1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


ELEKTROEROZION ISHLOV BERISH TURLARI


Download 1.88 Mb.
bet17/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

ELEKTROEROZION ISHLOV BERISH TURLARI
Profillangan yoki profillanmagan elektrod – asbob bilan elektroerozion ishlov berish mumkin. Birinchi holda, uning o'lchamlari va ishlov berilishi kerak bo'lgan yuzaning shakli tayyorlanadigan detalning yuza o'lchamlari va shakli asosida aniqlanadi. Ikkinchisida esa, elektrod – asbobning eng oddiy ko'rinishga ega bo'lgan jismlar (sim, disk, o'zak), ularning o'lchamlari esa elektrod – detal o'lchamlari bilan faqat qisman bogdlangan bo'ladi.
Elektroerozion usulda detalni shakllantirish uch xil sxemada amalga oshiriladi:
1) detal shaklini aks etuvchi elektrod – asbob shaklini nushalash. Detal shaklining aniqligi elektrod – asbobning tayyorlanish aniqligiga va uning yeyilishiga bogliq;
2) elektrod – asbobning va yarim tayyor detalning ma'lum qonuniyat bo'yicha harakatlanishi. Impulslar ta'siridagi metall eroziyasi hisobiga detalni shakllantirish amalga oshiriladi;
3) Har ikkala sxemaning o'zaro birikkanligi. Elektrod – asbob va yarim tayyor detalni o'zaro ma'lum qonuniyat asosida harakatlantirlib, murakkab shaklli detallarni tayyorlashda qo'llaniladi.
Birinchi sxema keng tarqalgan bo'lib, uning yordamida bajariladigan amallarni esa nusha ko'chirish, ko'chirish – tikish amallari deb ataladi.
Elektroerozion dastgohning elementlari. Elektroerozion dastgoh elektrodlarni o'zaro mos joylashtirish, mahkamlash va nisbiy harakatlanishini, impuls generatoridan ta'minlanishi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, jarayonni kuzatish va ish suyuqligida razryadlar o'tishi uchun sharoitlarni ta'minlashi kerak.
Impuls generatori va boshqa elektron qurilmalar dastgohning staninasida yoki alohida agregatda dastgohga iloji boricha yaqinroqqa joylashtiriladi. Impuls generatori va elektrodlarni tutashtiruvchi elektr eanjir qisqarok qilinib ko'p tomirli koaksial simlardan yasaladi. Ish suyuqligida elektr zaryadlarning o'tishini ta'minlash uchun maxsus vannalardan foydalaniladi.
Elektrod – asbobning harakatlanishi maxsus yuritma orqali amalga oshiriladi. Jarayonning ko'rsatkichlari voltmetr va ampermetrlar yordamida nazorat qilinadi. Dastgohda elektr rejimini rostlash bilan bir qatorda elektrod – asbob harakatini rostlovchi avtomatik rostlagich ham qo'llanilgan.
Elektroerozion dastgohning funktsional sxemasi chiqish signali bo'yicha teskari boglanishli avtomatik tizimni ifodalaydi (7.5 – rasm).

7.5 – rasm. Elektroerozion dastgohning funktsional sxemasi

Boshqariluvchi ob'ekt elektroerozion dastgoh 6 dan olingan signal o'lchov o'zgartgichi 7 da elektrik signal XCh ga o'zgartirilib, summator – solishtiruvchi blok SB ga uzatiladi va u yerda vazifalovchi signal XVS bilan solishtirilib, ularning algebraik ayirmasi sxema 2 bilan kuchaytiriladi, o'zgartkich 3 va quvvat kuchaytirgich 4 orqali bajaruvchi organ 5 ga uzatiladi. Boshqaruv ob'ektining, ya'ni ishlov berilayotgan detalning shakli doimo o'zgarib turadi, bu esa hamisha XVS va XCh larning ayirmasi noldan farqli bo'lishini ko'rsatadi va bu signal elektrod – asbobni harakatlantiradi.


Nushalash – tikish dastgohi stanina, detalni mahkamlovchi ish stoli, ish suyuqligi to'ldirilgan bak va vanna, elektrod – asbobni harakatlantiruvchi elektr yuritma, impuls generatori, dastgohni boshqarish bloki va boshqa bir qancha yordamchi bloklar va moslamalardan iborat. Masalan, 4A724 rusumli dastgohlarda GMS – 400 va MGP – P – 9 impuls generatorlari o'rnatilgan, ogirligi 1200 kg gacha bo'lgan detallarga ishlov beriladi, ish unumdorligi – 700 mm /minut va quvvati 45 kVt.
Elektr kontaktli ishlov berish (EKI) elektr o'tkazuvchan materiallar yuzaslarini silliqlash uchun qo'llaniladi.



7.6 – rasm. Elektr kontaktli ishlov berish qurilmasining tuzilishi

Elektr kontaktli ishlov berishda elektroerozionli shakllanish usuli qo'llanilgan qurilmaning tuzilishi 7.6 – rasmda keltirilgan. Tarmoqdagi kuchlanish UT transformator Tr ning birlamchi chulgamiga beriladi va ikkilamchi chulgamidagi kuchlanish U (amplitudasi 40 V gacha bo'lgan) ikki elektrodga beriladi. Elektrodlardan biri – 1 elektr o'tkazuvchi materialdan yasalgan disk, ikkinchisi esa ishlov berilishi kerak bo'lgan jism – yassi material 2.


Diskli elektrod – asbob ma'lum tezlik bilan elektr motor yordamida aylanadi. Mexanik moslama, masalan, prujina vositasida siqilish kuchi Gpr hosil qilinib disk ishlov berilayotgan yuzaga taqaladi. Bundan tashqari diskga ishlov berilayotgan yuza bo'ylab harakatlanish tezligi Ua uzatiladi.
Elektrodlar oraligi elektr izolyatsiya xususiyatiga ega bo'lgan havo, suyuqlik, gaz – suyuqlik aralashmasi bilan to'ldirilgan bo'ladi.
Umumiy holda bu ishlov berish jarayonida issiqlikning uch manbaidan foydalaniladi: mexanik, elektrokontaktli va elektroerozion. Kuchlanish qiymati 1 – 2 V bo'lganda, mexanik ishqalanishda hosil bo'ladigan qizish asosiy issiqlik manbai bo'ladi. Kuchlanish 2 – 10 V bo'lganida kontaktlar orasida yuzaga keladigan qizish asosiy bo'ladi (elektr razryad hosil bo'lmaydi). Kuchlanish 10 V dan yuqori bo'lganda esa issiqlik elektroerozion jarayon asosida yuzaga keladi. Chunki kuchlanishning qiymati elektrodlar orasida yoyli razryad hosil qilishga yetarli bo'ladi. Bunday elektr kontaktli ishlov berish ko'pincha elektr kontaktli – yoyli ishlov berish deb ham ataladi.
Detalarga elektr kontaktli ishlov berish uchun maxsus qurilmalarning bo'lishi shart emas (masalan, metall kesuvchi dastgohlardan foydalanish mumkin). O'zgaruvchan tokda ishlaydigan elektr kontaktli ishlov uchun maxsus ta'minot manbalarining kerakgi yo'q. Manba sifatida pasaytiruvchi transformatorlardan foydalaniladi. Transformatorning birlamchi chulgami elektr tarmogiga ulansa, ikkilamchi chulgami to'gridan – to'gri elektrodlarga ulanadi. Qo'llaniladigan transformatorlarning quvvati 30 – 500 kVA bo'lib, ikkilamchi chulgamidagi kuchlanish 30 – 70 V bo'lishi kerak.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling