Birinchi ko’rinish DQQ lar bir jinsli elektr maydonida tezkor issiqlik
ishlovi berishni talab qiluvchi juda katta o‘lchamdagi maxsulotlarni qizdirishga
mo‘ljallangan bo‘lib, ularda jun yoki paxta matolarini, tsellyuloza va daraxt
ma‘sulotlarini quritish, katta o‘lchamdagi elektr izolyatorlari va fosfor
ma‘sulotlariga issiqlik ishlovi berish, plastmassa va polimer plyonkalarni
payvandlash kabi jarayonlar amalga oshiriladi.
Ikkinchi ko’rinish DQQ lar uzun yassi ma‘sulotlarga issiqlik ishlovi berish
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda paxta tolalarini, matoga tushirilgan rasmlar
(shakllar) ni, qooz, fotoplyonka, kimyoviy va farmatsevtik preparatlarni quritish,
yelimlarni polimerlash, kauchukni qizdirish va boshqa shu kabi jarayonlarni
amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |