Ko‗pgina hollarda O‗YUCH li qizdirishni boshqa turdagi qizdirish usulari
bilan birga olib borish yaxshi samara beradi (masalan, issiq havo bilan).
O‗YUCH li qurilmalar dielektriklarni elimlashda, oziq – ovqat
mahsulotlarini muzdan tushirishda, tog‗ jinslarini maydalashda (bu holda
nurlatgichlardan foydalaniladi) va boshqa texnologik jarayonlarda qo‗llaniladi.
O‗ta yuqori chastotali elektromagnit to‗lqinlarning tirik organizmlarga
biologik ta‘siri, ya‘ni qizdirishidan tashqari ayniqsa to‗g‗ridan – to‗g‗ri nerv
tizimlarga ta‘siri o‗ta xavflidir. SHuning uchun, bu qurilmalarni ishlatishda bu
to‗lqinlarning ta‘siridan odamlarni asrash uchun kuchli ekranlashtirish vositalari
qo‗laniladi.
Nazorat savollari
1. Mikro‘to‘lqinli pechlar qanday ishlaydi?
2. Ularning quvvati qanday chegaralarni tashkil qiladi.?
3.Mikro‘to‘lqinli pechlar chastotasi boshqa texnologik qurilmalardan farq
qiladimi? Nima uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: |