1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


IMPULS GENERATORLARINING TUZILISHI VA ISHLASH ASOSLARI


Download 1.88 Mb.
bet16/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

IMPULS GENERATORLARINING TUZILISHI VA ISHLASH ASOSLARI

Impuls generatorlari ishlash asosi, tuzilishit va ishlab chiqarayotgan impulslarning ko'rsatkichlari bo'yicha bir necha turlarga bo'linadi: erksiz, meeyorlangan – erksiz va erkin. Erksiz impuls generatorlarida elektrodlar oraligidagi fizik holatga qarab impuls ko'rsatkichlari shaklantiriladi. Erkin impuls generatorlarida ishlab chiqarilayotgan impulsning ko'rsatkichlari elektrodlar oraligi holatiga bogliq emas.


Tarkibiy tuzilishi aktiv qarshilik, induktivlik va sigimdan iborat kombinatsiyalangan yiguvchi – relaksatsion generatorlar ham keng qo'laniladi. Bunday generatorlarda elektr energiya kondensatorning elektr maydonida yoki induktivlikning elektromagnit maydonida zahiralanadi. Relaksatsion impuls generatorlarining RC –, LC –, CC – ва RLC – impuls generatorlari turlari mavjuddir. Masalan, RLC – impuls generatorining ishlash asosini ko'rib chiqamiz (7.3 – rasm).



7.3 – rasm. Relaksatsion RLC – generatorning sxemasi


RC – generatorlarga nisbatan RLC – generatorlar kichikroq kuchlanishda ishlaydi, chunki zanjirda rezonans hodisasi yuzaga kelganda kondensator – yiguvchi kuchlanishi qiymati ta'minot manbaining kuchlanishi qiymatiga nisbatan yuqoriroq bo'ladi. Kondensatorning zaryadlanishi eksponentsial yoki tebranma qonuniyat bo'yicha kechishi mumkin. Zaryadlovchi zanjirning bunday ish holatida kondensatorning zaryadlanish vaqtining oxiriga kelib kuchlanish qiymati ta'minot manbai EYuK ning ikki karali qiymatiga teng bo'ladi. Kondensatorning maksimal kuchlanishi nisbatiga bogliq.


Relaksatsion generatorlarning asosiy kamchiligi – impulslar chastotasining elektrodlar oraligi fizik holatiga bogliqligi. Yiguvchi kondensatorni berilgan vaqtda, elektrodlarga ulaydigan boshqariladigan qayta ulagichlarni razryadlovchi zanjirga ulanilishi bu kamchilikni bartaraf qilishga olib keladi.


Keng diapazonda ko'rsatkichlari rostlanadigan impulsli statik generatorlar ham ishlatiladi. Ularda to'gri burchakli va bir qutbli impulslar oson shakllantiriladi. Statik generatorlar ishlash asosiga ko'ra mustaqil qo'zgatishli generatorlar, avtogeneratorlar va invertorlarga bo'linadi.
7.4 – rasmda keng diapazonli impuls generatorning tarkibiy tuzilishi tasvirlangan. Uning tarkibini ta'minot mabai TM, oltita kuch bloki, ajratuvchi diod D, ishga tushirish bloki ITB, vazifalovchi generator VG, quvvat kuchaytirgich QK va qisqa tutashuvdan himoyalash bloki HB tashkil etadi.

7.4 – rasm. Keng dipazonli impulslar generatorining tuzilishi


Kuch bloklari va ishga tushirish bloklari tarkibida kalit rejimida ishlaydigan tranzistorlardan foydalanilgan. Vazifalovchi generator tarkibida ham sinxronli qayta ulanadigan kuch tranzistorlari ishlatilgan. Ishga tushirish bloki tranzistorlarli ulanganida kam quvvatli impulslar ishlab chiqariladi. Bu impulslar elektrodlar oraligining teshilishiga va past kuchlanishli razryadning shaklanishiga yordam beradi. Diod D teshilish bo'lguncha yopiq holatda bo'ladi. Teshilishdan so'ng elektrodlar oraligidagi kuchlanish 40 – 25 V gacha pasayadi, diod D ochiladi va elektrodlar oraligidan tok impulsi o'tadi va uning qiymati parallel kuch bloklari soni bilan aniqlanadi. Kuch bloklarining sinxron o'chirilishi razryadni to'xtatadi. Elektrodlar oraligida qisqa tutashuvning sodir bo'lishi bilan kuch bloklaridagi tranzistorlar ham o'chiriladi. Elektrodlar oraligidagi qisqa tutashuv bartaraf etilganidan so'ng impulslarni berish tiklanadi.


Metallarga elektroerozion usulda ishlov berishda, impuls generatorlarining ishlab chiqarayotgan impulslarning chastotasi 50 – 100 Gts bo'lishi talab etiladi.
Kommutatorli va induktorli ishlash printsipi bo'yicha impuls generatorlardagi impulslarning davomiyligini milisekundlargacha cho'zish mumkin bo'ladi.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling