1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari


ELEKTROKIMYOVIY VA MEXANIK IShLOV BERISH JARAYONLARINING TAVSIFLARI


Download 1.88 Mb.
bet19/24
Sana23.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1393458
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ

ELEKTROKIMYOVIY VA MEXANIK IShLOV BERISH JARAYONLARINING TAVSIFLARI

Detalarga elektrokimyoviy va mexanik ishlov berish jarayoni quyidagi asosiy afzalliklarga ega: 1) detalga ishlov berish uchun kam vaqt ketadi va ish unumdoroligi yuqori; 2) detal yuzasini xomaki tozalashdan to jilva berishgacha amalarni bajarish mumkin; 3) har qanday qattiq o'tkazuvchi materiallarga ishlov berish imkoniyati bor; 4) metall yo'nuvchi dastgohlarda ishlov berilgandagiga nisbatan oz chiqindi chiqaradi.


Shu bilan bir qatorda bu ishlov berish jarayoni quyidagi asosiy kamchiliklarga ega: 1) ishlov berish jarayonida elektrod – asbob bilan detalning o'zaro nisbiy siljishi kerakligi kesish va silliqlash amallarini qo'llashda cheklanishlarga olib keladi; 2) energiya sarfi yuqori; 3) jihozlarning massa va o'lchamlari bir muncha katta.
Elektrod – asbob disk yoki silindr shaklida bo'ladi va aylanma harakatlanadi. Anodli – mexanik kesish jarayonida disk elektrolitni tirqich orasiga ilashtirib olib kiradi. Elektrod – asbob cheksiz metall tasma ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Anodli – mexanik ishlov berish va xomaki siliqlash – shilish amalari elektroerozion ishlov berish jarayoniga monandir.
Elektrokimyoviy va mexanik ishlov berishlarda elektrik neytral bo'lgan asboblardan ham foydalaniladi. Bu elektrodlar detalar yuzasida yuqori darajadagi silliq yuzalarni hosil qilishda qo'llaniladi. Bunday ishlov berishga detal yuzasi abrazivli suspenziya bilan elektrolitda siliqlash, katodli kallakni abrazivli qo'shimchalar bilan ishqalab siliqlash va boshqa amallar kiradi.
Neytral elektrod – asboblar yordamida ishlov berishning afzalliklari: 1) agressiv bo'lmagan elektrolitlarni ishlatish; 2) kuchlanishlarning kichik qiymatda bo'lishi (2 – 12 V); 3) qayishqoqlik darajasi yuqori bo'lgan qotishmalarga ham ishlov berish mumkinligi; 4) kichik quvvatli qurilmalarda katta yuzali detallarga ishlov berish mumkinligi va h.k.
Elektrokimyoviy va mexanik ishlov berish jarayonlari qurilmalarining ta'minot manbai sifatida asosan o'zgarmas tok generatorlari, ko'prik sxemali to'grilagichlar va impuls generatorlar qo'llaniladi.
Anodli – mexanik ishlov beruvchi qurilmalarida kesish amallarini bajarish uchun ta'minot manbai birlamchi chulgami yulduzcha ulangan va ikkilamchi chulgami olti sektsiyali qilib bajarilgan transformator va yarim o'tkazgichli to'grilagichdan foydalaniladi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling