1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
91 15-MA’RUZA ELEKTR EROZIYA 15.1 Metallarni elektr erozion usul bilan qayta ishlash. Elektronerozion ishlov berish (uchqunli) – elektr energiya impulslarining issiqligi ta‘sirida metall mikroporsiyalarining erishi va bug‗lanishidan samarali foydalanishga asoslangan fizik jarayon. 15.1 – rasmda elektroerozion jarayonini tushuntirish sxemasi keltirilgan. 15.1 – rasm. Elektroerozion razryadning ishlashini tushuntiruvchi sxema Elektr energiyaning impulslari elektr o‗tkazmaydigan suyuqlik 3 ichiga botirilgan elektrod – detal 2 va elektrod – asbob 1 yuzalari orasida uchqunli razryad 4 kanalida hosil qilinadi. Detal va asbob oralig‗ining eng kichik bo‗lgan zonasidagi mikrobo‗rtiqlar orasidagi tirqich bir qutbli impulslar ta‘sirida bo‗dadi. Bu razryad ta‘siridagi zonada metall va suyuqlik bug‗laridan iborat gazi puffak 5 hosil bo‗ladi hamda bug‗larning yuqori bosimi erigan metall zarrachalarini elektrodlar yuzasidan chiqarib tashlaydi va bu zarrachalar zoldirchalar 6 shaklida suyuqlikda qotadi. Natijada, har ikkala elektrodlarning yuzalaridagi mikroegri– bugriliklar tekislanadi. Elektrod – asbob ishlov berilayotgan detalga elektrod shakliga muvofiq botqlik hosil qilib kirib boradi. Bu usulda detalarga ishlov berish quyidagi kamchiliglarga ega: kesib tashlashga nisbatan ish unumdorligi pastroq, enegiya sarfi va ishlov berish vaqti ko‗proq. Ishlov berish davomida elektrod – asbobni saqlab qolish maqsadida asbob va detalning juftini topish kerak bo‗ladi. Katodning eyilishini kamaytirish uchun impulslar generatorininng manfiy qutbiga elektrod– asbob ulanadi. Odatda elektrod – asboblar latun, mis, alyuminiydan tayyorlanadi, chunki ularning elektroeroziya natijasida emirilishi po‗lat yoki qattiq qotshmalarning elektroeroziya ta‘siridagi emirilishiga nisbatan ancha kam bo‗ladi. Metallarning erish harorati qancha yuqori bo‗lsa, elektroneroziya jarayonida yuzaga keladigan issiqlik ta‘sirida a a 1 2 3 5 6 4 92 zarrachalarining ajralib chiqishi shuncha kam bo‗ladi. SHuning uchun, ko‗pincha elektrod – asboblar qiyin eriydigan materiallardan tayyorlanadi (grafit, volfram, miss va volfram qotishmasi). Suyuq muhitda eroziya jarayoni jadal kechadi. Suyuqlik uzilib chiqayotgan metall zarrachalarini olib tashlash uchun kerakli dinamik kuchlanishlarni yuzaga keltiradi, elektrodlar oralig‗i izolyasiyasini mustahkamlaydi, elektrodlarni sovutadi va erozion jarayonni stabillashtirib turadi. SHuning uchun, ishlov suyuqligi sifatida kerosin, texnik moylar va distillangan suv ishlatidai. Elektrodlar orasidagi tirqich juda kichik (o‗nlab mikronlarni tashkil etadi) bo‗lgani uchun elektrodlarga 100 – 300 V kuchlanish beriladi. Berilayotgan elektr energiyaning deyarli 90% razryadli oraliqda elektroneroziya jarayonida sarf bo‗ladi va 10% gina isrof bo‗ladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling