Ikkinchi ko‘rinish DQQ lar uzun yassi ma‘sulotlarga issiqlik ishlovi berish
uchun mo‗ljallangan bo‗lib, ularda paxta tolalarini, matoga tushirilgan rasmlar
(shakllar) ni, qooz, fotoplyonka, kimyoviy va farmatsevtik preparatlarni quritish,
elimlarni polimerlash, kauchukni qizdirish va boshqa shu kabi jarayonlarni amalga
oshirish uchun mo‗ljallangan.
Uchinchi ko‘rinish DQQ larda bir jinsli va tez qizdirishni talab qilmaydigan
jarayonlar amalga oshiriladi, bular ma‘sulotlarni muzdan tushirish, oziq-ovqatni
isitish yoki uni tez tayyorlash, oddiy keramik ma‘sulotlarga issiqlik ishlovi berish,
choy bargi yoki ma‘lum meva ma‘sulotlarini quritish kabilardir.
DQQ larida issiqlik ishlovi berilayotgan ma‘sulot yuqori chastotali tebranish
konturiga ulangan ishchi kondensator plastinalari orasiga o‗rnatiladi. DQQ lar
chastotasi 0,5 - 300 Gs ga teng bo‗lgan lampali generatorlar orqali elektr energiyasi
manbasiga ulanadi. Bunda issiqlik ishlovi berish qizdirilayotgan ma‘sulotda hosil
bo‗layotgan siljish toki va o‘tkazuvchanlik toki, shuningdek, ma‘sulotdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |