1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
dastgohning
elementlari. Elektroerozion dastgoh elektrodlarni o‗zaro mos joylashtirish, mahkamlash va nisbiy harakatlanishini, impuls generatoridan ta‘minlanishi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, jarayonni kuzatish va ish suyuqligida razryadlar o‗tishi uchun sharoitlarni ta‘minlashi kerak. Impuls generatori va boshqa elektron qurilmalar dastgohning staninasida yoki alohida agregatda dastgohga iloji boricha yaqinroqqa joylashtiriladi. Impuls generatori va elektrodlarni tutashtiruvchi elektr eanjir qisqarok qilinib ko‗p tomirli koaksial simlardan yasaladi. Ish suyuqligida elektr zaryadlarning o‗tishini ta‘minlash uchun maxsus vannalardan foydalaniladi. Elektrod – asbobning harakatlanishi maxsus yuritma orqali amalga oshiriladi. Jarayonning ko‗rsatkichlari voltmetr va ampermetrlar yordamida nazorat qilinadi. Dastgohda elektr rejimini rostlash bilan bir qatorda elektrod – asbob harakatini rostlovchi avtomatik rostlagich ham qo‗llanilgan. Elektroerozion dastgohning funksional sxemasi chiqish signali bo‗yicha teskari bog‗lanishli avtomatik tizimni ifodalaydi (15.3 – rasm). 15.3 – rasm. Elektroerozion dastgohning funksional sxemasi Boshqariluvchi ob‘ekt elektroerozion dastgoh 6 dan olingan signal o‗lchov o‗zgartgichi 7 da elektrik signal X CH ga o‗zgartirilib, summator – solishtiruvchi blok SB ga uzatiladi va u erda vazifalovchi signal X VS bilan solishtirilib, ularning algebraik ayirmasi sxema 2 bilan kuchaytiriladi, o‗zgartkich 3 va quvvat kuchaytirgich 4 orqali bajaruvchi organ 5 ga uzatiladi. Boshqaruv ob‘ektining, 2 3 4 5 6 7 СБ (-) Х ВС Х Ч 95 ya‘ni ishlov berilayotgan detalning shakli doimo o‗zgarib turadi, bu esa hamisha X VS va X CH larning ayirmasi noldan farqli bo‗lishini ko‗rsatadi va bu signal elektrod – asbobni harakatlantiradi. Nushalash – tikish dastgohi stanina, detalni mahkamlovchi ish stoli, ish suyuqligi to‗ldirilgan bak va vanna, elektrod – asbobni harakatlantiruvchi elektr yuritma, impuls generatori, dastgohni boshqarish bloki va boshqa bir qancha yordamchi bloklar va moslamalardan iborat. Masalan, 4A724 rusumli dastgohlarda GMS – 400 va MGP – P – 9 impuls generatorlari o‗rnatilgan, og‗irligi 1200 kg gacha bo‗lgan detallarga ishlov beriladi, ish unumdorligi – 700 mm 3 /minut va quvvati 45 kVt. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling