1 -ma'ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi va uning umumiy asoslari. Ma'ruza rejasi


Download 0.6 Mb.
bet29/46
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#224577
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
Bog'liq
2 маъруза матни

Loyihalashga yondashish

Kompyuter texnologiyalari yordamida konstruksiyalashga ikki xil yondashish mumkin.



Birinchi yondashishda ikki o’lchamli geometrik modellashtirishga - GT va kompyuterdan konstruksiyalash jarayonini tezlashtirish va konstruktorlik xujjatlarni taxtlash sifatini oshirish imkoniyatini beruvchi elektron kulman sifatida foydalanish ko’zda tutiladi.

Ushbu konstruksiyalashga yondashishda asosiy e’tibor buyum yoki ob’ektni tasavvur qilish vositasi bo’lgan hamda o’zida grafik masalalarni echish va buyumni tayyorlash haqidagi ma’lumotlarni mujassam qilgan chizmaga qaratiladi (1-shakl).

Bunday yondashishda hosil qilingan grafik tasvirdan ko’p marta foydalanganligidagina uni yaratish samarali bo’ladi.

Ikkinchi xil yondashish asosida esa originalni tasavvur qilishda ancha yaqqolroq uslub bo’lgan, geometrik masalalarni echishda qulay va nisbatan samarali bo’lgan vosita - buyumning fazoviy geometrik modeli yotadi (2-shakl).

Bunday sharoitda chizma ikkinchi darajali xisoblanib, uni hosil qilish uslubi kompyuter grafikasi usullariga hamda fazoviy modellar yaratish usullariga asoslanadi.

Birinchi yondashishda (an’anaviy konstruksiyalash jarayoni) axborot almashish konstruktorlik, normativ-ma’lumot va texnologik hujjatlar asosida amalga oshirilsa, ikkinchisida esa – konkret buyum ALTsi dasturiy ta’minotining samarali faoliyatiga imkon tug‘diruvchi mashinaning GO haqidagi ichki tasavvuri, hamda umumiy ma’lumotlar bazasiga tayangan holda ish yuritadi.

Loyihalash jarayonlari asosan quyidagi bosqichlardan iborat:



  1. Tayyorlovchi bosqich – mahsulotning qo’llanish sohasi, ishlatilishi va ishlab chiqarishdagi o’rnini o’rganish. Texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, mahsulotning qo’llanishi teo’nik tavsiflar, ishlatish sharoitlari va saqlash haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash.



1-shakl. Loyihalash texnologiyasining an’anaviy sxemasi


2-shakl. Loyihalash texnologiyasining yangi sxemasi

  1. Eskizli loyihalash – texnik topshiriq talablariga muvofiq mahsulotni ishlab chiqarish imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli qurilmalarning tarkibi va soni aniqlanadi.

  2. Texnik loyihalash – mahsulot va uning qismlarining ishlash prinsplarini tahlil qilish, texnik tavsiflarini aniqlashtirish, mahsulotning hamma qismlarining o’zaro harakatlarini moslashtirish, ularning ishlab chiqarish texnologiyasini tayyorlash kabi ishlar bajariladi.

  3. Ishchi loyihalash – mahsulotni doimiy (seriynыy) ishlab chiqarish uchun texnologik uskunalar va jihozlarni tayyorlash amalga oshiriladi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling