1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


DIELEKTRIK QIZDIRISH QO'LLANILADIGAN SOHALAR


Download 1.88 Mb.
bet9/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

DIELEKTRIK QIZDIRISH QO'LLANILADIGAN SOHALAR

Quritish. Materiallarni quritish jarayoni issiqlik va massa ko'chishi jarayolari bilan birga kechadi. Namlik yuqori namlikka ega bo'lgan qismidan nisbatan kam namlikka ega bo'lgan qismiga siljiydi va shuningdek issiqlik ham yuqori haroratli qismidan nisbatan past haroratli qismiga siljiydi. Yuqori chastotali qizdirish tufayli material yuzasidan namlik va issiqlik energiyasini bir tekis ajralib chiqishi ta'minlanadi. Yuqori chastotali qizdirish asosan yogoch, qogoz, keramika, neylon donlarini, bugdoy va turli mevalarni quritishda keng qo'llaniladi.


Yuqori chastotali qizdirish energiyasi va qurilmalarining bahosi nisbatan yuqori bo'lgani uchun qizdirish jarayonida bir nechta qizdirish usullarni birga olib borish maqsadga muvofiqdir. Masalan, dielektrik qizdirishni infra – qizil nur yordamida qizdirish bilan birga yoki qizigan havo bilan birga olib borish samarali bo'ladi.
Plastikatlarni payvandlash. Termoplastik materiallar (plastikatlar) qizdirilib bosim ostida payvandlanadi. Payvanlash jarayonidagi elektr maydoni kuchlanganligi, chastotasi, qizdirish vaqti, ishchi harorati va uni ozgarmas ushlab turish vaqti va bosim kuchi kabi ko'rsatkichlari payvandlanayotgan material va uning qalinligiga bogliqdir. Polivinixlorid, poliamid, polietilen, polipropilen, polistirol va boshqa sun'iy materiallarni payvandlashda yuqori chastotali payvandlash usulidan keng foydalaniladi.
Termoreativ plastmassalarga (reaktoplastlarga) issiqlik bilan ishlov berish. Reaktoplast kukunlari qizdirilganida kimyoviy reaktsiya sodir bo'ladi, ya'ni materialning qattiq holatga o'tishi kuzatiladi. Bu esa turli elektr asboblarning korpuslarini, dastaklarni va boshqa shunga o'hshash detallarni plastmassadan presslab yaratish imkonini beradi. Bunday texnologik jarayonda dielektrik qizdirish va kimyoviy reaktsiyalar buyum hajmi ichida bir tekis kechadi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kechayotgan kimyoviy jarayon vaqtida issiqlik ajralib chiqishi mumkin va bu holat yuqori chastotali qurilma ish rejimini hisoblashda hisobga olinishi kerak.
Sanoatda fenoplast va aminoplast kukunlaridan, shuningdek shisha tolalari va ularni boglovchi sintetik smolali stekloplastning kukunlaridan presslab buyumlar yaratish keng qo'laniladi. Texnologik jarayon kukunlarni yuqori chastotali qurilmada qizdirib olish va so'ngra ularni presslashdan iborat.
Yelimlash. Yogoch va plastmasadan tayyorlanadigan buyumlarni tayyorlashda bu usul keng qo'llaniladi. Texnologik jarayonning kechishi foydalanilayotgan yelimlanayotgan buyumning tarkibiy tuzilishi xususiyatlariga va yelimning xususiyatlariga bogliqdir. Hozirda ishlab chiqailayotgan yelimlarning yangi navlarining va ko'rsatkichlari ancha yuqori bo'lib, elektromagnit maydon energiyasi deyarli faqat yelimlash jarayoni uchungina sarf bo'ladi.
Yelimlash qatlamining qalinligi 0,1 – 0,2 mm ni tashkil etadi va polimerlash 260 0S gacha haroratlarda yuz beradi. Yelimlashdagi qizish jarayonining tezligi yelimning polimerlashish tezligigi asosida tanlanadi.
Dielektriklarni yuqori chastotali qizdirishdan boshqa texnologik jarayonlarda ham foydalaniladi.
Avtomobil rezina shinalarini vulkanizatsiya usuli bilan yamashdan oldin qizdirib olish jarayoni ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi.
Muzlatilgan oziq – ovqat mahsulotlarini, ta'm ko'rsatkichlarini saqlab qolish maqsadida, tez muzdan tushirish texnologiyasi hozirda eng istiqbolli texnologiyalardan biridir.
Penopolistrollarni (issiqlik izolyatsiyali va o'rovchi materiallarni) olishda polistrol urugchalari suv bilan namlanib qoliplarga solinadi va so'ngra qizdiriladi.
Alohida navli shisha buyumlar va mahsulotlarni tayyorlashda (masalan, kineskoplarni tayyorlashda) shishani eritish va payvandashda yuqori chastotali qizdirishdan foydalaniladi.
Dielektrik qizdirishning tirik organizmlarga biologogik ta'sir etishi bilan ham xarakterlidir va shuning uchun bu qizdirish usulidan mikrobiologiyada (masalan, ozik – ovqat mahsulotlarini strelizatsiya qilishda) ham foydalaniladi.
Elnektrokimyoda, kondensatorning yuqori chastotali maydonida nisbatan past haroratli (5000K dan yuqori bo'lmagan) gazli muhitni qizdirish natijasida hosil qilingan notekis plazmadan foydalanishga asoslangan yangi yo'nalish rivojlanmoqda.
Ba'zi bir o'ziga xos bo'lgan dielektriklarni qizdirishlarda o'ta yuqori chastotali qizdirish qo'llaniladi (masalan, tog jinslarini maydalashda, tayyor ovqat mahsulotlarni muzdan tushirish pechlarida va h.k.).
Dielektriklarni yuqori chastotali qizdirishning asosiy afzalliklari:
1) dielektrik buyumlarning hajmi bo'yicha bir tekis qizishi qizdirish jarayonining yuqori samarali bo'lishiga olib keladi;
2) ko'p qatlamli materiallarni qizdirishda qizdirish joyini tanlash imkoni borligi, ularni yelimlash va quritishda juda qo'l keladi;
3) jarayonni avtomatlashtirish va rostlash oson.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling