1- ma’ruza kirish
Rudnotermik pechlar (RTP)
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
Rudnotermik pechlar (RTP)
Rudnotermik pechlar (RTP) kimyo sanoati va metallurgiyaning asosiy texnologik agregatlari ‗isoblanadi. Ular yuqori birlamchi quvvatga ega bo‗lib, elektr ta‘minoti ishonchliligi bo‗yicha ikkinchi guru‘ kategoriya elektr iste‘molchilari ‗isoblanadilar. RTP larda par yoki gaz, suyuq eritma va yombi shaklidagi butun qattiq jism ko‗rinishida ma‘sulot olinadi. Tegishli metallar oksidlarini tiklovchilar, ya‘ni uglerod, kremniy, alyuminiy kabilardan foydalangan holda tiklash yo‗li bilan temir bilan kremniy, marganets, volpfram va boshqalarning ferroqorishmalari (masalan, ferrovolpfram, ferromolib-den, ferrovannadiy, ferrotitan va b.) olinadi. RTP lardan foydalanish sohalarida, oyna ma‘sulotlari pechlari va metallurgiya agregatlari futerovkasini qurish uchun ishlatiladigan va elektroeritish usulida olingan yuqori haroratlarga chidamli materiallar ishlab chiqish mu‘im o‗rin tutadi. Bunda xom ashyo sifatida tuproq, sirkon, kvarsli qum kabilar ishlatilib, ochiq yoy bilan eritish usulida olinadigan korund, bakor kabi yuqori haroratlarga chidamli (o‗tga chidamli) materiallar yuqori darajada tarkiban toza va yuqori zichlikga ega. Ushbu jarayonlarda elektr energiyasining sarfi N = 1800 - 2300 kVtsoat /tonnani tashkil etadi. RTP larning asosiy belgilari: 1. SHixtaning solishtirma elektr qarshiligi harorat o‗zgarishi bilan sezilarli o‗zgaradi (sovuq holatdagi shixta o‗tkazuvchanlikga ega bo‗lmaydi, lekin erigan holatda u ionli qorishma bo‗lib, qorishmaning o‗tkazuvchanligi ham haroratga bog‗liqdir). 2. SHixtani boshqa shaklga keltirish (masalan, erigan qorishma shakliga) harorati 1200 - 2200K ga tengdir. 3. RTP lar 1-2 yil davomidagi uzluksiz ish rejimida ishlashga mo‗ljallangan. 4. RTP lar nisbatan sokin ish rejimiga (PEYOP laridagi kabi eksplutatsion qisqa tutashuvlar RTP larda kuzatilmaydi) egadirlar. 30 RTP larda qayta ishlov berilayotgan maxsulotlar kimyoviy tarkibining ko‗p turli va murakkabligiga ko‗ra, ularning konstruksiyalari ham ko‗p turlidir. Ulardan quyidagi besh asosiy turdagi jarayon va pechlarni alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir: 1. SHlaksiz yoki kam shlakli jarayon va ularni amalga oshiruvchi RTP lar (ferroqorishmalar, kalpsiy karbidini olish). 2. Ko‗p shlakli jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi RTP lar (fosfor va shu kabilarni olish). 3. Rafinatsiya qilish pechlari. 4. Blok jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi RTP lar (elektrokorund va ferrovolpfram olish). 5. YUqori haroratlarga (o‗tga) chidamli materiallar olish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi RTP lar. RTP larda uch xil ko‗rinishdagi elektrodlar qo‗llaniladi, ya‘ni ko‗mirdan yasalgan va diametri 1200 - 1400 mm bo‗lgan elektrodlar; diametri 800 mm gacha bo‗lgan grafitlangan elektrodlar va diametri 2000 mm yoki (3200x850)mm o‗lchamdagi to‗g‗ri to‗rtburchak kesim yuzali o‗zidan uzayti- riluvchi (samospekayuo‗iesya) elektrodlar. RTP larning elektr xarakteristikalari pechning ishchi muhitidagi tok taqsimoti xususiyatlari va unga mos keluvchi pechp ulanadigan elektr manbasi sxemasi xususiyatlari bilan aniqlanadi. Elektrodlar va pechp tubi o‗rtasidagi tajriba yo‗li bilan aniqlangan pechp vannasining qarshiligi: r U I b 2 2 (4.17) Amaldagi RTP larda o‗tkazilgan o‗lchovlar pechp kuchlanishi va toki o‗rtasidagi aloqa, qoidaga ko‗ra chiziqli bo‗lib Om qonuniga bo‗ysunishini ko‗rsatadi. Simmetrik RTP qurilmasining almashtirish sxemasi 4.9 - rasmda keltirilgan (PEYOP lari misolida keltirilgan tushuntirishlar mazkur xolat uchun ham o‗rinli). Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling