1 – Ma'ruza Elektr texnologik qurilmalari faniga kirish. Predmeti maqsadi va vazifalari
Download 1.88 Mb.
|
ОМК ЭЛ тех курылмалары УЗ
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Suyuqlik ichida elektrogidravlik zarb kuch qanday sodir bo'ladi? 2. Elektrogidravlik qurilma qanday elektr jihozlardan iborat? 3. Elektrogidravlik qurilmalar qanday maqsadlarda qo'llaniladi 12- Ma'ruza: Metallarga magnit impulisli ichlov berish. Metallarga magnit impulsli ishlov berish bu ishlov berilayotgan detal yoki buyumda elektr energiyaning bevosita mexanik energiyaga aylantirilishida kuchli magnit maydon ta'sirida detal yoki buyumlarning plastik deformatsiyalanishidir. Bu usulda ishlov berish jarayonida buyum yoki detal kuchli magnit maydon ta'sirida plastik deformatsiyaga uchraydi. 11.1 rasm. Metallarga magnit impulsli ishlov berish qurilmasining printsipial elektr sxemasi Agar ishlov berilayotgan metall detal 6 ni induktor 5 ga joylashtirib, undan katta amplitudali tok impulsini o'tkazsak, unda induktor o'ramlari atrofida magnit maydonining kuchli impulsi paydoo bo'ladi (11.1 rasmga qarang). Bu maydon metal detal 6 da uyurma toklarni yuzaga keltiradi va bu toklarning magnit maydon bilan o'zaro ta'siri natijasida detal yuzasida bosim hosil bo'ladi. Bu bosimning kuchi detal yuzasining har bir sm da bir necha o'n tonnaga yetishi mumkin. Masalan, agar ishlov berilayotgan detalning ichi bo'sh bo'lsa (masalan, quvur bo'lsa), unda unga magnit maydoni bilan siqib ishlov berib egish mumkin. Kondensatorlar batareyasi 3 razryadlangan bo'lganida induktordan tokning impulsi o'tadi. Kondensator yuqori kuchlanishli tarmoqdan to'girlagich 2 orqali to'grilanib zaryadlanadi. Kondensatorda kuchlanish to'la zaryadlanish qiymatiga yetganida razryadlovchi 4 teshiladi va to'plangan zaryad induktor 5 orqali razryadlanadi. Razryadlanish jarayonining nodavriy xarakterga ega bo'lishini ta'minlash uchun kontur ko'rsatkichlari to'gri tanlanishi kerak. Odatda impulslarning davomiyligi 10 10 sekundga teng bo'ladi. Induktor chulgami orqali kuchli tok impulsi oqib o'tadi va detalda uyurma toklar hosil qiladi. Magnit maydon va uyurma toklarning o'zaro ta'siri natijasida impulsli kuchlar paydoo bo'ladi va ular detalni deformatsiyalaydi. Ish jarayonida induktor chulgamini sovutish maqsadida maxsus qurilmalar qo'llaniladi. Induktor o'ramlari ham katta deformatsiyalovchi kuchlar ta'siriga uchraydi va shuning uchun o'ramlar bimetalli qilib yasaladi. O'ramning ichki elektr o'tkazuvchan qismi po'lat bandaj bilan mahkamlanadi. Metallarni magnit impulsli ishlov berish qurilmalarining quvvati 3 kVA dan to 30 kVA gacha bo'lib, chastotasining o'zgarish oraligi esa 25 100 kGts ni tashkil etadi va bir soatda 60 1200 amalni bajara oladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling