1- ma’ruza. Mavzu : “Muxandislik geologiyasi va gidrogeologiya” faniga kirish Ma’ruza rejasi
Download 249.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza buyicha tayanch iboralari ruyxati
1- MA’RUZA. Mavzu : “Muxandislik geologiyasi va gidrogeologiya” faniga kirish Ma’ruza rejasi. 1.1 Faning eng muhim masalalari . 1.2 Geologiya fani tarixi va umumiy ma’lumotlar 1.3.Inshootlarni loyihalash va qurishda fanning ahamiyati,yutuq ,va vazifalari. Ma’ruza buyicha tayanch iboralari ruyxati Geologiya fani, geologiya fanining kismlari, mineralogiya, petrografiya, foydali kazilmalar geologiyasi, tarixiy geologiya, geomorfologiya, gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi, birinchi Urta Osiyo olimlari, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, XX asrdagi Urta Osiyo olimlari. 1.1.Geologiya suzi kadimgi grekcha ikki suzdan tashkil topgan bulib «geo» - yer va «logos» – suz, fan, ya’ni yerni tekshiruvchi fan degan ma’noni bildiradi. Yer bilan astronomiya, geografiya, geodeziya, biologiya fanlari xam shugullanadi. Bu fanlar yerning paydo bulishi, uning tuzilishi, iklimi, axolisi, ekonomikasi, usimlik va xayvonot dunyosini urganadi. Geologiya yerning ustki va ichki kismini – kuruklik va okean tubini va unda sodir buladigan xodisalarning rivojlanish konuniyatlarini urganuvchi fandir. Geologlar yerni xilma-xil moddalar birikmasidan, mineral xom ashyo, ma’danlar va tog jinslaridan tarkib topgan (bitmas – tuganmas xazina makoni) sharsimon fizik jism deb karaydilar. Yer pusti noorganik kismining paydo bulishi va undagi metall, nometall xamda yonilgi foydali kazilmalarning xosil bulishi. Yer tarixidagi xayvonot va usimliklar xayoti bilan yakindan alokadordir. Demak, geologiya fani yerda organik dunyoning paydo bulishi va yer pustining rivojlanishi tugrisidagi fandir kuyidagiga. (1,2) Mineralogiya - minerallar xakidagi fan bulib, minerallarning kristallik xosasini, shakllarini, ichki tuzilishini va xosil bulishini urganadi. Petrografiya. Yer pustidagi magmatik tog jinslarini kelib chikish sabablarini, tarkibini va joylanish xolatini tekshiradi. Geoximiya. Yer pustida kimyoviy elementlarning tarkalish konuniyatlarini va ularning bir joyga tuplanish xamda siljish sabablarini urganadi. Litologiya - chukindi jinslarning xosil bulishi, tarkibi, strukturasi, va ular orasida foydali kazilmalarning tuplanish sabalarini tekshiradi. Foydali kazilmalar geologiyasi - chukindi, magmatik va metamorfik jinslarni orasida xosil bulgan metalli va nometall foydali kazilmalarning xosil bulish sabalarini, joylanish xolatlarini urganadi. Dinamik geologiya - yer pustining (okean va kurukliklar) uzgarishiga olib keladigan tashki va ichki prosesslarni urganadi. Geofizika – yer pustining xamma zonalarida va yerning ichki kismlarida sodir buladigan fizik prosesslar va ular bilan boglik xodisalarni urganadi. Tarixiy geologiya - yer paydo bulgandan to shu davrgacha xosil bulgan yer pustining rivojlanish tarixini urganadi. Paleontologiya - yer katlamlarida saklanib kolgan toshga aylangan xayvon- usimlik (flora-fauna) koldiklarini tekshiradi. Geotektonika - yer pustining tuzilishini yoki undagi strukturalarning tarkalish va rivojlanish tarixini urganadi. Geomorfologiya - yer yuzidagi relyef shakllarini, ularning paydo bulish va rivojlanish sabablarini tekshiradi. Paleogeografiya - yer yuzida kadimgi davrlarda bulib utgan tabiiy geografik sharoitni urganadi. Gidrogeologiya - yer osti suvlarini xosil bulishi va katlamlar orasida tarkalishini xamda xalk xujaligidagi axamiyatini urganadi. Injenerlik geologiyasi - yer osti suvlari ta’siridan yer katlamlarida sodir buladigan tabiiy uzgarishlar va tog jinslarining fizik (kurilish soxasida) xossasini urganadi. 1.2.Kishilar ongida kadim zamonlardan beri ayrim geologik tushunchalar bulishiga karamay, geologiya fani mustakil fan sifatida yakindagina (bundan 200yil ilgari) vujudga keldi. Geologiyaning ilmiy tarixini, barcha fanlarning tarixi kabi, jamiyat tarixi bilan boglik ravishda urganish lozim. Geologiya fani ishlab chikarish prosessi bilan uzaro boglikdir. Xozirgi geologiya – kidiruv ishlari eng avval xar bir rayonning geologik tuzilishini va unda uchraydigan foydali kazilmalarni sinchiklab urganish asosida utkaziladi. Sungra bu yerda mavjud foydali kazilmalarni kidiruv usuli, kazib olish yullari aniklanadi. (2, 3.) Geologiya fani va geologiya-razvedka ishlarining tarixi ruda xakida olingan batafsil ma’lumotlar, tog jinslari va minerallar, yerning tarkibi va tuzilishi xakidagi konkret ilmiy tushunchalar odamlarning asrlar davomida yer bagridan foydalanishidan tuplangan tajribalar natijasida vujudga kelgan. Geologiya xalk xujaligi talabini kondirishi bilan birga tabiat xodisalari xakidagi konuniyatlarni amalda tekshira boradi. Geologiya bilimlarning vujudga kelishida va rivojlanishida urta asr buyuk olimlari – Beruniy va Ibn Sino asarlari katta rol uynadi. (1) Download 249.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling