrim navlari uchun vakuumda qizdirish talab qilinadi: buning uchun pechlar vakuum sistemasi bilan qo'shimcha jihozlanadi va mufel tagida siyraklanish jarayoni paydoo bo'ladi.
Elektr pechlar - vannalar – maxsus o'zun va yupqa devorli metall mahsulotlarni termik qayta ishlash uchun qo'llaniladi. Ularda qizish suyuq issiqlik tashuvchi (moy, to'z eritmalari, ishqor)lar orqali amalga oshiriladi.

Pech – vannalar quyidagicha bo'ladi: tashqi qizdirishli, issiqlik tashuvchiga tushirilgan trubkasimon elektr qizdirgichlar orqali ichki qizdirishli; elektrod gruppalari orqali ichki qizdirishli – bu holda tok elektrodlar orasidagi issiqlik tashuvchida oqadi. 13000S gacha bo'lgan haroratga oksidlamasdan qizdirishga mo'ljallangan elektrod to'z vannalari juda keng tarqalgan.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling