Nuqtali payvandlash. Ushbu usulda payvandlashni 31-rasmda keltirilgan
tartibda tasvirlash mumkin. Bunday usulda payvandlashda detalp maxsus
elektrodushlagichlarga qatirilgan elektrodlar o‗rtasiga o‗rnatilib, qattiq qistirilgach,
elektrodlardan tok o‗tkaziladi. YAdrodagi harorat metallni eritish haroratidan bir
muncha yuqori bo‗ladi. Bitta nuqtani payvandlash uchun ketgan vaqt detalning
qalinligi, detalp materialining hossalari, payvandlash mashinasi (qurilmasi) ning
quvvati va detalni qisish kuchi kabilarga bog‗liq bo‗lib, sekundning mingdan bir
ulushidan bir necha sekundgacha teng bo‗lishi mumkin (qo‗pol ravishda po‗lat
qalinligi 1 mm bo‗lsa, 1 sekund vaqt ketadi deb qabul qilinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |